Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


 Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə112/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Ushbu o’quv

6. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi Ta`limni insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi uni ta`limga nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligini ta`minlanishi, inson jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi Prezident I.A.Karimov «Erkin fuqaro ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs ma`naviyatini shakllantirish bizning bosh milliy g’oyamiz bo’lishi zarur» deb ta`kidlaydilar1. Bu tasavvurlarning xususiyati, ularning aniq ravonligi, to’laligi voqelikni aks ettirishni ta`minlovchi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasiga ya`ni, sezgi va idrokning rivojlanganligiga bog’liqdir. Xissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq etakchi o’rin tutadigan mantiqiy bilish xissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi.
Tevarak atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to’laligi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. “Sensor” so’zi lotincha “sensus” – “tuyg’u”, “sezgi”, “idrok”, “sezish qobiliyati” ma`nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.
Inson ko’rish, sezish va hakozolar yordamida tevarak – atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida bilimga ega bo’ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayonlari hosil bo’ladi.
Bog’cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan ta`surotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo’lsa, insonnining tevarak-atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo’ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin