Tarkibi va tayyorlanish texnologiyasiga ko'ra xilma-xil bo'lgan shirin taomlar tarkibida qand moddasi ancha ko'pligi bilan ajralib turadi, shu tufayli ular xush yoqadigan shirin ta'mga ega bo'ladi. Shirin ovqatlar tushlik oxirida beriladi, shu bois ular desert yoki uchinchi taomlar deyiladi. Lekin bu taomlami nonushta, kechki ovqat va alvonchoy vaqtida ham iste'mol qilish mumkin.
Shirin taomlar tayyorlash uchun yangi, quruq (qoqi qilingan) va konservalangan mevalar, meva qiyomlari, sharbatlari, ekstraktidan foydalaniladi. Bu mahsulotlar tarkibida turli mineral moddalar, vitaminlar va oziq kislotalar bo'ladi. Ayrim ovqatlar tarkibiga oqsil moddalar, yog', uglevodlarga boy va katta quwatga ega bo'lgan qaymoq, smetana, tuxum, yog', yormalar kiradi.
Shirin taomlarga mazasini yaxshilash va ulami xushbo'y qilish uchun ulaming tarkibiga mayiz, yong'oq, какао, vanilin, limon kislotasi va bosh- qa mahsulotlar kiritiladi.
Shirin taomlar suzib berish vaqtidagi haroratga qarab yaxna (10-14 °C) va issiq (55 °C) ovqatlarga bo'linadi. Ammo ba'zi taomlar issiq holatda ham, sovuq holatda ham suzib berilishi mumkin. Yaxna taomlarga tabiiy yangi (yoki yangiligida muzlatilgan) mevalar; yangi, quritilgan va konservalangan mevalardan qilingan kompotlar; jeleli ovqatlar (kisel, jele, muss, sambuk, krem); muzlatilgan taomlar (muzqaymoq, plombir, parfe) kiradi. Ushbu taomlaming suzib berish vaqtidagi harorati 4-6 °C dan past emas.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida shirin taomlar yaxna ovqatlar sexining maxsus ajratilgan xonasida tayyorlanadi. Bu xona stollar va sovitkich bilan jihozlanib, ularda faqat yaxna ovqatlar va ularga mo'ljal- langan masalliqlar saqlanadi, chunki shirin taomlarga har xil hidlar tez o'tirib qoladi. Shirin ovqatlar tayycfcrlashda ko'pirtiradigan, qirg'ichdan o'tkazadigan, sharbatni siqib chiqaradigan mashinalar bilan butlangan universal yuritma, shuningdek maxsus idish-tovoqlar hamda anjomlar - qozonlar, kastralkalar, chuqur tovalar, tunuka tovalar, elaklar, kurakchalar, dasta cho'plar va qoliplardan foydalaniladi.
Shirin taomlarga mo'ljallangan masalliqlarga mexanik yo'l bilan pazandalik ishlovi berish va issiqlik bilan ishlov berish ishlari sabzavot hamda issiq ovqatlar sexlarida amalga oshiriladi.
Yaxna shirin taomlar stakanlar yoki kremankalarda, shuningdek desert taqsimchalari yoxud chuqur idishlarda suzib beriladi.
Issiq ovqatlar chinni taqsimchalar, idishlar, porsiyali tovalarda suzib beriladi.