Navro’z bayramiga noananaviy dars ishlanma
Maqsad: O`quvchilarga tabiatdagi o`zgarishlar, bahor fasli, Navro`z bayrami, milliy udumlar,
urf- odatlar haqida ma`lumot berish. Ona tabiat go`zalliklaridan zavqla-nishga, xalq og`zaki ijodi
namunalarini sevib o`rganishga undash. Vatanparvarlik tuyg`ularini rivojlantirish.
Sinf bayramona bezatilgan. “Navro`z” bayramiga bag`ishlab devoriy gazeta chiqarilgan.
Tarbiyaviy soatni o`qituvchi ochib beradi.
1-boshlovch: Assalom davramizning siz aziz mehmonlari.
Assalom ilmu-fanning sohibu davronlari.
Mehribon buvujonu , onajonlar assalom,
Yuzlarida kulgu balqqan qizlarjonlar assalom.
2- boshlovchi: Xush kelibsan go`zal bahor
Chin ko`ngildan assalom
Xush kelibsan yana bir bor
Sengadir shirin kalom.
1-boshlovchi: Mana o`lkamizga zarg`aldoqlardan gulchambarlar taqib, xushro`y
Navro`zi olam kelmoqda!
2-boshlovchi: Navro`z-bu yangi kun demakdir azal
Eski kundan shaksiz yangi kun afzal.
Shu kun kuy kuylaymiz, o`qiymiz g`azal.
U kelar yangicha rizqu –ro`z bilan
Assalom yoronlar,gul Navro`z bilan.
O`quvchi: Chakkasiga gul taqib
Kirib keldi Navro`zim
Daraxtlarga dur taqib
Kulib keldi Navro`zim.
Dala dashtda maysalar
Salom alik aytsalar.
Qanday go`zal ko`rinish,
Yashillikka cho`milish.
Doshqozonda sumalak
Boychechaklar xush darak.
Qizg`aldoq cho`g`day gilam.
Sevinchdan ko`zlarda nam.
Bolalar yayrashadi,
Qo`shiqlar yangrashadi.
Momolarning dunyosi
Ijobatdir duosi.
Bobolar halim solar
Latifa aytib tolat
Ichakuzdi hazillar
Qiziydi sho`x bazmlar
Elga rizq- ro`z ulashib
Tandir nonin ushatib.
Yayrab keldi Navro`zim
Yashnab keldi Navro`zim.
1-boshlovchi: Bahor! Ona zamin borliqni barcha jonzotlarni, muborakbod etmoqda. Uning
farzandi bo`lmish mo`tabar inson ham ko`hna Ona yerni hamisha sevib ar-doqlaydi.Odamlarga
rizq nasiba olib kelgan bunyodkor bahor! Sening yaratuvchi qudra-tingga hech bir kuch bas
kelolmaydi.
2-boshlovchi: Yil o`tib zamin uzra zarrin yellar esib yeru- ko`kka jon bag`ishlab Navro`z keldi.
Ushbu ulug` bayraming har gakgi tashrifi bir-biridan quvvatli, bahor qushlari, gullari kabi yangi
va xilma –xildir.
O`quvchi: Azizlar, aytinglarchi, ushbu go`zal bayram qachondan boshlab nishinlanmoqda?
O`quvchi: Kelinglar, hozir Navro`z tarixi bilan tanishaylik.
Tarixing tavsifing tillarda doston.
Quyosh charaqlaydi, moviydir osmon.
Hofiz qo`shiq aytar, raqs tushar jonon.
Sevinch bag`ishlaysan keksayu yoshga
Navro`zjon bu galgi kelishing boshqa.
Bir yon katta kurash, bir yon ko`pkari.
Askiya , aytishuv, o`lanlar bari.
Yangalarning aytgan avjli yor-yori.
Sevinch bag`ishlaysan keksayu- yoshga
Navro`zjon bu galgi kelishing bashqa.
Shoirlarning aytar so`zi bo`lib kel.
Yaylovlarda qo`y-u qo`zi bo`lib kel.
Mayli dilbarlarning o`zi bo`lib kel.
Sevinch bag`ishlaysan keksayu- yoshga.
Navro`zjon bu galgi kelishing boshqa.
O`quvchi: Inson to nafas olarkan u kuy qo`shiqsiz, sayroqi qushlarsiz, dala –bog`lar-siz, qirmizi
lilalarsiz yashay olmaydi.
Qizlar: “ Bahor valsi “ raqsini ijro etadilar.
Navro`z tarixi. “Navro`z” fors tojikcha so`z bo`lib “ Yangi kun” degan ma`noni anglatadi. O`rta
Osiyo va Yaqin shrq xalqlarining qadimiy an`anaviy yangi yil bayrami hisoblanadi. Navro`z juda
qadimdan, Islom dini qabul qilinmasdan 30 asr ilgari Ahomaniylar davridan nishonlana
boshlagan. Navro`z bahorgi tun va kunning tengligiga, ya`ni 21-22 martga to`gri keladi.
O`quvchi: Yomg`ir savalar mayin.
Maysa yashnar kun sayin
Men ham endi o`ynayin
O`rtoqjonim bu Navro`z.
Marjon taqdi majnuntol
Arilar keltirar bol.
Lola peshvoz qaddi dol.
O`rtoqjonom bu Navro`z.
Qaynar shirin sumalak.
Tovlanar yoy kamalak
Gulga qo`nmish kapalak.
O`rtoqjonim bu Navro`z.
Olam gul ichra yashnar
Ming bir tovusga o`xhsar.
Yashil poyondoz to`shar, bu Navro`z.
1-boshlovchi: Navro`z-bu haqiqiy xalq bayrami.Navro`zda odamlar hovli-joylarni tozalaydilar,
gullar ekadilar.
2-boshlovchi: Har bir xonadonda ko`k somsa, ko`k chuchvara, qatlama pishiriladi. Navro`z
ayyomining o`ziga xos go`zal urf-odatlari asrlar osha bizlargacha yetib kelgan. Ularning
ayrimlari bilan hozir tanishamiz.
1-qiz: Hayotingiz shirin bo`lsin, Muqaddasxon!
2-qiz: Sizniki ham shirin bo`lsin, Lazizaxon!
1-qiz: Har doim gulday ochilib yuring Dinoraxon!
2-qiz: Siz ham, Dilnozaxon!
Bu yil suvga serob bo`lsin. Hosilimiz mo`l bo`lsin. Elda tinchlik bo`lsin.
1-bola:Tongda bulbul taratdi,
Bir yoqimli hush navo.
Nazarimda bahorni
Olib keldi u go`yo.
Bulbuljon bahor qushi,
Bulbuljon Bahor o`zi.
Bulbul: Bulbul derlar otimni
Surishtirmang zotimni.
Mittigina qushchaman
Og`aynim bog`-u chaman.
1-bola: O`zing kichkina,
Ovozing yaxshi.
Qani bulbulcham
Bir sayrab berchi.
Bulbul: Mayli o`rtoqjon
Mayli sayrayman.
Ko`m-ko`k bog`ingda
Uchib yayrayman.
“Bulbulcham” qo`shig`i
1-boshlovchi: Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan.
Hamma bir-biriga jigar so`z ekan.
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan.
Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan.
2- boshlovchi: Assalom, tong kabi otgan Navro`zim!
Assalom, yuzlari yorug` Navro`zim!
Bayramingiz muborak bo`lsin, aziz mehmonlar.
Yangi yilingiz muborak bo`lsin, hey bolajonlar!
Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan.
Bahoroy dugonalari bilan kirib keladi.
Hay-hay o`lan jon o`lan
Navro`z keldi yor-yor
Navro`zoyni kutgani.
Xalqim chiqdi or –yor.
Bahoroy: Assalomu-alaykum aziz mehmonlar!
Men bahorman, gullarim bilan ,
Iliq quyosh nurlarim bilan
Qo`shiq aytib sho`x irmoqlarim,
Yelday o`ynab, ko`k yaproqlarim.
Mahmon bo`lib keldim bolalar.
Olib keldim gulu lolalar.
Men Bahorman,, go`zal Bahorman,
Sizga sevinch bilan boqarman.
Men huzuringizga yolg`iz kelganiz yo`q. Bu dugonam Maysaxon, bu dugonam Suvsuluv, bu
dugonam Guljon, bu dugonan Oftoboy. Men ularsiz go`zal “Bahor” bo`la olmayman. Hozir
dugonalarim sizlarga topishmoqlar aytadilar, qani tipinglar-chi.
Suvsuluv: Tosh-u qumlarni surib,
Tog’ dan kelar yugurib.
Maysaxon: Bahorda o`sib chiqdi.
Yam-yashil bo`lib chiqdi.
Oftoboy: Nur sochar,o``tli yashar.
Boqay desang ko`z qamashar.
Guljon: O`zi qizil, go`zal biram.
Qirga yozar go`zal gilam.
Bahoroy: Balli bolajonlar, to`g`ri topdingizlar.
1-boshlovchi: Rahmat Bahoroy, davramuzga chiroy qo`shdingizlar. Biz bilan birga bo`ling.
Otalari chiroyli yurtim,
Onalari chiroyli Yurtim.
Jannatmakon deydilar ajab.
Bog`-rog`lari chiroyli yurtim. 2-boshlovchi: Yigitlari chiroyli yurtim.
Gul qizlari chiroyli yurtim.
Aslo senga ko`zlar tegmasin.
Bayramlari chiroyli yurtim.
1-bola: Azal –azal Navro`zjon
Bayramlarning zo`rida.
Nuroniy chol- kampirlar
Turar davra to`rida.
Keling Navro`z sayliga,
Siz ham keeling mayliga.
2-bola: Navro`z nishonasi bu.
Bobodehqon ish boshlar.
Ezgu niyat bilan u.
Yeriga urug` tashlar.
Keling Navro`z sayliga,
Siz ham keling mayliga.
1-bola: Bizning elda bu ayyom,
Sumalaksiz o`tmaydi.
Yalpiz somsa yopmasdan.
Aziz mehmon kutmaydi.
Keling Navro`z sayliga,
Siz ham keeling mayliga
1-boshlovchi: Tabiatga sochib qo`yib turfa rang,
Chorlab turar bepoyon urf bir qarang
Quchoq ochib yuguraman bosh yalang
Ey bahor-ey, bahorjon-ey, bahorjon.
1-boshlovchi: Har tong maysa qulogida dur sirg`a
Marvaridlar sochilibdi adirga
Yur ko`klamni quchib qaytarib birga
Bu bahordir, bahorjon-ey, bahorjon.
Raqs.”Binafsha”
Navro`z bayram elimda
Zavqim qaynar dilimda,
Qalbim bahor jo`shaman
Shox raqsga tushaman.
1-boshlovchi: Aziz mehmonlar. “Navro`z” bayrami barcha sharq mamlakatlarida keng
nisholanadi.
2-boshlovchi: Bizning bayramga bag`ishlangan tarbiyaviy soatimiz yakunlanayotgan bo`lsada,
Ona yurtimizda sayl davom etadi.
Biz sizlarga yaxshi kayfiyat, ko`tarinki ruh tilab qolamiz.
Document Outline - Navro'z tadbiri uchun senariylar to'plami
- Marhabo Navro’z (Shou tadbir)
- Navro’z - umumxalq bayrami (tadbir senariysi)
- Navro’z - bahor bayrami (boshlang’ich sinflar uchun tadbir)
- Navro’z – sevimli bayram (maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tadbir)
- Navro’z bayramiga noananaviy dars ishlanma
Dostları ilə paylaş: |