roqdir.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
23
Bizga ma’lumki, odamlar orasida kasallikni
davolash haqida turli
xil fikrlar yuradi va fikrlarning ba’zilari asosli, ko’pi esa asossizdir. Shu
nuqtai nazardan kitobda jahon tajribalarida o’z tasdig’ini topgan ma’lumo-
tlar berilgan. Ma’lumotlar O’zbekistonning shart-sharoitiga moslashtirilgan
bo’lib, aholining imkoniyatlari ham hisobga olingan. Kitobdagi ma’lumo-
tlarni tarjima qilishda biz kitobda Jahon Sog’liqni
Saqlash Tashkilotining
standartlariga moslashtirdik.
Salomatlikni saqlashda
jamiyatimizning ishtiroki naqadar muhim
ekanini kitobning deyarli har joyida kuzatish mumkin. Masalan,
hozirda
onalarga emizishning naqadar foydali ekanini tushuntirishning o’zi yetarli
bo’lmay qoldi.
Shuning uchun, jamiyatimiz,
emizadigan onalar uchun ish
paytida ham chaqaloqlarini emiza olishiga imkoniyat yaratib berishlari
kerak.
Shuningdek, pestitsidlardan noto’g’ri foydalanish (751 bet), giyox-
vandlik balosi (757 bet) yoki o’zboshimchalik bilan
qilinadigan abort kabi
muammolar (528 bet) birga ishlaydigan odamlar tomonidan hal etilishi
kerak bo’lgan ishdir.
Shundagina, jamiyatimiz sog’lom, xavfsiz va sofdil
bo’la oladi.