Uyqu, tush ko’rish, gipnoz Theme : Sleep, to have a dream, hypnosis. Reja



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/4
tarix10.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#68320
  1   2   3   4
Uyqu, tush ko’rish, gipnoz


Aim.uz

Uyqu, tush ko’rish, gipnoz
Theme : Sleep, to have a dream, hypnosis.
Reja:

  1. Uyqu, tush ko`rish, gipnoz.

  2. Uyquning buzilishlari.

  3. Tush ko`rish.

  4. Gipnoz

Plan:

  1. Sleep, to have a dream, hypnosis.

  2. Sleep eternal rest ( death )

  3. To have a dream

  4. Hypnosis

Tayanch atamalar:
Uyqu - sleep
Uyqusizlik - sleeplessness, insomnia
Letargiya - lethargy
davriy uyqu – cyclical sleep
tush ko’rish - to have a dream
gipnoz - hypnosis
tormozlanish – inhibition


Uyqu, tush ko`rish, gipnoz
Uyqu ovqatlanishdan zarur bo`lgan fiziologik jarayondir. Odam ovqatlanmasdan bir necha kecha-kunduz yashashi mumkin, lekin uch kun uxlamasa avtomatik ravishda uxlab qoladi. Odam umrining deyarli uchdan bir qismini uyquda o`tadi. Uyqu yuqori darajada rivojlangan hayvonlar uchun ham zarur. It ovqatsiz ancha uzoq yashashi mumkin, ammo uyqudan maxrum qilinganda tez xalok bo`ladi.
Uyqu vaqtida odam xushidan ketadi, markaziy nerv sistemaning, xususan miya po`stlog`ining faolligi pasayadi, muskul tonusi va sezgirlik susayadi. Shartsiz reflekslar kuchsizlanadi, shartli reflekslar esa tormozlanadi. Ichki a`zolar faoliyati ham sustlashadi. Uyquning bir necha turi bor 1) kecha-kunduzgi davriy uyqu, 2) faslga bog`liq ravishda uyqu, 3) narkotik uyqu, 4) gipnotik uyqu, 5) patologik uyqu. Davriy uyqular-oddiy sharoitdagi fiziologik xolatdir. Narkotik, gipnotik va patologik uyqular maxsus nofiziologik ta`sirotlar natijasida rivojlanadi.
Gipnotik uyqu-ko`pchilikda qiziqish uyg`otadi Bu uyqu maxsus sharoitda gipnozchi tomonidan ishontirish yo`li bilan paydo qilinadi. Gipnoz vaqtida miya po`stlog`i faoliyati tormozlansa-da tashqi muhit bilan aloqa qisman saqlanib qoladi, gipnozlangan shaxs gipnozchi ko`rsatmalarini bajaradi. yashash sharoiti og`ir bo`lgan hududlarda uchraydigan hayvonlarga faslga bog`liq uyqu xos. Masalan, O`rta Osiyo sahrolarida yashovchi qo`shoyoq (tushkanchik) bahor va yoz boshlarida juda faol bo`lib, ko`p ovqat yeydi, semiradi. Kun haddan tashqari isib, o`simliklar qurib qolganda, fasliy uyquga ketadi. Fasliy uyqu boshqa sharoitda yashovchi hayvonlarga ham xos (ayiq).
Narkotik uyquni maxsus narkotik moddalar paydo qiladi. Davriy uyqu har kungi uyqu bo`lib, katta yoshli odamlarda bir bosqichli bo`ladi tunda bir marta yetib, uxlab turiladi. Bolalarda bir uyqu ko`p bosqichli. endi tug`ilgan chaqaloq bir kecha-kunduzda 21 soat, 6 oydan 12 oylik bo`lgan bola 14 soat, 4 yoshda-12 soat, 10 yoshda-10 soat uxlaydi. Kattalarning tungi uyqusi 7-8 soat davom etadi. Bedorlik holatidan uyquga o`tish asta-sekin emas bir zumda sodir bo`ladi Bedor bo`lgan katta yoshli odamning eeG sida chastotasi 13Gts yuqori bo`lgan kichik amplitudani to`lqinlar qayd qilinadi. Osoyishta ko`zini yumib o`tirgan odamning eeG si alfa-ritm qiyofasiga kiradi (8-12 Gts li kichik amplitudali tulqinlar 1-bosqichli). Odam uxlashi bilan teta-ritm paydo bo`ladi, to`lqinlar chastotasi 3-7 Gts dan oshmaydi (2-bosqich). Uyqu chuqurlashganda, tetv-ritmga 12-15 Gts li, davomi 1s bo`lgan "uyqu duklari" qo`shiladi (3-bosqich). Uyquning chukurlashuvi yanada davom etadi, endi yuqori amplitudali, 0,5-2 Gts chastotaga ega bo`lgan to`lqinlar delta-ritm qayd qilinadi (4-bosqich).
Uyquning 5-bosqichiga ko`z soqqalarining tez harakatlanishi xos. Shuning uchun, uni uyquning tez davri deb atashgan. eeG da yuqori chastotali, kichik amplitudali, to`lqinlar paydo bo`ladi. Miya po`stlog`ining elektr faolligi desmixronizatsiyaga uchraydi. Shu vaqtda uxlab yotgan odam uyg`atilsa, u tush ko`rayotganini aytadi Shuning uchun, bu 5-bosqichni uyquning tush ko`rish davri ham deyishadi. Undan oldingi bosqichlar sekin uyqu bosqichlaridir. Sekin va tez uyqular davriy bo`lib, har yarim soatda takrorlanadi. 7,5 soat uxlagan katta yoshli odam 1,5-2 soatni tez uyquda, qolgan 5,5-6 soatni sekin uyquda o`tkazadi Sekin uyqu vaqtida vegitativ faoliyatlar susayadi-qorachiqlar torayadi, tomirlar kengayadi, ter ajralishi ko`payib, ko`z yoshi va so`lak ajralishi kamayadi. yurak tomir nafas, hazm, ajratuv tizmilari faoliyati sustlashadi. Tez uyqu davrida, aksincha "vegitativ to`zon" ko`zatiladi Skelet muskullari tinch va tovusi pasaygan xolatda bo`lsa-da bu davrda odam ko`rayotgan tushida ishtirok etadi, ichki a`zolari tushdagi harakatlar va hissiyotlarni ta`minlash uchun zarur bo`lgan darajada o`z faoliyatini tezlashtiradi. Chuqur sekin uyqu fadat odamga xos. Uni odam uy-joy ko`rib, o`zini tunda to`rni xavflardan saqlash imkoniyatiga ega bo`lganidan keyin ottirgan.
Sekin uyqu davrida ba`zi odamlar uyqusirab yurishadiki, bu-somnabuzilizmdir. O`z vaqtida uyqu rivojlanishini tushuntirish uchuy qon aylanishi, gistologik, kimyoviy nazariyalar taqlif qilingan edi. Hozirgi kunda bedorlikdan uyqu holatiga o`tishni, uyg`onishni miya po`stlog`i va po`stloq osti tuzilmalari, xususan tursimon (retikulyar) forlitsiya o`rtasidagi o`zaro munosobatlar o`zgarishiga bog`lashadi. Miya stvolida asosan uzunchoq miya va Voroliy ko`prigida joylashgan tursimon formatsiyani ko`tariluvchi yo`llar, tepalik yadrolari, ular orqali katta yarim sharlar po`stlog`i bilan aloqador qiladi. Pastga tushuvchi yo`llar o`z navbatida to`rsimon formatsiyani orqa miya segmentlar bilan bog`laydi. Po`stloq to`rsimon formatsiya orqa miya munosobatlari yuqorida ko`tarilgan edi. Oxirgi o`n yillarda to`rsimon formatsiyaning ko`prik qismidagi ma`lum neyronlarning elektr faolligi uyqu davrlari almashinuvida o`zgarishi aniqlagan. Masalan, uyquning tez davri boshlanishidan avval bu neyronlar impulslari chastotasi bedorlik holatidagiga nisbatan 50-100 marta oshadi. Bu o`zgarish eeG da tez uyquning dastlabki belgilari paydo bo`lishidan sal oldin qilinishi uning uyqu davrlari almashinuviga dahldorligini ko`rsatadi. Voroliy ko`prigidagi boshqa ikki guruh neyronlar faolligi uyquning sekin davri tez davrga o`tish oldidan susayadi. Bu neyronlarning bir guruxi Voroliy ko`prigining havorang dog` yadrosida joylashgan bo`lib, noradrenalga boy. Ikkinchi guruh neyronlar serotinnnga ega ular ko`prikning chok yadrolarida bo`ladi. Bu guruhlardagi yakka neyronlar faolligini qayd qilish ularning impuls chastotasi bedorlikda juda yuqori bo`lishini, sekin uyqu davrida esa asta-sekin kamayishini uyquning tez davrida umuman ispulslar chiqmasligini ko`rsatadi.
Ko`prikdagi havorang dog` va chok yadrolaridagi neyronlar ta`sirida po`stloqdagi neyronlarni faollashishi yoki tormozlanishi mumkin. Ko`prikning uyquga daxldor neyronlarida serotinik va noradrenalin ko`pligini aniqlash uyquning kimyoviy nazariyasiga yana qiziqish uyg`otadi. Uyquni qochiruvchi moddalarning ko`p katexolaminlarga o`xshashi katexolaminlarga bedorlik holatini saqlash uchun zarurligadan darak beradi. Miyadagi serotinin mikdoriniig ortishi tez uyqu davrini o`zaytiradi. Uyquda po`stloq osti va miya po`stlog`idagi ko`pgina markazlar, bedor bo`ladi, ya`ni tormozlanmaydi.
Bu nerv markazlari I.P.Pavlov "qoravul" markazlar deb nomlaydi. Uxlab yotgan ona birorta tovushdan uyg`onmasligi mumkin, lekin bolasi biroz bezovtalnganda darrov uyg`onadi. Demak, "qoravul" nerv markazlari qo`zg`olishi o`ziga xos xususiyatga ega.

Ilk yosh davridagi bilimlar keyingi hayotning farovonligi va uzoq hayot kechirishiga asos bo’ladi. Tadqiqiotlar shuni ko’rsatadiki, qulay sharoitda o’sgan bolalar (Newille 2011). Erta maktab tadqiqotlari qaysiki quyi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda o’sgan bolalarga nisbatan muammoli bo’lib maktab davridagina aqliy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi bo’yicha rivojlanib borganlar. Masalan 3 yoshli bola iqtisodiy tomondan og’ir sharoitda ota-onasining ish haqqi kam va ilmiy jihatdan bilimlari kam lekin bu bola maktab yoshidagi bolalarga hos xusuiyatga ega. Bu holat o’sib bormoqda kambag’al oilalarning bolalari 7 yoshdaham maktabga bora olmayaptilar. Ular sharoitlari tufayli ancha orqadalar. 14 yosh yoshdaham bu holatlar bor ular tengdoshlaridan 2 yilga orqadalar (Hirsch 2007).





Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin