Talabalar va tinglovchilar uchun mavzuga doir material Demosfen yolg‘izlikda ishlay boshlaydi. Yolg‘izlik ko‘ngliga tekkanda omma oldiga chiqishdan o‘zini saqlash uchun sochining yarmini qirib tashladi. Og‘ziga tosh solib olib, gapirishni mashq qildi. Og‘zida toshlar bo‘lsa-da, nutqining sof, tiniq bo‘lishiga intildi. Ovozi kuchi va nafasini rivojlantirish uchun toqqa chiqib, baland ovozda she’rlar o‘qirdi. Dengiz bo‘ylarida sayr qilib, o‘z ovozi bilan to‘lqinlar shovqinini bostirishga harakat qilardi. Ayrim harflarni chuchuk talaffuz qilmaslik uchun kuchukcha sotib oldi va uning qanday hurishini diqqat bilan tinglab, o‘zi ham “huruvchi” tovushlar chiqarishga harakat qildi. Yelkasini uchirish odatini yo‘qotish uchun uyning shiftiga o‘tkir tig‘li qilichni osib qo‘yib, o‘zi ana shu qilich ostida nutq so‘zlardi. Yelkasi o‘ziga bo‘ysunmasa, shiftga osilgan qilichga borib tegar, yelkasini og‘ritar va notiqni o‘z tanasini nazorat qilish, boshqarishga majbur qilardi.
Manba: K.H.Hoshimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi. – Toshkent: A.Navoiy nomidagi “O‘zbekiston milliy kutubxonasi” nashriyoti, 2006.
Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar: 1. Keysning bayonini diqqat bilan o‘rganing.
2. Ta’lim metodlari va vositalariga oid bilimlarni yodga oling.
3. Ta’lim metodlari va vositalarini “T-jadval” metodi yordamida tizimlashtiring. Ta’lim metodlari va vositalarini tizimlashtirishda quyidagi jadvaldan foydalaning: