“Kontseptual jadval” GO yordamida aqliy rivojlanishdan ortda qolish darajalariga xos tavsiflarni yoritish
Oligofreniya darajalari
|
Muhim belgilar, tavsiflar
|
1-belgi tavsif)
|
2-belgi (tavsif)
|
3-belgi (tavsif)
|
Yengil darajadagi aqli zaiflik
|
Aqliy nuqson u darajada chuqur emas
|
Harakatchanlik, ish qobiliyatlari yetarlicha saqlangan
|
Nutqi sodda, grammatik jihatdan buzilgan, tili chuchuk
|
O‘rta darajadagi aqli zaiflik
|
Oddiy tushunchalarni hosil qila olmaslik
|
O‘quv materiali mazmunini ilg‘ab ololmaslik
|
So‘z boyligi
kam, nutqi sayoz, jumlalari kisqa
|
Og‘ir darajadagi aqli zaiflik
|
Idroki keskin rivojlanmagan
|
Borliqqa munosabati mo‘‘tadil emas
|
Nutqdagi nuqson
juda chuqur
|
7. “Qanday?” grafik organayzeri talabalarda o‘rganilayotgan mavzu, muammo yuzasidan umumiy tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi. Uni qo‘llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga solish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Talabaning fikrlari chizmada ifoda etiladi.
Mashg‘ulotlarda grafik organayzerni qo‘llashda quyidagi shartlarga amal qilinadi:
1. O‘ylangan g‘oyalarni tahlil qilmay, baholamay tez bayon etish kerak.
2. Chizma tugallanmagan bo‘lib, unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin.
3. Agarda chizmada savol uning “shohlari”da bir necha bor qaytarilsa, unda u
biror muhimlikni anglatib, muammoning asosiy yechimi bo‘lishi mumkin.
4. Yangi g‘oyalar qanday ko‘rinishda bo‘lmasin yuqoridan pastga yoki chapdan o‘ngga qayd qilib boriladi, buni o‘quvchilarning o‘zlari hal etadi.
5. Agar talabalar savollarni to‘g‘ri qo‘yib, masalaning rivojlanish yo‘nalishini ob’yektiv belgilay olsalar, u holda yechim to‘g‘ri topiladi.
Ta’lim jarayonida grafik organayzerni qo‘llash tartibi quyidagicha:
O‘qituvchi tanlangan masalani e’lon qiladi.
O‘qituvchi talabalarni mavzu va GOni qo‘llash qoidalari bilan tanishtiradi.
Talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi.
Kichik guruhlarga muayyan topshiriqlar beriladi
Belgilangan vaqt (10-15 daqiqa)da guruhlar topshiriqlarni bajaradi.
Jamoa kichik guruhlarning yechimlari bilan tanishtiriladi.
Jamoa tomonidan kichik guruhlarning ishlari muhokama qilinadi
O‘qituvchi jamoaning fikriga tayanib, eng yaxshi ishni e’lon qiladi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Izoh: 1. Yangi g‘oyalar grafik, klaster, tasvir ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 2. Muammoning yechimi “Buni qanday bajarish lozim?”, “Qanday yo‘l tutish to‘g‘ri?” kabi savollariga javob topish asosida hal qilinadi. 3. Muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi yuzasida o‘ylanib qolmaslik lozim. 4. Savollarning izchil berilishi muhim ahamiyatga ega. 5. Metodni qo‘llashda muammoni yechish yo‘llarigina izlanmay, ulardan samarali foydalanish choralari ham o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |