Ushbu yangi nashr, sizning yordamingiz bilan yanada foydal



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/39
tarix14.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98222
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
uz la wtnd 2015 fm

18
So’z Boshi
Ushbu qo’llanma aslida tibbiy yordam ko’rsatish joylaridan uzoqda, 
ya’ni atrofida shifokor bo’lmagan yoki ularga murojaat qilish qiyin bo’lgan 
joyda istiqomat qiluvchi odamlar uchun mo’ljallangandir. Biroq, tibbiyot 
xodimiga yaqin bo’lgan joyda ham, odamlar bu kitob yordamida o’z sa-
lomatliklarini saqlash tashabbusini o’z qo’llariga olishlari mumkin. Ushbu 
kitob, o’z salomatligiga befarq bo’lmagan odamlar uchun yaratilgandir. U 
quyidagilarga asoslangan holda yozilgan:
1. Salomatlikni saqlash, nafaqat har bir insonning huquqi, 
balki javobgarligidir.
2. Har bir sog’liqni saqlash dasturining yoki faoliyatining aso-
siy maqsadi, odamlarni o’z sog’liqlarini saqlash to’g’risida-
gi ma’lumotga ega bo’lishiga qaratilishi kerak.
3. Sodda va tushunarli ma’lumot bilan ta’minlangan oddiy 
odamlar ham ko’pgina oddiy kasalliklar bilan bog’liq bo’lgan 
muammolarni o’zlari hal qilib, o’sha kasalliklarni o’z uylarida 
o’zlari davolashlari yoki oldini olishlari mumkin.
4. Salomatlikni saqlashga oid bilim yoki ma’lumot sir 
bo’lmasligi kerak, aksincha u hammabop bo’lishi shart.
5. Salomatlikni saqlash, nafaqat sog’liqni saqlash sohasida-
gi mutaxassislar qila oladigan ish, balki har bir insonning 
qo’lidan keladigan ishdir.
6. Tibbiyot xodimining asosiy maqsadi, tibbiy yordam 
ko’rsatish emas, aksincha, odamlarga o’z salomatliklarini 
saqlashga yordam berib ularni bu ishda qo’llab
quvvatlashdir.
Ma’lumki, sog’liqni saqlash to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishning 
bir qismi, o’z bilimlari chegarasini bilishlikdir. Shuning uchun, bu kitobdagi 
ko’rsatmalar nafaqat nima qilish haqida, balki qachon yordam olishga 
ham taaluqlidir. Kitob tibbiyot xodimidan maslahat olinishi zarur bo’lgan 
joylarni alohida ko’rsatib o’tadi. Lekin, tibbiyot xodimlari doim ham yon 
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin