21. Quduq va qatlamlarni tadqiq etish (Barqaror rejimda tadqiq etish)
Quduqlarni tadqiq qilishning gazgidrodinamik metodlariga, u to‘xtatilganidan
so‘ng bosimning egri chiziqli tiklanishini ifodalash, quduqni ma’lumrejimda (ma’lum
diametrdagi shayba, shtuser, diafragma bilan) ishga tushirgandan so‘ng bosimning
barqarorlashuvi va debitning egri chiziqli tiklanishini ifodalash va quduq turli rejimda
ishlaganda quduq tubi bosimi bilan debitning bog‘liqligini aks ettiruvchi indikator
egri chiziqli tiklanishini ifodalash kiradi.
Quduqda kechayotgan jarayondan qatiy nazar, biz undan axborot olamiz.
Xususan, agar quduq uzoq, vaqt to‘xtab qolsa, ko‘p xollarda qatlam bosimi
aniqlanib, uning miqdoridan filtratsiyaning turg‘un va noturg‘un rejimlarida tadqiqot
natijalarini qayta ishlashda foydalaniladi. Agar quduq endigina to‘xtatilgan bo‘lsa,
bosimning egri chiziqli tiklanishi ifodalanib, undan asosan qatlamning parametrlari
aniqlanadi. Agar quduq endigina ishga tushirilgan bo‘lsa, bosim va debitning barqaror-
lashuvining egri chizig‘i ifodalanadi, undan qatlam parametrlarini aniqlash mumkin
bo‘ladi. Agar quduq ma’lum rejimda ishlatilayotgan bo‘lsa, u holda bu rejim
ma’lumotlaridan gidrodinamik tadqiqotda foydalanish mumkin. Masalan, quduq debiti
va mazkur debit bilan uning ishlash muddatining uzunligidan bosimning egri chiziqli
tiklanishini qayta ishlashda foydalaniladi.
25. Neft quduqlarini nasos usulida ishlatish (Shtangasiz nasoslar yordamida ishlatish)
Hozirgi davrda mavjud neft quduqlarning 80% da ortig’I chuqurlik nasosi usulidaishlatildi.
Bu turdagi nasoslar 3000m va undan chuqurroq bo’lgan quduqlardan bir necha
kilogramdan yuzlab tonnagacha mahsulot olishni ta’minlaydi.
Chuqurlik nasosi uskunalari quyidagi ko’rsatgichlarga qarab tasniflanadi.
1. Chuqurlik nasosini ishga tushirish uchun yuqoridan energiya berishi usuliga
qarab.
Shtangasiz chuqurlik uskunalari. SHtangasiz nasos qurilmasi, unda nasos
dvigatel bilan birgalikda tushirilib, ular bir butun agregat hisoblanadi. Agregat quduqka nasos quvurlari o’rdamida tushirilib, nasos shtangasi ishlatilmaydi. Bu
usulda qo’llaniladigan nasoslarni shtangasiz cho’kma nasoslar deb ataladi.
SHtangasiz cho’kma nasoslar o’z navbatida
a) cho’ktirma markazdan qochma elektr nasoslar.
b) Gidravlik va elektr yurutkichli cho’ktirma porshenli nasoslar.
v) maxsus vibratsion ,menbranali va elektromagnitli nasoslarga bo’linadi.
3. Bir necha chuqurlik nasos uskunalarini ishga tushurish uchun bir divigatelli guruhli yuritgichlar.
26. Quduqlar ishini texnologik rejimi (Texnologik rejimni o’rnatish)
Quduqlar ishini texnologik rejimi (https://kompy.info/mavzu--transformatorlarning-ish-rejimlari-reja-salt-ishlash-re.html)
Quduqlar ishining texnologik rejimi ulardan olinadigan maxsulot miqdorining normasini belgilab beradi. Quduqning tadqiqot natijalari texnologik rejim tuzish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham xar bir quduqda muntazam tadqiqot ishlari olib borilishi kerak.
Quduqning maksimal (potensial) imkoniyati bo’yicha maxsulot miqdorini belgilash mumkin emas.Chunki bu xolda qatlam energiyasi norasional sarflanishi, neft zaxirasining to’la ishlatilmasligi, qatlam emirilishi va tizma sikilishi xollari yuz berishi mumkin.
Shu sabab xar bir quduq uchun o’zining okilona ishlatilish sharoitini ta’minlaydigan maxsulot miqdori me’yori belgilanadi.
Me’yorni belgilashda quduqlar ikki guruxga bo’linadi:
1.Cheklanmagan maxsulot miqdori bilan (https://kompy.info/kimyoviy-texnologiya-kafedrasi-umumiy-kimyoviy-texnologiya-fan.html)
2. Cheklangan maxsulot miqdori bilan
Birinchi guruxga kam maxsulotli (https://kompy.info/budjetdan-tashqari-pensiya-jamgarmasining-paxtakor-tuman-bolim.html), dinamik satxi past bo’lgan va past bosimliquduqlar kiradi. Bu quduqlardan olinadigan maxsulot miqdori mavjud uskunalarning maksimal imkoniyati va potensial miqdori orqali belgilanadi.
Ikkinchi guruxdagi quduqlarning miqdorini bir necha sabablarga ko’ra cheklashga to’g’ri keladi.Uyumning chekka suvlari faol sharoitda qatlam bosimi to’yinganlik bosimidan yuqori bo’lsa, suyuqlikdan gaz ajralib chiqishini oldini olish maqsadida maxsulot miqdori cheklanadi. Bunda tub bosimi to’yinish bosimiga teng yoki undan 20-25% past xolda belgilanadi.
28. Quduqda suyuqlikning favvoralanish shartlari(Quduqda energiya balansi)
Favvoralanayotgan quduqda 1 tn neftni yer yuziga ko‘tarish uchun quyidagi energiya miqdori sarflanadi: (13.1) bu yerda: P0 = 9,81 * 104 N/m2 Agar gidrostatik bosim juda kam bo‘lib, qatlamdan gaz quduq tubiga kelmasa unda suyuqlikni ko‘tarish uchun yer yuzasidan gaz haydashimiz kerak bo’ladi. Bunday holatda har-bir tonna neftni ko‘tarish uchun quyidagi energiyani sarflash kerak bo‘ladi: (13.2) bu yerda: P0 – haydalayotgan gazning solishtirma sarfi. Quduq favvoralanishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: W1 ≥ W2 W1 va W2 ning qiymatlarini o‘rniga qo‘yib, ayrim qisqartirishlarni amalga oshirib quyidagini olamiz:
bu yerda A1 – bosim Pq.tub dan Pu gacha tushganda suyuqlikdan ajralgan va kengaygan gazning 1 tn suyuqlikni ko‘tarish uchun ketgan gaz energiyasi birligi. Gaz suyuqlik aralashmasini favora ko‘targichida ko‘targanda bosim Pq.tub bosimidan Pu bosimigacha tushadi. Bosimning o‘rtacha qiymati 0,5(Pq.tub+Pu) ga teng bo‘ladi. Shuning uchun faqat gazning yarimi suyuqlikni ko‘tarishda qatnashadi deb olishimiz mumkin. Gaz faktori quyidagiga teng: (13.4) u holda (13.2) tenglamani quyidagicha yozishimiz mumkin: bu yerda a-yeruvchanlik koyeffitsiyenti Ko‘targich optimal rejimda ishlagandagina bir tonna suyuqlikni ko‘tarish uchun eng kam energiya sarflanadi va bu holda gaz sarfi ancha kam bo‘ladi. Quduq tubidagi bosim to‘yinish bosimidan yuqori bo‘lsada gaz neft arlashmasi quvur uzunligi bo‘yicha harakatlanmasdan, ma’lum oraliqda harakatlanadi
29. Quduq debitini aniqlash (Quduq debitini aniqlash formulalari)
Quduq debitini aniqlash
Qatlamda suyuqlik va gaz quduqdan uncha uzoq bo’lmagan masofada kichik tezlikda harakatlanadi, shuning uchun chiziqli qonunga bo’ysunadi. Suyuqlik uchun sizishning chiziq qonunida quduq debiti qatlam va quduq tubi bosimlar farqiga to’g’ri proporsional.
Suyuqlikning bosim ostida tekis radial barqarorlashgan harakatlanish sharoitida quduq debitini suyuqlik sizishining chiziq qonuni orqali quyidagicha aniqlanadi.
Sizishning chiziq qonuni yoki Darsi qonuni differensial ko’rinishda quyidagicha yoziladi.
V=k/µ*dp/dr (15.1)
bu yerda: V-sizish tezligi; k-o’tkazuvchanligi; µ-qovushqoqligi; dp- bosimning o’zgarishi; dr- quduqdagi masofaning o’zgarishi.
Sizish tezligini quyidagicha aniqlash mu
Quduq tubiga gazli neft oqib kelayotgan sharoitda quduq debitini aniqlashni ko’rib chiqamiz. Bunday holda g’ovak muhitdagi bosim to’yinish bosimidan tusha boshlaganidan neft tarkibidan gaz ajrala boshlaydi. Bunday sizish rejimini, erigan gaz rejimi deb atash qabul qilingan.
Akademik S. A. Xristianovich tarkibda gaz bo’lgan suyuqlikning muayyan sizishi uchun debitni topish formulasini, siqilmaydigan suyuqlikning muayyan sizishi uchun topilgan debit formulasi kabi bo’lib, faqatgina P bosim o’rniga N ni qo’yishni isbotlab bergan. N - Xristianovich funksiyasi deb ataladi.
Gazli neft’ning muayyan sizishi uchun debitni topish formulasi ko’yidagicha yoziladi: