Usmanova maxina anarboyevna “Geografiya darslarida ekskursiyani tashkil etish pedagogik muammo sifatida”



Yüklə 82,67 Kb.
səhifə13/24
tarix07.01.2024
ölçüsü82,67 Kb.
#208702
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
USMANOVA MAXINA

Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
XULOSA
Umumta'lim maktablarida geografiya fanini o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitlarini hisobga olgan holda har bir jamiyat a'zosining mehnat faoliyati va kundalik hayoti uchun zarur bo’lgan geografik bilim, ko’nikma va malakalarni berish, shuningdek, o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik tushuncha va munosabatlarini ular tomonidan ongli o’zlashtirishlariga hamda hayotga tatbiq eta olishga intilish, o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini tarkib toptirishdan iborat.
Geografiya fani keng ko‘lamli va xilma-xil masalalarni qamrab olsada, barcha masalalarni o‘quv jarayonida yoritish imkoniyati mavjud emas. Umumta’lim maktablarida geografiya ta’limining atrofdagi tabiat va insonlarning hayoti, tabiat va jamiyatda ro‘y berib turgan voqea va hodisalar bilan bevosita aloqadorligi sinfdan tashqari ishlar uchun katta imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Umumta’lim maktablarining 5-sinf “Tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi”da tashkil qilinadigan ekskursiyalar o‘quvchi yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida olib boriladigan ishlarning davomiyligini ta’minlaydi. Shu sababli ham ekskursiyalarni tashkil etish masalalari doirasida quyidagi xulosalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
-o‘quvchilar tabiatdagi turli jarayon va hodisalarni, dunyoda ro‘y beradigan voqealarni ko‘proq bilishga qiziqadi, shu sababli darsdan tashqari vaqtlarda ekskursiyalarni tashkil etish orqali bunday vazifalar yechimini olish imkoniyati paydo bo‘ladi;
  • umumta’lim maktablari geografiya darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning mazmun-mohiyati o‘rganildi, maqsad va vazifalari, shakllari va asosiy yo‘nalishlari tahlil qilindi;
  • Umumta’lim maktablarda geografik ekskursiyalarni tashkil etishning metod va usullari, o‘quv ekskursiyaning turlari (tabiiy, iqtisojiy-ijtimoiy, tarixiy geografik va madaniy, o‘lkashunoslik) tahlil qilindi, mazmuniga mos ravishda 5-sinf “Tabiiy

  • geografiyaning boshlang‘ich kursi”ning o‘quv dasturiga xos metodikalari ishlab chiqildi;
  • umumta’lim maktablarining 5-sinf “Tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi”da o‘quv dasturidagi mavzularni o‘qitish orqali ekskursiya ob’ektlarini tanlash, tanlangan ob’ektlarda ekskursiyani o‘tkazish metodikalari ishlab chiqildi;
  • umumta’lim maktablari 5-sinf “Tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi”da ekskursiya ta’lim-tarbiyaning turi sifatida

  • ajratildi va uning o‘quvchilarni tabiat bilan tanishishga, darslikdagi nazariy bilimlarni amaliy o‘rganishga undaydi, o‘z Vatani, tug‘ilib o‘sgan joyiga bo‘lgan mehr-muhabbatining oshishiga xizmat qiladi;
  • ekskursiyani tashkil qilish orqali o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat yaxshilanadi, mehr-oqibat, bir-biriga hurmat hamda qolaversa ustoz-shogirdchilikka poydevor yasaladi-bu esa o‘z navbatida geografiya fanining rivojlanishini

  • belgilab beradi.


Yüklə 82,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin