Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə22/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114
Ushbu o’quv

3- mavzu yuzasidan savollar;
1. Metodika fani o’qituvchisi o’quv –meyoriy xujjatlariga nimalar kiradi ?
2. O’quv reja nima?
3. Fan dasturlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Namunaviy dastur va unga qo’yilgan talablar haqida fikringizni bildiring.
5. Ishchi dastur nima va u qanday tuziladi?
6. Darslik haqida nimalarni bilib oldingiz.
7. O’qituvchi o’quv- meyoriy hujjatlariga qanday munosabatda bo’lishi kerak?
8. Metodika fanlarini o’qitishga zamonaviy yondashuv tushunchasiga fikringiz?
9. O’quv qo’llanmalar tayyorlash va uning axamiyati haqida bilganlaringizni tushunchalar jadvali asosida yoriting.
10. Maktabgacha ta’limga zamonaviy yondashuvlarni rivojlangan davlatlar misolida taqqoslang.
Adabiyotlar:
1.Djamilova H. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi.T. 2017.
2.Zufarov Sh. Pedagogik innovatika.- T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2012.
3.Abuzalova M, Toirova G. Malakaviy bitiruv ishi yozish uchun metodik ko’rsatma va tavsiyalar – T.:”fan “ nashriyoti, 2007, -28-b
4.Xodjayev B.X.O’quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish yo’llari,-T.: TDPU, 2008.-65-bet
5-ma’ruza mavzusi: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o’qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlar. Dars tuzilishi va mazmuni.
Mavzu rejasi:
1.Maktabgacha ta’lim tizimidagi isloxotlar va rivojlanish jarayonlari
2.O’zbekiston respublikasida maktabgacha ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar
3.Dars tuzilishi va mazmuni.
Tayanch tushunchalar: tizim, zamonaviy yondashuvlar,rivojlantiruvchi ta’lim, pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonining mohiyati, pedagogika fanlariini o‘qitish funktsiyalari,rivojlantirish, intelektual.
Maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. — Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir. Prezident — “Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi”- deydi.Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri ko‘rinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi. “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. — Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin