SABUROV ELDORBEK (Uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish).
Oldingi tahrirga qarang. (7-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son) e) ko‘p kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulkning talab darajasida saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmatlar va ishlarning minimal ro‘yxati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan tegishli hududdagi boshqaruvchilar bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi;
j) 2022-yil 1-yanvardan boshlab notarial idoralar tomonidan mulkdorlarning boshqaruvchi oldida qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning miqdori uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini rasmiylashtirishda tegishli shartnomada aks ettiriladi va yangi mulkdor ushbu qarzdorlik haqida ogohlantiriladi;
z) ko‘p kvartirali uy-joylarda istiqomat qiluvchi, Moliya vazirligi tomonidan olib boriladigan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga majburiy badalni to‘lab berish uchun “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratiladi;
i) ko‘p kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlarini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan taqdirda mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘ladi;
k) quyidagi masalalar bo‘yicha umumiy yig‘ilishning qarori, agar uni yoqlab uy-joy mulkdorlari yoki ular vakillarining 80 foizidan ko‘prog‘i ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi:
ko‘p kvartirali uy-joyga tutash hududlarda yangi obyektlarni qurish;
mulkdorlar amal qilishi majburiy bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joylarda umumiy mol-mulkni boshqarishning talab va qoidalarini tasdiqlash;
ko‘p kvartirali uy-joy uchun qarz va kreditlarni jalb qilish.
8. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2021-yil 1-avgustga qadar loyiha doirasida biriktirilgan hududlar, 2022-yil 1-yanvarga qadar esa butun respublika hududlarida ko‘p kvartirali uy-joyga xizmat ko‘rsatish jarayoniga uy-joy mulkdorlarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va ularning tegishli mol-mulki kadastr raqamidan foydalangan holda billing tizimini joriy qilsin;
2021-yil 1-oktabrga qadar ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqaruvchilarning elektron reyestrini shakllantirsin va ishga tushirsin.
9. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Qurilish vazirligining Uy-joy fondi inspeksiyasiga quyidagi vakolatlarni berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
ko‘p kvartirali uy-joydagi mulkdor tomonidan olib borilayotgan qayta qurish va qayta rejalashtirish ishlari holatini nazorat qilish maqsadida, ushbu uy-joy mulkdorlari va (yoki) boshqaruvchilardan kelib tushgan murojaatga asosan mazkur ishlarni olib borayotgan mulkdorni oldindan xabardor qilgan holda unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar yoki noturar joyga boshqaruvchi bilan birga kirish;
uy-joy mulkdorlarining murojaatlariga asosan umumiy yig‘ilishlarning o‘tkazilishini va hisobotlarning mulkdorlarga o‘z muddatlarida berib borilishini o‘rganish.
Uy-joy fondi inspeksiyasi qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uy-joy obyektlarini (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) va unga tutash hududlarni hamda ko‘p kvartirali uy-joylardagi muhandislik uskunalarining rekonstruksiya qilingan tizimlarini o‘rganish davomida qurilish (rekonstruksiya) loyihasidan chetga chiqish holatlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yoki ushbu obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar yuzasidan aybdor shaxslar harakati (harakatsizligi)ga huquqiy baho berish uchun tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga doimiy ravishda taqdim etib borsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli tijorat banklari bilan birgalikda 2021-yil 1-iyuldan boshlab ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish usuli shirkatlardan boshqaruvchi tashkilotlarga o‘tgan uy-joylar uchun jalb qilingan kreditlarning muddatini, mahalliy hokimliklar kafilligi asosida, uch yilgacha uzaytirish choralarini ko‘rsin.
11. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang. 12. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga istisno tariqasida davlat xaridlari uchun o‘rnatilgan tartib-taomillarni o‘tkazmasdan sohani isloh qilish, shu jumladan billing tizimini ishlab chiqish, doimiy ekspluatatsiya qilish va rivojlantirib borish bo‘yicha Kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan o‘tkazmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son) 13. Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari N.T. Nazirov belgilansin.
Qarorning ijrosini har chorakda muhokama qilish, ijro uchun mas’ul organlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.