Uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish



Yüklə 161,48 Kb.
səhifə4/7
tarix14.12.2022
ölçüsü161,48 Kb.
#74628
1   2   3   4   5   6   7
SABUROV ELDORBEK (Uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish).

Oldingi tahrirga qarang.
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish mazkur uy-joylarni ta’mirlash ishlari umumiy smeta qiymati doirasida amalga oshiriladi, bunda:
2023-yil uchun Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetidan 156,4 milliard so‘m ajratiladi;
2024-yil 1-yanvardan boshlab mablag‘larning:
30 foizi mulkdorlar hisobidan qoplanadi. Mazkur mablag‘lar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasida ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ochiladigan maxsus hisobvaraqda (keyingi o‘rinlarda — Maxsus hisobvaraq) shakllantiriladi;
35 foizi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi;
35 foizi mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
5. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq shakllantiriladigan ro‘yxatdagi uy-joylarni ta’mirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizini ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari hisobidan jamg‘arib borilishini tashkil etsin.
6. Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltirish uchun ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga joriy yilda 100 milliard so‘m ajratsin.
Belgilansinki, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash ishlari uchun ajratilayotgan mablag‘larning samarali va manzilli ishlatilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
b) boshqaruvchilar bir yilda bir marta ko‘p kvartirali uy-joylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligini xatlovdan o‘tkazadi va Uy-joy fondi inspeksiyasiga ma’lumot kiritib boradi;
v) boshqaruvchi har yarim yilda majburiy badallarning tushumi va ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risida mulkdorlarga hisobot berib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muddatga ko‘p kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadi. Bunda:
quruvchi tomonidan boshqarish usuli tanlanadi yoki mazkur vazifani amalga oshirish uchun shartnomaga asosan boshqaruvchi tashkilot jalb qilinishi mumkin;
quruvchi ko‘p kvartirali uydagi joyni sotib olish istagida bo‘lgan shaxslarni tanlangan boshqaruv usulidan xabardor qilishi va uy-joyni oldi-sotdi shartnomasi bilan bir vaqtda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzilishini tashkillashtirishi lozim;
ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari o‘zgarishi natijasida umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash uchun umumiy xarajatlarda ishtirok etish bo‘yicha majburiyatlar yangi mulkdorga o‘tadi;
birinchi ikki yil ichida ko‘p kvartirali uy-joydagi quruvchidan tashqari mulkdorlarning soni ellik foizdan oshgan taqdirda mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda umumiy yig‘ilishning qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish usuli tanlanadi.
(7-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)

Yüklə 161,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin