Donni zararsizlantirish. Xo`jaliklarda faoliyat ko`rsatayotgan biolaboratoriya va biofabrikalarda donni avtoklav yordamida issiq bug` bilan yuqumsizlantirish keng ommalashgan. Hozirgi kunda ish unumdorligi yuqori bo`lgan, donni bir vaqtning o`zida namlash bilan birgalikda gidrotermik usulda yuqumsizlantiruvchi apparat yaratilgan.
55
Birlamchi trixogrammalar avlodini yig`ish Tabiiy trixogrammalar avlodi laboratoriya sharoitida don kuyasi tuxumda uzluksiz ko`paytuilishi natijasida o`zining tabiiy yashovchanlik xususiyatlarini yo`qotaboradi. Uning sifat ko`rsatkichi yo`qoladi, tuxum-laming zararlanish miqdori kamayadi, nasli ayniydi yoki nobud bo`Iadi.
Biriamchi avlod trixogrammani tayyoriash ishlarini mavsum davomidagi ishlar bilan birgalikda olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun qayerda, qaysi ekinlarda va hududlarda qo`IIanilganligini hisobga olib, trixogrammani yig`ish uchun o`sha joylarga tabiatdan yig`ib olingan tunlamlarning tuxumlari qog`ozlarda qo`yiladi (bedapoya, makkajo`xori, paxta maydonlari, sabzavotvapolizekinlari). Yig`ib olingan trixogramma bir-biriga qo`shilmagan holda alohida ko`paytiriladi. Lekin trixogramma yig`ib olinayotgan maydonlarda shu yilgi mavsumda trixogramma qo`IIanilmagan bo`Iishi kerak.
Kech kuzda, qishda va erta bahorda tabiiy sharoitda qishlash uchun ketgan kuzgi va ko`sak tunlam qurtlari (qurt va g`umbak) yig`ib olinadi hamda laboratoriyada maxsus idishlarda saqlanadi. Maxsus idishlarga qo`yilgan qurtlar asta-sekin g`umbakka aylanadi. Uchib chiqqan kapalaklar esa sinchiklab tekshiriladi. Sog`Iomlari alohida terib olinadi va tuxumlarini olish uchun yig`ma qog`ozlar solingan shisha idishlarga joylashtiriladi. Olingan tuxumlar trixogrammani ko`paytirish uchun foydalaniladi.
Trixogrammani saqlash Trixogrammalangan tunlam tuxumlarini (diapauza) tinim davriga kiritishda birinchi avlod (don kuyasi tuxumida birinchi bor ko`pay-tirilgan) trixogrammalarni tinim davriga kiritish maqsadga muvofiq bo`Iadi. Buning zarariangan tuxumlari 5—10 mingtadan alohida partiyada birlashtirilib, olib boriladi.
Don kuyasi tuxumlarini trixogramma bilan zarariantirish kunduz kuni harorat 18—20°C da o`tkaziladi, tunda esa harorat 10°C va havo namligi 85—90 foiz bo`Iishi lozim. Bu holat tuxum to`liq qoraygungacha davom etadi. Trixogramma g`umbak holatga o`tgunga qadar 10°C haroratda 20—24 kungacha sovitgichda saqlanadi.
Zarariantirilgan don kuyasi tuxumi birinchi kun 8 soat (ertalab 9—17 gacha), harorat 25°C da, ish tugagach harorat 8—12°C da 16 soat
56 saqlanadi. Bu tartib har kuni to tuxumlar to`Iiq qoraygunga qadar davom ettiriladi.
Trixogrammalar tinitn (diapauza) bosqichiga kirgach, idish devoriga yopishtirilgan, trixogrammalangan don kuyasi tuxumlari yumshoq cho`tka yoki qush pari bilan tozalanib oq qog`ozga solinadi. Tuxumlaming zararlanish foizi hisoblanib, so`ng ulaming tinimbosqichi-ga kirgan vaqti qayd etiUb, 1—3°C da saqlash uchun sovitgichga qo`yiladi. Bu trixogrammalami 6 oygacha saqlash mumkin. Trixogrammalangan tuxumni aniqlash uchun har bir partiyadan 10 ta namuna olinadi. Наг bir namunada 200—300 ta tuxum bo`Iib, ulaming trixogramma bilan zararlangani yoki zararianmaganligi aniqlanadi.