5. “Barcha omillarni hisobga ol!” (BOHO) metodi.Mazkur metod shaxs e’tiborini muayyan omillarga qaratishga xizmat qiluvchi metod sanalib, uni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad shaxs ongini rivojlantirish, tasavvurini kengaytirish, tafakkurini boyitishga xizmat qiladi.
Metod qanchalik aniq maqsad asosida qo‘llanilsa, uning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar talaba u yoki bu fikrni ochiq aytishga tortinsa, u holda metodni qo‘llash hech qanday samara bermaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonida metoddan foydalanishda quyidagi savollarga javob topgan holda mavzuni samarali o‘zlashtirish imkonini beradigan omillarning ro‘yxatini tuzib olish maqsadga muvofiqdir: Mavzuni o‘zlashtirishda qaysi omillar hisobga olindi? Mavzuni o‘zlashtirishda qanday omillar hisobga olinmadi? Ro‘yxatga yana qanday omillarni kiritish mumkin? Masalaning yana qaysi jihatlariga e’tibor berish zarur?
O‘qituvchi mehnatini tashkil etishga ta’sir etuvchi omillarni “Barcha omillarni hisobga ol!” (BOHO) metodi yordamida aniqlanishi (namuna)
6. “Kontseptual jadval” grafik organayzeri (GO) talabalarni o‘rganilayotgan mavzu, masala yoki muammoni ikki yoki undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashga o‘rgatadi. Mazkur GO yordamida talabalarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Mashg‘ulotlar chog‘ida GOdan quyidagi tartibda foydalaniladi:
O‘qituvchi yechimi topilishi lozim bo‘lgan mavzu (masala)ni aniqlaydi.
Talabalar mavzu va GOdan foydalanish qoidasi bilan tanishtiriladi.
Talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi.
Guruhlar o‘zlariga berilgan topshiriqni bajaradi.
Guruhlar yechimni sinf (guruh) jamoasi hukmiga havola etadi.
Guruhlarning yechimlari sinf (guruh) jamoasida muhokama qilinadi.
Topshiriqni bajarishdan avval o‘qituvchi talabalar e’tiboriga quyidagi qish qog‘ozini tavsiya etadi: