Uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish


Qaror bilan shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga ko‘ra



Yüklə 161,48 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2022
ölçüsü161,48 Kb.
#74628
1   2   3   4   5   6   7
SABUROV ELDORBEK (Uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish).

Qaror bilan shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga ko‘ra:

  • ko‘p xonadonli uy-joy fondi umumiy mulki va unga tutash hududlarni saqlash uchun turar joy va noturar joy binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdori O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi har yili tasdiqlaydigan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan hajmda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan belgilanadi;

  • xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvining raisi «Kommunalo‘quv» o‘quv-uslubiy markazi» davlat unitar korxonasida o‘qigani to‘g‘risida tegishli sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda, tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a'zolarining umumiy yig‘ilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra lavozimidan ozod etiladi.

Qarorning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi: 
birinchidan, bu qaror ko‘p xonadonli uy-joy fondining texnik holatini va undan maqsadga muvofiq holda foydalanishni tubdan yaxshilash, ta'mirlash-tiklash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
ikkinchidan, aholining rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan ko‘p xonadonli uy-joy fondida yashashi uchun har jihatdan qulay sharoit yaratish;
uchinchidan, ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishda joylardagi ijro hokimiyati organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o‘zaro hamkorlikda ishlashini ta'minlaydi.



KO‘P KVARTIRALI UY-JOYLARNI BOSHQARISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni ta’mirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022-yil 1-iyulga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1-ilovaga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar joylashgan hududlarini ochiq tanlov o‘tkazish yo‘li bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktirish (keyingi o‘rinlarda — biriktirilgan hudud) yuzasidan loyihani amalga oshirish (keyingi o‘rinlarda — loyiha) to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, loyiha doirasida biriktirilgan hududda:
a) tanlangan boshqaruvchi tashkilotga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
shartnomalarga asosan barcha ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish, shuningdek, yakka tartibda qurilgan uylarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilotlarga (obyektlarga) kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini ko‘rsatish;
tegishli hokimlik bilan tuzilgan shartnomaga asosan hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatini tashkil etish;
b) barcha davlat buyurtmachilariga tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan biriktirilgan hududda istisno tariqasida tanlov o‘tkazmasdan kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish ruxsat etiladi;
v) yakka tartibda qurilgan uylar mulkdorlari, xususiy tashkilotlar vakillari tomonidan tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma ixtiyoriy ravishda tuziladi;
g) boshqaruvchi tashkilotga biriktirilgan hududda muhandislik tarmoqlari hamda kommunikatsiyalarini qurish va o‘zgartirish ishlari boshqaruvchi tashkilotga ma’lum qilgan holda amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
2022 — 2025-yillarda ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2025-yillarda ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
respublika bo‘yicha ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ma’nan eskirgan ko‘p kvartirali uy-joylarni instrumental o‘rganish va renovatsiya qilish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
a) 2021-yil 1-iyuldan boshlab uy-joy mulkdorlarining shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi, bevosita boshqaruvchi (keyingi o‘rinlarda — boshqaruvchilar) tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun majburiy badallarning yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritilishi shart;

Yüklə 161,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin