ko’rsatish emas, aksincha, odamlarga o’z salomatliklarini saqlashga yordam berib ularni bu ishda qo’llab quvvatlashdir. Ma’lumki, sog’liqni saqlash to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishning
bir qismi, o’z bilimlari chegarasini bilishlikdir. Shuning uchun, bu kitobdagi
ko’rsatmalar nafaqat nima qilish haqida, balki qachon yordam olishga ham taaluqlidir. Kitob tibbiyot xodimidan maslahat olinishi zarur bo’lgan
joylarni alohida ko’rsatib o’tadi. Lekin, tibbiyot xodimlari doim ham yon
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
19 atrofda bo’lmaganliklari uchun, kitob og’ir hollarda nima qilish kerakligi bo’yicha ko’rsatmalar ham beradi.
“Hammabop tibbiyot qo’llanmasi” Ingliz tilidagi “Where there is no doctor” (Shifokor bo’lmagan joyda) kitobidan sodda O’zbek tiliga o’girilib
O’zbekiston hududida qo’llash uchun moslashtirilgandir. Kitobxon tushunmasli-
gi mumkin bo’lgan ba’zi so’zlar kitobning ohiridagi lug’atda izohlab o’tilgan.
Qo’lingizdagi ushbu kitob, sog’lig’ingizni saqlashga mo’ljallangan
qo’llanma bo’lib, aslida Ispan tilida yozilgan. U 80 dan ziyod tillarga tarji-
ma qilingan. 100 dan ortiq mamlakatlardagi tibbiyot xodimlari undan bax-
ramand bo’lib kelmoqda. Kitob barcha uchun tushunarli sodda tilda yo-
zilgan va hammabopdir. Bu kitobda kasalliklarning oldini olish, bemorga
birinchi yordam ko’rsatish, dori-darmonlardan to’g’ri foydalanish, tez-tez
uchrab turadigan kasalliklarni davolash, onalar uchun yo’l-yo’riqlar, to’g’ri
ovqatlanish kabi foydali maslahatlar berilgan.
Ushbu kitobni yoki uning biror qismini ko’chirib ko’paytirmoqchi
yoki undan foydalanib biror shaxs yoki tashkilot o’ziga yoki qishloq aholisi
yoki tibbiyot xodimlari uchun qo’llanma tayyorlamoqchi bo’lsa, marhamat.
Kitob mualliflaridan bunga ruxsat olish shart emas. Kitobning ko’pay-
tirilgan nusxalari, betlari bepul tarqatilishi yoki xarajatlarni qoplaydigan,
ammo foyda uchun o’rin qoldirmaydigan narxda sotilishi shart. Nusxalarni
tayorlaganda u yerga “Hesperian” tashkilotining egaligi haqida izoh qoldi-
rib, nusxasini “The Hesperian Foundation, Box 16992, Palo Alto, Califor-
nia 94302, U.S.A.” manziliga yo’llasangiz, sizdan minnatdor bo’lar edik.
Kitobning Yashil Sahifalari bo’limi (Dorilarni O’lchash va Ular-
ni Qabul Qilish Qo’llanmasi)da qoldirilgan bo’sh joylar, dorilarning nomi
va ularning bahosini yozib qo’yish uchun mo’ljallangan. Shuni eslatib
o’tish joizki, ushbu qo’llanmani ishlatishni yoki tarqatishni maqsad qilgan
shaxslar, har bir kitobning nusxasiga O’zbekistonning shart-sharoitiga va
aholining imkoniyatlariga moslashtirilgan asosiy yoki arzon dorilarning
ro’yxatini keltirib o’tishlari kerak.
Qo’lingizdagi qo’llanma, o’z va atrofdagilarning sog’lig’iga befarq
bo’lmagan kitobxonlar uchun yozilgan. Biroq, tibbiyot xodimlari ham un-
dan keng foydalanadilar. Shu yo’sin, kitobning kirish qismi to’ldirilib, u yer-