Moderator – masofaviy ta’lim negizida tashkil etilayotgan seminar, trening, davra suhbati va forumlarga boshchilik qiluvchi (boshqaruvchi) pedagog (u muloqot jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, bildirilayotgan fikrlarni umumlashtiradi, zarur bo‘lganda ularni to‘g‘rilaydi, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilish faoliyatlarini faollashtiradi).
Tyutor (lot. “tutorem”) – o‘quv kurslari uchun interfaol metodlarni tanlovchi, ma’ruza o‘qituvchisi bilan talaba o‘rtasida ta’limiy aloqani o‘rnatuvchi ustoz, murabbiy.
Edvayzer (fr. “avisen” – “o‘ylamoq”, “advisor” – “o‘ylovchi”) bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarining ta’lim oluvchilar tomonidan individual, mustaqil bajarilishi vaqtida metodik yordam beradigan maslahatchi.
Fasilitator (lot. “facilis”, ingl. “facilitator” – yengil, qulay) – masofaviy ta’lim xizmatidan foydalanayotgan guruhlarning faoliyatini natijasini muammoning ilmiy yechimini topishga yo‘naltiruvchi, guruhlarda yuzaga keladigan muloqotni rivojlantiruvchi, shuningdek, guruhlar faoliyatini xolis, samarali baholovchi pedagog.
Invigilator – masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan o‘qitish natijalarini nazorat qiluvchi mutaxassis-pedagog.
Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlari qo‘llaniladi. Mazkur tizimda o‘qitish vositalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
Kitoblar (bosma va elektron shaklda);
didaktik materiallar;
kompyuter o‘quv tizimlari (oddiy va multimedia shaklida);
audio o‘quv axborotlari; video o‘quv axborotlari; virtual stendlar;
trenajyorlar; ma’lumotlar bazasi; texnik vositalar – radio, televidenie, magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, videoproektor, kodoskop, kompyuter, Internet tarmog‘i va b.
O‘quv kurslarida bir tinglovchining o‘rniga boshqa tinglovchi qatnashishi, uning o‘rniga sinov topshiriqlarini topshirishning olini olish maqsadida masofaviy ta’lim tizimida nazorat videokonferentsiyalarni tashkil etilishiga asoslanadi.
Masofaviy ta’lim tizimiga ko‘ra mashg‘ulotlar ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘uloti, kurs ishi, sinov, imtihon, maslahat, mustaqil ish kabi shakllarda yo‘lga qo‘yiladi. Mohiyatiga ko‘ra masofaviy ta’limning tashkil etilishi bir qator iqtisodiy masalalarning ijobiy hal qilinishiga bog‘liq. Zero, ushbu ta’limni tashkil etish uchun axborot-kommunikatsion vositalar, maxsus jihozlangan auditoriyalar, axborot tizimlari xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan moliyaviy mablag‘ning mavjuligini taqozo etadi. Shu sababli har bir pedagog tizimdagi bu masalaning mohiyatidan xabardor bo‘lishi zarur. Qolaversa, respublika miqyosida masofaviy ta’limning samarali yo‘lga qo‘yilishi uchun soha marketingini (talab va takliflarni o‘rganish, ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish (o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar, darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, kadrlarni tayyorlash va h.k.), ta’limiy xarakterdagi mahsulotlarni sotish, iste’mol bozorini yuzaga keltirish asosida) rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Avvaldan yozib olingan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish uchun sharoit yaratsa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi. Zamonaviy sharoitda telekommunikatsiya vositalari – bosma matnlar, audio va videoyozuvlar o‘rni elektron o‘quv-axborot resurslari, dasturlari bilan to‘ldirilmoqda.
O‘qitishning tashkiliy-metodik modeli sifatida masofaviy ta’lim quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- eksternat asosida o‘qitish;
- bir universitet negizida o‘qitish;
- bir necha o‘quv yurtining hamkorligi;
- maxsus masofaviy o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta’lim muassasalari;
- avtonom o‘qitish tizimlari;
- multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan masofali o‘qitish;
- yagonalik modeli va b.
II. Yetakchi xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan masofaviy ta’lim modellari. Hozirda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda masofaviy ta’limning quyidagi modellari (YUNESKO, 2000 yil) amal qilmoqda
Quyidagi ushbu modellarning mohiyati ochib beriladi.
1. Birlamchi model (u faqat masofaviy ta’limni tashkil etishga xizmat qiladi; unga ko‘ra ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi; ta’lim barcha holatlarda masofadan tashkil etiladi; o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatining shakl, metod va vositalarini erkinlik tanlash huquqiga ega; vaqt va o‘quv jadvallariga qat’iy chegaralar qo‘yilmaydi; hududiy markazlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda ta’lim oluvchilar o‘qituvchilardan maslahat olish, yakuniy imtihonlarni topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University) ana shu model asosida faoliyat ko‘rsatadi).
2. Ikkilamchi model (unga ko‘ra ta’lim qisman OTMda, qisman masofali dastur asosida tashkil etiladi; har ikki holatda ham dars jadvallari, o‘qitish dasturlari, imtihonlar va baholash mezonlari bir xil bo‘ladi; asosiy e’tibor amaliy tajribaga, pedagogika innovatsiyalarni tadqiq etishga qaratiladi; Avstraliyadagi Yangi Angliya universiteti (University of New England) mana shu model asosida faoliyat olib boradi).
3. Aralash model (masofaviy ta’limning turli shakllari, bir necha shakllarning
integratsiyasiga asoslangan model; ta’lim oluvchilar masofaviy ta’lim kurslari va universitet dasturlarini o‘zaro parallel ravishda o‘zlashtiradi; an’anaviy kurslar doirasida virtual seminar, taqdimot va video-ma’ruzaga asoslangan mashg‘ulotlar tashkil etiladi; bu kabi integrallashgan kurslar Yangi Zelandiyaning Massey universiteti (Massey University, New Zealand)da tashkil etiladi.
4. Konsortsium (lot. “consortium” – “sheriklik”, “birgalikda ishtirok etish”; masofaviy ta’limni tashkil etuvchi ikki universitetdan iborat birlashma; universitetlar o‘quv materiallarini o‘zaro almashtiradi yoki muayyan vazifalarni o‘zaro bo‘lishib olgan holda bajaradi; m: bir universitet masofaviy ta’lim uchun o‘quv materiallarini tayyorlasa, ikkinchisi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofaviy ta’lim dasturlarining akkreditatsiyasini ta’minlaydi; bunday holatda universitet, uning markazlari, fakultetlari, nodavlat tashkilotlari, davlat muassasalari universitetlar bilan hamkorlikka erishishlari mumkin; Kanadadagi Ochiq o‘quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada) ushbu model asosida ish ko‘radi).
5. Franchayzing (ingl. “franchise” – “litsenziya”, “huquq”; o‘zaro hamkor universitetlarning bir-birlariga o‘zlari tomonidan tashkil etiladigan masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etish huquqining berishi; ushbu model asosida ta’lim oluvchilar garchi muayyan universitetda tahsil olsalar-da, konsortsiumga a’zo yetakchi oliy ta’lim muassasasining talabasi oladigan hajmda sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga, qolaversa, ular kabi diplomga ega bo‘ladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) bilan o‘zaro hamkorlikka erishgan Sharqiy Yevropadagi qator universitetlar ana shu modelga asoslanib faoliyatni tashkil etadi).
6. Validatsiya (ingl. “validation” – “qondirish”; ta’lim mahsuloti, ta’lim xizmatlari yoki ta’lim tizimi iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishi; masofali ta’limning keng tarqalgan bu modeliga ko‘ra o‘zaro hamkor ta’lim muassasalari tenglik tamoyiliga muvofiq masofaviy ta’limni barcha darajada birgalikda tashkil etish xususida kelishib oladi; ularning biri diplom validatsiyasi, ikkinchisi o‘quv kurslari, dasturlarini akreditatsiya qiladi, uchinchisi namunadagi diplom hamda sertifikatlarni berish uchun mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va h.k.).
7. Uzoqlashtirilgan auditoriyalar (unga ko‘ra zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion xarakterdagi ta’lim vositalari keng qo‘llaniladi; bir oliy o‘quv yurtida tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar undan uzoq masofada joylashgan ta’lim muassasalarining o‘quv auditoriyalarga telekommunikatsiya vositalari orqali sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman va radioeshittirish ko‘rinishida uzatiladi; o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi; AQShning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA), Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University)da masofaviy ta’limning ushbu modelidan foydalaniladi.
8. Loyihalar (u davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi; asosiy e’tibor o‘quv materiallarini tayyorlovchi yetakchi mutaxassislar, xodimlar, masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etadigan o‘qituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni shakllantirishga qaratiladi; markaz tomonidan tayyorlangan masofaviy ta’lim kurslari muayyan davlat hududida katta auditoriyaga uzatiladi; bu kabi ta’lim vaqtinchalik bo‘lib, loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar bajarilgach yoki tugagandan so‘ng yakunlanadi; Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, ekologiya bo‘yicha tashkil etiladigan ana shu modelga misol bo‘la oladi).
I II. Masofaviy ta’lim tamoyillari. Masofaviy ta’lim ham barcha ta’lim turlari kasbi muayyan tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ular:
Quyida ushbu tamoyillarning mohiyati ochib beriladi.
1. Interfaollik tamoyili (u tinglovchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlab qolmay, balki tinglovchilar o‘rtasida o‘zaro aloqani yuzaga keltiradi).
2. Boshlang‘ich bilimlarga egalik tamoyili (masofaviy o‘qitish tizimida tinglovchilarning oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari, texnik vositalari – kompyuter, model, elektron doska va b. bilan ta’minlanishi, Internet aloqa tizimiga ulanishi hamda bu tizimda samarali ishlay olish malakalariga ega bo‘lishlar muhim ahamiyatga ega).
3. Individuallik tamoyili (bu tamoyil real o‘quv jarayonida kirish va oraliq nazoratlari o‘tkazilishini, ularning natijalarini tahlili asosida individual o‘quv rejalari tuzilishini ifodalaydi).
4. Identifikatsiyalash tamoyil (u masofaviy o‘qitish tizimida mustaqil ta’lim natijalarini nazorat qilish shakli bo‘lib, ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini o‘rganishda bevosita muloqot videokonferentsiyalaridan foydalanish, shu maqsadda samarali texnik vositalarni qo‘llashni nazarda tutadi).
5. Ta’limning aniq vaqtga asoslanishi tamoyili (unga ko‘ra o‘quv jadvali qat’iy rejalashtiriladi va rejalashtirilgan jadvalga qat’iy rioya qilinishi nazoratga olinadi).
6. Ta’limning oshkoraligi va o‘zgaruvchanligini ta’minlash tamoyili (tamoyil masofaviy ta’limning yosh hamda ma’lumoti jihatidan turlicha bo‘lgan ta’lim oluvchilar uchun qulayligini, o‘qitishning ochiq rejalashtirilishini; ta’lim vaqti, sur’ati va joyini erkin tanlash imkoniyati mavjudligini; o‘quv mashg‘ulotlarida ixtiyoriy qatnasha olishini, izchillik, tizimlilik va uzviylik nuqtai nazaridan o‘quv materiallarining muntazam o‘zgarib borishini ta’minlash imkoniyatiga egaligi tavsiflaydi).
7. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga egaligi tamoyili (unga ko‘ra masofaviy ta’lim tizimini loyihalashtirish, yaratish va tashkil etishda mavjud texnik vositalarini maqsadga muvofiq qo‘llanilishi tahlil qilib borilishi hamda ularni qo‘llashda yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bo‘lgan xatolarning oldi olinishi lozim).
IV. Masofaviy ta’limni tashkil etish bosqichlari. O‘quv yurtlarida masofaviy ta’limning tashkil etilishi muayyan jarayon sifatida kechadi. Tabiiyki, har bir jarayon ma’lum bosqichlarda amalga oshiriladi. Masofaviy ta’limni tashkil etish bosqichlar quyiagilardir:
O‘quv muassasaslarida masofaviy ta’limni amalga oshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi
Ayni o‘rinda masofaviy ta’limni amalga oshirish bosqichlarining mohiyati xususida so‘z yuritiladi.
1. Tahlil bosqichi (unda o‘quv muassasining masofaviy ta’limni tashkil etishga bo‘lgan ehtiyoji, ta’lim oluvchilarning soni, ta’lim shakli, metod va vositalari, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik, dasturiy va inson resurslari, loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi).
2. Loyihalashtirish bosqichi (unda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami va texnik topshiriqlar loyihalashtiriladi).
3. Joriy qilish bosqichi (ushbu bosqichda masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmua tegishli serverda o‘rnatiladi, tizimga muvofiq domen tanlanadi; masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuadan foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi xodimlarga ish o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi).
4. O‘quv kontentlarini yaratish bosqichi (unda soha mutaxassislari bilan hamkorlikda masofaviy ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan biri bo‘lgan o‘quv kontentlari yaratiladi; yaratilgan o‘quv kontentlari eskpertlar tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi).
5. Ishga tushirish bosqichi (bu bosqichda masofaviy ta’lim jarayoni ishga tushiriladi; o‘quv jarayoni doimiy nazoratga olinadi; tizim xavfsizligi monitoring qilib boriladi).
6. Rivojlantirish bosqichi (unda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklar to‘g‘rilanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi, texnik imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan ishlar ko‘lami bajariladi).
Masofaviy ta’lim texnologiyalari ta’limning belgilangan mazmun asosida amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan shakl, metod va vositalar majmuasidir
Ushbu texnologiyalar ta’lim axborotlarini taqdim etish, ta’lim axborotlarini uzatish hamda ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari orasida elektron axborot-ta’lim resurslari (EATR) muhim o‘rin tutadi
Masofaviy ta’lim tizimida EATR elektron axborot tashuvchi vositalar – disketa, SD-ROM, DVD kabilarda o‘quv axborotini tashish yoki Internet tarmog‘i orqali elektron pochta orqali yuborish imkoniyatini ta’minlaydi. Aksariyat hollarda tinglovchilar EATR bo‘yicha o‘quv axborotlarini Internet tarmog‘iga bog‘langan holda tegishli saytlardan oladi.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari quyidagicha asosiy talablarga javob bera olishi zarur
Shu bilan birga masofaviy ta’lim texnologiyalari quyidagi qo‘shimcha talablarga javob bera olishi zarur va ular asosida quyidagi turdagi EATR yaratildi (49-rasm):
Dostları ilə paylaş: |