Uyumga tasir etish usullari



Yüklə 29,54 Kb.
səhifə2/8
tarix17.06.2023
ölçüsü29,54 Kb.
#131910
1   2   3   4   5   6   7   8
NGQOTvaT

Quduqni tadqiqot etish (Gidro dindmik tadqiqot usullari)
Gidrodinamik tadqiqot usullari qatlamlarni bevosita va geofizik usullarga nisbatan juda tōlik ōrganish imkonini beradi. Quduqlarni gidrodinamik tadqiq qilish usullari orasida barqaror va beqaror olish hamda quduqlarni gidro eshitish usullari ajratiladi.
Barqaror olish usuli quyidagicha: quduqni ishlatishning har bir tarzida (rejimda) quduq tubi bosimi Rk.t va neft debitining Q doimiy kursatkichiga yetkaziladi. Har bir tarz uchun depressiya hisoblanadi ΔP = Rqat-Rq.t sōngra ΔP va Q koordinatalarda indiqator chiziĝi tuziladi. Uning tuĝri chiziqli uchastkasi bōyicha maxsuldorlik va ōtkazuvchanlik koeffitsienti hisoblanadi.
Keyin qatlamning quduqqa yaqin zonadagi filtratsion (sizilish) tavsifi aniqlanadi: bir turli suyuqlikning barqaror radial okimi uchun Dyupyui formulasi asosida – utkazuvchanlik Rōt, gidroōtkazuvchanlik Kh/μ, ōtuvchanlik Pōth, harakatchanlik Pōt/ μ aniqlanadi:

bu yyerda, Rut kollektorning ōtkazuvchanligi, m2K-maxsuldorlik koeffitsienti, t/(sut·0,1Mpa); μ - neftni qatlam sharoitidagi qovushqoqligi, MPa·s; R-quduqni ta’minot zonasi radiusi, sm: r-quduqni keltirilgan radiusi, sm; S-quduqni ochilish darajasi va xarakteri bhyicha nomukammalligini hisobga oluvchi koeffitsienth-qatlamni qalinligi.
Quduqlarning maxsuldorlik koeffitsienti-quduqqa suyuqlikning sizilishini miqdoriy tavsiflovchi muxim kon geologik kattalikdir.
Quduqlarni tadqiq qilishning ikkichni guruh usullari uyumda suyuqlikning beqaror sizilish nazariyasiga asoslangan bōlib, qatlamning kattaliklarini quduqning radiusi, quduqni ta’minot radiusi va qōshimcha sizilish qarshiligi koeffitsientlarining birlamchi hisobisiz aniqlashga imkon beradi. Bu usullar bosimning tiklanish chiziqlarini qurishga asoslangan va turli tadqiqotchilar tomonidan taklif qilingan usullarda ishlov beriladi. Bosimning tiklanish (pasayish) chiziqlariga ishlov berish qatlamning olis zonalarida ōtkazuvchanlik, gidro ōtkazuvchanlik, pyezo ōtkazuvchanlik, harakatchanlikni aniqlashga imkon yaratadi



Favvora qudug’i usti jixozlari

Yüklə 29,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin