4. Tizimlashtirilgan ta’lim metodlari va vositalari orasida buyuk notiq Demosfen o‘z faoliyatida qo‘llagan metod va vositalarni ajrating va ish qog‘ozi sifatida berilgan jadvalda ifodalang.
O‘qituvchining yechimi
Buyuk notiq Demosfen o‘z ustida ishlashda quyidagi shakl, metod va vositalardan foydalandi:
Buyuk notiq Demosfenning o‘z ustida ishlashi
|
Samarali shakllar
|
Samarali metodlar
|
Ta’sirchan vositalar
|
Yolg‘izlikda ishlash;
dengiz bo‘yida sayr
qilish; o‘z ovozi bilan to‘lqin shovqinlarini bostirishga urinish;
o‘tkir tig‘li qilich
elkasiga tegmasligi
uchun o‘z tanasini
nazorat qilish va
boshqarish
|
Yolg‘izlik ko‘ngliga
tekkanda omma oldiga chiqishdan saqlanish
uchun sochining yarmini qirib tashlash; og‘ziga
tosh solib, gapirishni
mashq qilish; baland
ovozda she’r o‘qish;
o‘tkir tig‘li tilich ostida nutq so‘zlash; “huruvchi” tovushlar chiqarish
|
Soch,
she’r,
tosh,
dengiz shovqini,
kuchukcha,
o‘tkir tig‘li qilich
|
III. Quyidagi ish qog‘ozi asosida “Muammoli vaziyat” metodi yordamida Muhammad Yusufning “Vatanim” she’rining mazmunini tahlil qiling.
Ish qog‘ozi
Muhammad Yusuf. “Vatanim”
|
She’riy parchalar
|
Muammoli vaziyat
|
Vaziyat yechimi
|
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan
|
Shoir Boborahim Mashrab Namanganda tug‘ilgan. Balx shahri hozirgi Afg‘oniston hududida joylashgan.
Shoir nima uchun va kim tomonidan Balx shahrida dorga osilgan?
|
|
Navoiysan shoh yonida
Faqirni duo qilgan
|
Qaysi faoliyati hazrati Alisher Navoiyning “shoh yonida faqirni duo qilishi”ga imkon bergan?
|
|
Yassaviysan,meniki deb
Ko‘ringan da’vo qilgan
|
Qanday voqelik mutafakkir Ahmad Yassaviyning ko‘pchilik tomonidan “meniki” deb da’vo qilinishiga sabab bo‘lgan?
|
|
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Kurdistonda,
Boburing – Hindistonda
Bu ne yuz qarolig‘ deb,
Yotarlar zimistonda
|
1. Ajdodlarimizdan kim Qashqar shahri (Xitoy XR,Uyg‘uriston Muxtor Respublikasi markazi)ni “makon qilgan”?
2. Ajdodlarimizdan kim Enasoy (hozirgi Yenisey daryosi bo‘yi)da yashagan?
3. Kurdiston qaerda joylashgan va nima uchun Jaloliddin Manguberdi u yerda yashadi?
4. Shoir va shoh Zahiriddin Muhammad Bobur nima uchun Hindistonda yashadi?
|
|
O‘g‘lim desang, G‘irot bo‘lib,
Osmonlarga uchgayman.
|
Dostları ilə paylaş: |