Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə109/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Ushbu o’quv

Tayanch tushunchalar: axborot-kommunikatsion texnologiyalar, masofaviy ta’lim, masofaviy ta’lim modellari, masofaviy ta’lim tamoyillari, masofaviy ta’limning didaktik imkoniyatlari, masofaviy ta’limni tashkil etish bosqichlari, kompyuter ta’limi, kompyuter ta’limi texnologiyalari.

I. Masofaviy ta’lim mohiyati. Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jarayonida ularning imkoniyatlaridan foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda yetakchi xorijiy mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba to‘plangan. O‘zbekiston sharoitida mustaqillik yillarida ta’limning bu turini qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.


Tobora ommalashib borayotgan ushbu ta’limning mazmunini yoritishda dastlab tushunchaning mohiyati anglab olish maqsadga muvofiqdir. Manbalarda “masofaviy ta’lim” tushunchasi turlicha talqin etilgan. Bu hol bevosita masofadan o‘qitishning asosiy elementlari tadrijiy takomili (evolyutsiyasi) bilan uzviy bog‘liq. Zero, mazkur ta’lim turi rivojlanishining har bir bosqichida tasavvurlar qayd etilib, masofaviy o‘qitishning vazifa va ta’riflariga turli nuqtai nazardan yondashish mavjud. Bunda masofaviy ta’limning rivojlanish bosqichlari asos qilib olinadi.
Manbalarda “masofaviy ta’lim” tushunchasiga berilgan ta’riflarga tayangan holda atamani quyidagicha ta’riflash mumkin:

Masofaviy ta’lim – muayyan nuqtadan axborot-kommunikatsiya vositalari (video, audio, kompyuter, multimedia, radio, televidenie va b.) yordamida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’limiy mahsulotlarni tarqatish va yetkazib berishdai an’anaviy hamda innovatsion shakl, metod, vositalarga asoslangan holda ta’lim resurslaridan foydalanishga yo‘naltirilgan ta’lim

Masofaviy ta’lim texnologiyasi 1969 yilda Angliya premer-ministri G.Vilson tashabbusiga ko‘ra shakllantirilgan deb hisoblanadi. Ammo masofadan o‘qitish ancha oldinroq, ya’ni, birinchi barqaror, muntazam pochta aloqasining shakllanish davrida yuzaga kelgan. 1858 yildan boshlab London universitetida barcha xohlovchilarga ularning mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan. 1938 yildan buyon Sirtqi ta’lim bo‘yicha Xalqaro kengash, 1982 yildan boshlab, Masofaviy ta’lim bo‘yicha Xalqaro Kengash nomi bilan mashhur xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.


O‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida Angliyada 40 ga yaqin ana shunday turdagi ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularga har yili 65 ming kishi o‘qish uchun ariza berishgan. Yangi pedagogik texnologiya ta’lim oluvchilarga qulay vaqtda o‘qishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Ochiq universitetlardagi o‘qish xarajatlari an’anaviy institutlarda o‘qitishga qaraganda 8-10 marta arzon. M: Angliyada turg‘un o‘qishga 3000, masofaviy o‘qitish orqali bilim olishga esa atiga 300 funt sterling to‘lanadi. Binolarga xizmat ko‘rsatish, jihozlar va laboratoriya uchun xarajatlar, o‘qituvchi, ma’muriyatlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi. Ta’lim oluvchilarga filiallar tarmog‘i, telestudiya va kompyuter tarmog‘i orqali maslahatlar beriladi. Angliyada o‘quvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o‘z ichiga qamrab oladi, ularning ko‘plari fanlararo bog‘lanish xususiyatiga ega.
AQShda shunga o‘xshash o‘qitish tizimi o‘tgan asrning 60-yillarning o‘rtalarida qo‘llanila boshlagan. O‘sha paytlarda yaqin joylashgan korporatsiya ishchilari uchun o‘quv kurslarini ba’zi muhandislik kollejlari televidenie orqali taqdim etgan. 1948 yildan boshlab, masofaviy ta’lim dasturlari Milliy texnologik universitet ta’limiga moslashtirilgan. Ko‘p yillar davomida “Edent” ta’lim tarmog‘idan foydalanib kelingan. Individual kompyuterlar orqali barcha darajadagi ta’lim muassasalari tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud. Bugungi kunda AQShda masofadan o‘qitish dasturi bo‘yicha bir milliondan ortiq talaba ta’lim oladi. Ular o‘quv kurslarini Ommaviy teleeshittirish tizimi orqali qabul qiladilar. O‘qish dasturlari fan, biznes va boshqarishning turli sohalari bo‘yicha kurslarni taqdim etadi. Bunda o‘quv kurslari Yerning sun’iy yo‘ldoshi orqali butun mamlakat bo‘ylab va boshqa davlatlarga ham to‘rtta o‘quv tarmog‘i (kanali) orqali uzatiladi.
Yevropada masofadan o‘qitish XX asrning 70-yillari boshlarida jadal rivojlana boshlandi. Bu jarayon bir qator ochiq universitetlarning rivojlanishi bilan bog‘liqhisoblanadi. Bugungi kunda Yevropaning har bir mamlakatida masofadan o‘qitishni joriy etgan ta’lim muassasalarining soni tobora ortib bormoqda. AQSh, Kanada, Angliya, Germaniya va Frantsiya mamlakatlarining yetakchi oliy o‘quv yurtlari o‘zlarining telekommunikatsiya tizimi yoki kompyuter tarmog‘iga ega. Yangi axborot texnologiyalari mintaqaviy uyushmalarda ko‘proq qo‘llaniladi: ochiq universitetlarning Osiyo uyushmasi, masofadan o‘qitishni rivojlantirish bo‘yicha Lotin Amerika hamkorlik tarmog‘i, Ochiq universitetlarning Yevropa uyushmasi va b.
1990 yilning mart oyida Yevropa komissiyasi tomonian “Masofaviy o‘qitish va kasbiy tayyorlash” nomli ishchi hujjati qabul qilindi. 1994 yilda esa Yevropa komissiyasi masofaviy ta’limning keng ko‘lamda tashkil etilishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida “Leonardo da Vinchi” va “Suqrot” dasturlarini amaliyotga tatbiq etdi.
Agarda “Leonardo da Vinchi” dasturi shaxsning “butun hayoti davomida uzluksiz ta’lim olishini va kasbiy jihatdan rivojlantirish”ning yangi shakllarini amaliyotga tatbiq etish hamda takomillashtirishni nazarda tutgan bo‘lsa, “Suqrot” dasturi “uyda ta’lim olishni Yevropa masshtabiga olib chiqish” maqsadini ilgari surdi.
Sohani rivojlantirish yo‘lida masofaviy ta’limni tashkil etish borasidagi amaliy harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadia Butun jahon masofaviy ta’lim assotsiatsiyasi (WAOYe) tashkil etildi. Ayni vaqta assotsiatsiya masofaviy ta’lim borasidagi mintaqaviy tizimlarni o‘zaro muvofiqlashtiradi.
Ta’lim oluvchilar an’anaviy texnologiyalarga nisbatan axborot va kommunikatsion texnologiyalar (AKT) yordamida bilimlarni 40-60 foizgacha tez va qisqa muddatda o‘zlashtiradi. Shu bois zamonaviy sharoitda masofadan o‘qitish butun dunyo miqyosida jadal rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda Rossiyada masofadan o‘qitish bo‘yicha 200 ming nafar talaba bilim olmoqda. Yaqin vaqtlar ichida ularning soni 500-600 minga yetadi. V.Kufeldning fikricha, “bilimlarni o‘rgatish usullari bilim inqilobidan” orqada qolib ketishi mumkin emas.
Masofaviy ta’lim tizimi rivojlanishining uchinchi bosqichi 80- yillarning o‘rtalarida Internetning paydo bo‘lishi va ommaviylashishi bilan bog‘liq. Uning ta’siri juda katta bo‘lgani bois, “ko‘plar ko‘pchilik bilan” aloqasi va axborot almashinish tizimi umumnikiga aylandi. Vaqt va geografik cheklanishlarga qaramasdan masofaviy ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchilar soni ancha ortdi. Zamonaviy kommunikatsiya tizimining rivojlanishi tufayli axborotni yetkazish usullari radio integratsiyasi, axborotni Yer sharining istagan nuqtasiga juda tez uzatishga imkon beruvchi telefon, telegraf, aloqaning yo‘ldosh va kabel tizimi orqali axborotlarni yetkazib berish. Bugungi kunda masofaviy ta’lim tizimining to‘rtinchi bosqichi haqida ham gapirish mumkin. Bu masofaviy ta’lim tizimi sohasida yangi – raqamli axborot uzatish texnologiyasining paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ular o‘z ichiga gipermedia dasturlarini qamrab oladi. Bu ta’lim oluvchiga axborotlarni o‘zlashtirish tartiblarini, shuningdek, Internet va boshqa tarmoqlar orqali olinadigan ma’lumotlar bazasini, ma’lumotlarning integrallashgan majmuini nazorat qilish imkonini tug‘diradi. Bu esa ta’lim oluvchilarga videokurslar, audiomateriallar, ma’lumotlar bazasi va boshqa dasturiy ta’minotlardan foydalanish imkonini beradi.
Ta’limning masofadan o‘qitish turiga o‘tishning tendentsiyasi ana shu texnologiya bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalari (markazlari) sonining ortishi bilan kechmoqda.
V.N.Fokina Ochiq ta’lim xalqaro akademiyasi a’zolarining kengashida Rossiyada ochiq ta’limni yaratish va rivojlantirish muammolari muhokamasi yakunida mamlakatda masofaviy ta’lim texnologiyalarining jadal rivojlanayotgani ta’kidlab o‘tdi. Ushbu texnologiyalarning istiqboli shundaki, ularning faolligi bir oz sekinlanlashsa-da, biroq, hamisha qo‘llanilaveradi. Bunday hol O‘zbekiston Respublikasida barcha fanlar, soha yo‘nalishlarida sodir bo‘lmoqda.
Masofaviy ta’lim ta’lim oluvchi va ta’lim xizmatlarini tashkil etuvchi sub’ektlar o‘rtasida qaytar aloqani yuzaga keltiradi. Ya’ni, ta’lim oluvchilar o‘zlari uchun qulay sharoit, vaqtda faks, pochta yoki kompyuter (elektron pochta) yordamida o‘qituvchilarga nazorat-sinov ishlarining ishlanmalari, loyihalarni yuboradi. Tekshirilgan nazorat ishlari “qaytar aloqa” tamoyiliga muvofiq ta’lim oluvchilarga qaytariladi. Buning natijasida shaxslararo munosabat – “sub’ekt-sub’ekt”aloqasi o‘rnatiladi.
Masofadan o‘qitish ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilarning bir-birlari hamda o‘qitish vositalari bilan o‘zaro ta’sirining maqsadga yo‘naltirilgan interfaol jarayonidan iborat bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni ularning geografik fazoviy joylashishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ta’lim jarayoni kichik tizimlardan iborat, ya’ni o‘qitish maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, nazorat, o‘quv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy va marketing kabi elementlarni qamrab olgan o‘ziga xos pedagogik tizimda kechadi.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va elektron nashrlar an’anaviy o‘qitish shakllarining kamchiliklarini bartaraf etishga imkon beradi va bunda ularning barcha afzalliklarini o‘zida saqlab qoladi. Bu turdagi ta’lim o‘quv axborotlari almashuvini ta’minlovchi vositalar (er sun’iy yo‘ldoshi, televidenie, radio, kompyuter, pochta aloqasi va b.)ga tayangan holda ixtisoslashtirilgan axborot muhitida masofadan turib, ta’lim oluvchilarning keng qatlami hamda xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmati majmui sanaladi. Masofadan o‘qitishning axborot-ta’lim muhiti ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, o‘zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan apparat-dasturiy, tashkiliy-uslubiy ta’minot va boshqalarning tizimiy-tashkiliy majmuidan iborat.
Mazkur ta’lim mustaqil bilim olish tamoyiliga tayanadigan ta’lim jarayonining yangi tuzilmasi hisoblanadi. Ta’lim muhiti shu bilan xarakterlanadiki, ta’lim oluvchilar, asosan yoki butunlay fazo (yoki) vaqt jihatdan o‘qituvchidan uzoqda, ayni vaqtda ular istagan paytlarida telekommunikatsiya vositalari yordamida muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Masofaviy ta’lim o‘qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish, turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida o‘qitish istagida bo‘lgan abiturientlar, ikkinchi mutaxassislikni egallashni xohlovchi mutaxassislarga juda qulay sharoitni yaratib beradi.
Yetakchi mamlakatlarda o‘qitish tobora masofaviy ta’lim tizimiga o‘tkazilmoqda. M: ayni vaqtda AQShda televidenie imkoniyatlariga tayangan holda 1 mln.ga yaqin shaxs masofaviy ta’lim tizimiga ko‘ra tahsil olmoqda. Bu tizimda keng foydalanilmoqda. MHD davlatlarida esa ayni vaqtda faqat1 mln.ga yaqin shaxsgina masofaviy ta’lim tizimida tahsil olmoqda. Demak, bu holat sohani taraqqiy ettirishga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini taqozo etadi.
Masofaviy ta’limni tashkil etisha o‘qituvchilarning faoliyati faqatgina o‘quv axborotlarini uzatish bilan cheklanmaydi. Shu sababli bu turdagi ta’limni tashkil etishga bir necha mutaxassis jalb qilinai. Ular o‘z vazifalariga ko‘ra turlicha nomlanadi. Xususan:
O‘qituvchi – masofaviy ta’limni tashkil etishda foydalaniladigan o‘quv-metodik qo‘llanmalarning muallifi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin