Uyumga tasir etish usullari



Yüklə 29,54 Kb.
səhifə3/8
tarix17.06.2023
ölçüsü29,54 Kb.
#131910
1   2   3   4   5   6   7   8
NGQOTvaT

Quvur boshchasi.
Ishlatish quvurlari tizmasi tushirilib sementlangandan keyin mustahkamlovchi quvurlar tizmasining yuqori qismini jixozlash muhim ahamiyatga ega. Mustahkamlovchi quvurlar tizmasining yuqori qismiga tizma boshchasi o’rnatilib, u bilan quvurlar oralig’i zichlanadi. Tizma boshchasi burg’ilash ishlari tugatilgandan keyin ishlatish usulidan qat’iy nazar har-bir quduqda o’rnatiladi, bundan tashqari qidiruv quduqlarida ham o’rnatiladi. Tizma boshchasi zavodlarda yoki konning o’zidagi ustaxonalarda tayyorlanadi.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasini tizma boshchasi bilan jixozlanish sxemasi.
Ko’p sonli tizma boshchalarida uchta asosiy tarxlarni ko’rib chiqamiz . 1 – sxema diametri 10, 125, 150 mm bo’lgan bir tizmali 75 yoki 125 kg·g/sm2 bosimga mo’ljallangan quduqlarni jixozlashda qo’llaniladigan tizma boshchasidir. Tizma boshchasi tuzilishi juda sodda; bu ishlatish quvurlari tizmasining yuqori uchiga rezba bilan berkitilgan flanes; flanes birikish joyi o’lchami unga biriktirilgan qismlar (zulfin yoki quvur boshchasi krestovigi) bir - xil o’lchamga keltirilgan. 2 – sxemada ishchi bosimi 125 kg/sm2 bo’lgan diametri 250 va 150 mm bo’lgan ikki tizmali quduqlarni jixozlash uchun mo’ljallangan ti zma boshchasi ko’rsatilgan. 3 – sxema ishchi bosimi 125, 200 va 300 kg/sm2 bo’lgan, diametri 350, 250 va 150 yoki 400, 250 va 150 mm bo’lgan uch tizmali quduqlarni jixozlash uchun mo’ljallangan. Sinash bosimi 250 kg/sm2 bo’lgan bir qatorli ko’targichlar uchun to’rtlik turidagi flansli favvora ko’targich sxemasi GOST 13946 - 84 bo‘yicha favvora armaturalarining sxemalari: belgilashlar: Sinash bosimi 250 kg/sm2 bo’lgan ikki qatorli ko’targichlar uchun uchlik turidagi flansli favvora armaturasi. Traplar(gazajratgichlar)Trap deb quduqdan kelayotgan gazneft aralashmasidan neftni ajratishga mo’lgallagan bosim ostida ishlovchi yopiq idishga aytiladi. Trapning ishlash prinspi quyidagicha Gazneft aralashmasi tashlama quvur orqali trapga tushadi; trap diyametri tashlama quvur diyametridan birnecha maratabo katta bo’lib, trapda gazsuyuqlik aralashmasining oqim tezligi pasayadi va gazdan neftning ajralishi ro’y beradi. Neft og’irligi hisobiga pastga oqadi, gaz yuqoriga ko’tariladiNeft va gaznin yig’ishning naporli tizimi qo’llanila boshlagandan keyin gorizontal gidrosiklon gazajratgichlari keng qo’llanila boshladi. Bu separatorlar 1 MPa (10 kgs/sm2 ) gacha bosim va suyuqlik bo’yicha mahsuldorligi 750, 1000, 3000 va 5000 m3 /sut ga mo’ljallangan bo’ladi. Gidrosiklon ajratish qurulmasining elementar sxemasi keltirilgan. Qurilma neftgaz aralashmasi tangensal

5. ShChN ishiga ta’sir qiluvchi omillar TAXMIN
Shtangali chuqurlik nasoslari tuzilishi jihatidan ikki guruhga ajratiladi: quvur nasoslari va suqma nasoslar.
Chuqurlik nasoslari porshenlarining turlariga qarab plunjerli va manjetli nasoslarga bo’linadi.
Quvurli nasoslar silindri nasos quvurlari bilan ulingan bo’lib u bilan birgalikda quduqqa tushiriladi, plunjer esa shtangalar yordamida quduqqa tushirilib ko’tarib olinadi.
Suqma nasoslar silindri va plunjeri birgalikdi yig’ilgan holatda nasos shtangasi bilan quduqqa tushiriladi. Quduqqa suqma nasos o’rnatilish tarxi 23-rasmda keltirilgan.

19.2-O’rnatiladigan nasos qurilmalari
a va b qo’zg’almas: v-silindri harakatlanuvchi; a-tayanchi yuqorida; b va v tayanchi pastda.
1-nasos shtangalari; 2-nasos quvuri; 3-zichlovchi konus; 4-tayanch muftasi; 5-nasos silindri; 6-plunjer; 7-yo’naltiruvchi quvur.
Silindr 5 nasos quvurlari tizmasi 2 ga qo’shimcha tushirilgan tayanch mufta 4 ga o’rnatiladi. Nasos muftaga maxsus ushlab turuvchi moslama yordamida biriktiriladi. Muftaga berkitilgan nasos oddiy quvurli nasosi kabi ishlaydi.



Yüklə 29,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin