Trixogrammani ko`paytirish va qo`llash Trixogramma bir necha tur xo`jayinlarda, un parvonasi, don kuyasi va qisman g`o`za tunlami tuxumlarida ko`paytiriladi. Ulardan don kuyasini laboratoriyada ko`paytirish yo`Iga qo`yilgan. Shu bois hozirgi kunda don kuyasidan foydalaniladi (17-rasm).
Don kuyasining biologik xususiyatlari.Don kuyasi (Sitotroga cerealella Oliv) tangachaqanotlilar (Lepidoptera) turkumining o`miz-qanotlilar (Gelechiidae) oilasiga mansubdir.
17-rasm. Don kuyasi:
fl—kapalagi; 6—donga tuxum qo`yayotgan kapalak; fif—zararlangan don; e—qurtning oziqlanishi; /—katta yoshdagi qurt; g—g`umbak.
52
Don kuyasining kapalagi qanot yozgandagi kattaligi 11—19 mm, qanoti qisqa (ensiz), o`tkir uchli, oldingi qanoti sarg`ish-kulrang yoki oqish-jigarrang. Orqa qanoti ham oldingi qanoti kabi qisqa va biroz uchli. Oldingi va orqa qanotining uzunligi eniga nisbatan 5 marta katta, ustki qismi yaltiroq tangachalar bilan qoplangan.
Urg`ochi kapalak tanasining uzunligi 6,4—7,1 mm. Vazni 6,7 mg.ni tashkil qiladi. Tuxumi yassi, dastlab oqish rangda, 3—4 kundan keyin sarg`ish-qizg`ish, qurtlar chiqishi oldidan to`q qizil ranggacha o`zgaradi. Uzunligi 0,48 dan 0,65 mm.gacha yetadi. V.P. РаЦу va Е.Ғ. Dariylaming bergan malumotiga qaraganda, don kuyasi tuxumining yo`g`onligi 0,20— 0,35 mm.gacha, hajmi 0,009-0,0024 va 0,025-0,031 mlni tashkH qiladi.
Qurti 8 mm (6—7 mm), oqish rangda yoki poxolsimon sariq rangda, bosh qismi kichik, ko`krak qismi orqa tomoniga nisbatan kattaroq.
Don kuyasini ko`paytirish texnologiyasi Ko`paytirishning texnologikjarayoniikki bosqichdan iborat: don kuyasini ko`paytirish uchun tayyorgariik ko`rish va uni ko`paytirish. Bu, o`z navbatida, alohida usul va ish turiariga bo`linadi. Don kuyasini ommaviy usulda ko`paytirish quyidagi 18-rasmda keltirilgan.
18-rasm. Don kuyasini ommaviy usulda ko`paytirish:
/—donni yuqumsizlantiravchi moslama; 2—donni har xil aralashmalardan
tozalovchi moslama; 5—don to`kiladigan tovalar; 4—issiqlik va nam havo
bemvchi apparat; 5—bokslar bloki; 6—don kuyasini ko`paytimvchi shkaf-
termostat; 7—kapalak yig`uvchi kasseta.
53
Don kuyasini ko`paytirishni amalga oshirish, asosan, har xil ish turidan tashkil topgan bo`Iib (donni tayyorlash, zararlash, rivojlanayotgan qurtlarga shart-sharoitlar yaratish, kapalaklarni yig`ish, tuxumni olish), bu ishlar maxsus moslamalar va apparatlar yordamida amalga oshiriladi. Don solish uchun tovalar (kuvet) va ulami o`matish uchun so`kichaklar, don tashuvchi, yuk ko`tamvchi elektr yuritmali aravacha, don kuyasini qabul qilgich, to`rii baraban, tuxumlami tozalovchi klassifikator, shkaf-termostatdan foydalaniladi. Donni don kuyasi qurti bilan zarariash maqsadida don har xil mikroorganizmlar, hasharot tuxumlari, lichinkalarivag`umbaklarining ko`payishining oldini olish uchun maxsus apparatda yuqumsizlanti-riladi, so`ng so`kichaklarga qo`yUgan tovalarga soUnadi. Don kuyasining rivojlanishi tugashi bilan don tovalardan olinib, kassetalarga solinadi vabokslarga qo`yUadi. Don kuyasining yig`uvchi-o`Ichagich moslamasi bir nechta bokslar tizimidan iborat bo`Iib, bunga filtr namlagich va hasharotni yo`naltiruvchi novlar birlashtirilgan. Filtr namlagich xonada gigrotemiik sharoitni belgilangan tartibda ushlab turish va havoni tozalash uchun mo`Ijallangan.
Kun bo`yi uchib chiqqan kapalaklar nov orqali havo oqimi yordamida kapalak qabul qiluvchi moslamaga yo`naltiriladi. Kapalaklar o`lchagich (dozator) yordamida to`rii barabanga solinadi va alohida shkaf-temiostatga joylashtiriladi. Tuxumlar yig`ib olinadi va klassifikator yordamida tozalanadi. So`ng kerakli miqdorda tortib olingan tuxumlar trixogramma, oltinko`z va don kuyasini qayta ko`paytirish uchun foydalaniladi.