Uyushgan gapning badiiy matnda qoʻllanishi mundarija: Kirish I bob uyushiq boʻlaklarning semantik-stilistik xususiyatlari



Yüklə 73,27 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2022
ölçüsü73,27 Kb.
#77649
1   2   3   4   5   6   7
Uyushgan

1.2. Uyushiq boʻlaklar
Uyushiq egalar egalik qoʻshimchasini olgan holatda ham qoʻllanadi. Bunda egalik qoʻshimchalari uyushiq boʻlaklarning har biriga alohida qoʻshiladi yoki hammasi uchun umumiy boʻlib, oxirgi boʻlak tarkibida keladi: Darvoqe oʻtgan bir-ikki oy mobaynida burgutcha ancha yetilib, boʻyin-u qanotlari choʻzilib qolgan, qandaydir oriqlagandek koʻrinar, ammo yetilayotgan yirtqich qushligi yaqqol bilinib turardi.
Uyushiq egalarni ot soʻz turkumidan boshqa soʻz turkumlari ham ifodalay oladi. Masalan, uyushiq egalar olmoshlar bilan, koʻp hollarda esa kishilik olmoshlari bilan, ba`zida esa egalik va koʻrsatish olmoshlari bilan ham ifodalanadi. Biroq soʻroq, birgalik, belgilash, boʻlishsizlik olmoshlari bilan uyushiq egalar deyarli ifodalanmaydi. Uyushiq egalar olmoshlar bilan ifodalanganda, birlik va koʻplikdagi I, II, III shaxsdagi kishilik olmoshlari bilan ifodalanadi, ammo birlik koʻplikni ifodalovchi bir shaxsdagi kishilik olmoshi bilan ifodalanmaydi. Kishilik olmoshlari uyushiq ega vazifasida kelganda, egalik qoʻshimchalarini qabul qilmaydi.
Uyushib kelgan egalar ot va olmosh soʻz turkumi bilan ifodalanishi bilan bir qatorda, sifatdosh, otlashgan sifat, son, fe`l bilan ham ifodalanishi mumkin. Otlashgan soʻzlar xuddi ot soʻz turkumi kabi kelishik, egalik hamda koʻplik qoʻshimchalarini qabul qiladi hamda otning soʻroqlariga javob boʻladi. Uyushiq egalar fe’llar bilan ifodalanadi. Bu holat, ya’ni uyushiq egalarning fe’l soʻz turkumi bilan ifodalanishi boshqa soʻz turkumlariga qaraganda kamroq uchraydi: Men oʻzimni yana oʻnglab oldim: nazarimda “turk”u “ingliz”larning bir yoqadan bosh chiqarib mening yonimni olishayotgani, zoʻravonga esa gap qotishga jur’at etishgani menga dalda boʻlgan edi. (Toʻp oʻyin).
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida bunday fe’llar, koʻpincha, juft shaklda boʻladi, lekin asarda bu xildagi fe’llar sanash ohangi yordamida bogʻlanadi.
Ma’lumki, uyushiq boʻlaklar bir-biri bilan oʻzaro teng aloqaga kirishadilar. Oʻzbek tilida uyushiq egalar bir-biriga quyidagi yoʻllar bilan bogʻlanadilar:

  1. intonatsiya vositasida;

  2. teng bogʻlovchilar vositasida.

Oʻzbek tilida intonatsiya yoki ohangga quyidagicha ta’rif beriladi: Intonatsiya (lot. intonare – baland tovush bilan talaffuz etaman). Nutqning sintaktik ma’nolarni va ekspressiv-emotsional boʻyoqlarni ifodalashi uchun xizmat qiluvchi ritmik-melodik tomoni; ovozning baland-pastligi4;
Shunga koʻra, intonatsiya ham turlarga ajratiladi. Uyushiq boʻlaklarni birlashtirishda esa, sanash ohangidan foydalaniladi. Sanash intonatsiyasi deb ketma-ket keluvchi qismlarni aytishda qoʻllanadigan intonatsiya (notugal intonatsiyaning bir koʻrinishi).
Uyushiq boʻlaklar oʻrtasida ham notugallik boʻlgani uchun sanash intonatsiyasi yordami bilan bogʻlanadi. Shuningdek, bu qismlar oʻrtasida biriktiruvchi kichik toʻxtam ham boʻladi: Uzun bu imoratning orqa tomoni oq devor bilan oʻralgan saroy edi: sigir, qoʻy, pichan... .
Biriktiruvchi bogʻlovchilar ikki qismdan iborat uyushiq egalarni va koʻp qismli uyushiq egalarning oxirgi ikki qismini oʻzaro biriktirib bogʻlaydi. Uyushiq ega qismlari oʻrtasida qoʻllangan biriktiruvchi bogʻlovchilar sanashning tugaganligini ifodalaganligi sababli, uyushiq ega qismlari biriktiruvchi bogʻlovchilar bilan bogʻlanganda, uyushiq ega qismlari sonini orttirish, sanashni davom ettirishning imkoni boʻlmaydi: Aksincha: endi men oʻzimizning anavi tomondagi dala –shiyponimiz-u loysuvoq uylarimizni, gilam-kigiz, buyralarimiz-u poʻstak va koʻrpachalarimizni yanada koʻproq yaxshi koʻradigan boʻlib qolgan edim. .
Ayrim hollarda koʻp qismli uyushiq egalarning oldingi qismlari oʻzaro biriktiruvchi bogʻlovchilar bilan bogʻlanadi. Uyushib kelgan eganing keyingi qismlari esa ohang vositasida bogʻlanadi. Bunda yuqorida koʻrgan holatning aksi boʻladi, ya`ni bu holatda uyushiq egalarning oʻzaro bogʻlanishdagi munosabati u qadar birikib yetmaganligi sababli uyushiq egalar sonini koʻpaytirish, sanashni davom ettirish mumkin boʻladi. Lekin bunday shakllar ushbu asarda uchramaydi.
Badiiy uslub uchun uyushiq boʻlaklarning qaysi formada kelishi ham muhimdir. Odatda, uyushiq boʻlaklar koʻmakchili va kelishikli for­mada, birlik yoki koʻplik formada, egalik va shaxs-son affikslarini olgan holatda, uyushiq boʻlak kesim boʻlganda toʻliq shakllangan yoki qisman shakllangan holda qoʻllanadi. Bunda ikki holat koʻzga tashlanadi: uyushiq boʻlaklarning oxirgisi tarkibida kelgan kelishik affiksi, koʻmakchi, koʻplik formasi, egalik va shaxs-son affikslari, sostavli kesimning ikkinchi komponenti uyushiq boʻlaklarning hammasi uchun umumiy boʻladi. Bunday formantlar, koʻmakchilar, koʻmakchi yoki toʻliqsiz fe’llar uyushiq boʻlaklarning har biriga alohida-alohida qoʻshilishi yoki ular bilan alohida-alohida kelishi mumkin. Bu nutqning logik-gram­matik, stilistik xususiyatlari bilan izohlanadi. Uyushiq boʻlaklar ifodalagan tushunchalar alohida ta’kidlanganda, morfologik formant va koʻmakchilar, uyushiq boʻlaklarning har biriga qoʻshilib keladi.
Gap boʻlaklarining barchasi uyushib kela oladi:
Uyushiq ega. Uyushiq egalarni bogʻlashda yuklamalar ham ishtirok etadi. Uyushib kelgan egalarga -mi yuklamasi aralash holda qoʻshilib noaniqlik ma’nosini ifodalaydi. Uyushiq qator a'zolari har xil grammatik shakllangan leksemalar bilan ifodalan­gan: Biz, ayniqsa, koʻklam kezlarida toʻrt-beshta boʻlvolib, poliz paykallarida izgʻib yurardik. Oʻtgan yildan qolib ketgan sabzi bormi, lavlagi, kartoshka bormi – kavlab olib, qishloqning chetidagi bir gʻarib dala shiyponiga borib, oʻt yoqib, uning qoʻriga topgan-tutganimizni koʻmib-pishirib yer edik.
Bir xil grammatik shakllangan leksemalar bilan ifodalan­gan: Qoʻllarimimiz, ogʻzi-burnimiz qorayib, bir-birimizdan kulib, maza qilib oʻtirardik.
“ammo” yordamchisi uyushiq boʻlak qismlarini zidlab koʻrsatadi, uyushiq boʻlaklar bunday paytda yoyiq konstruksiyali boʻlsa, zidlik ma’nosi boʻrtib turadi: Toʻgʻri, bu yerda yashashlari – bir umrlik emasligi, ammo ijaraga ham turmayotganlari oʻqtin-oʻqtin yodlariga tushib ketardi, albatta. (Oʻzbek bobo)
Uyushiq kesim. Fe’l kesimlarning uyushib kelishi nutqning koʻtarinkiligi haqida tasavvur beradi. Ot kesimlar uyushganda kesimlik affiksi yaxlitlovchi forma sifatida oxirgi uyushiq boʻlakka birikadi: Balkim uylaring tepasida aylanadigan burgutlar – oʻshaning ota-onasi yoki aka-ukasidir?
Agar ot kesim murakkab koʻrinishda boʻlsa, analitik shakli oxirgi uyushiq boʻlakka birikadi: Kuchukvachcha mushtdnek boʻlgani bilan juda dovyurak, jangari boʻlarkan.
Uyushiq toʻldiruvchi. Uyushiq qator a'zolari har xil grammatik shakllangan leksemalar bilan ifodalan­gan: Aksincha: endi men oʻzimizning anavi tomondagi dala –shiyponimiz-u loysuvoq uylarimizni, gilam-kigiz, buyralarimiz-u poʻstak va koʻrpachalarimizni yanada koʻproq yaxshi koʻradigan boʻlib qolgan edim.
Uyushiq qator a'zolarida grammatik shakllar yaxlitlovchi forma sifatida qoʻllangan: Biroq tasvirdagi shohlar (chunonchi Bobur ham, temur ham) nechuk boʻlib buncha dav-daska qilib, falon yuzlab sipoh olib, qulon, kiyik, yoʻlbars yo qoplon ovlariga chiqishar ekan?
Uyushiq aniqlovchi. Masalan, qaratqich aniqlovchilar uyushib keladi va bunda grammatik vosita har bir uyushiq boʻlakda qatnashadi: Yopiray, devorlarda tulkining ham, boʻrining ham, qoplonning ham terisi ilingan, bir nechta burama, changarakshox kiyik hamda yovvoyi qoʻyning shoxlari-da bor edi.
Qaratqich aniqlovchilar uyushib kelganda grammatik vosita oxirgi uyushiq boʻlakda qatnashadi: Endi Rais boboning men bilan oʻgʻlining yaqinligiga hamda burgutga boʻlgan munosabati haqida.
Gap tarkibida qator kelgan sifatlovchilar uyushgan va uyushmagan holda boʻlishi mumkin. Sifatlovchilar predmetni bir tomondan aniqlab, uning bir yoki turli belgilarini bildirsa va oʻzaro teng holatda boʻlsa, uyushib keladi.
Uyushgan sifatlovchilar sifatlanmishga ayrim - ayrim holda bitishuv usuli bilan birikadi va ular yoyiq holda boʻladi: Jahon urushining asorati hamon bilinar, ayniqsa, otalari urushda xalok boʻlib, onalari er qilib ketgan, oʻzlari yetimlar uyida jon saqlagan bolalarning koʻpligidan bilinardi. (Toʻp oʻyin).
Uyushgan sifatlovchilar bir soʻzdan tuzilgan boʻladi: U – ajoyib va fojiaviy manzara edi.
Uyushgan hol. Masalan, hol uyushganda: Bir mahal burgut shunday aylanishga berilib ketdiki, tuyqus qafasga urildimi yoki xizmatkor ipdan qattiq tortdimi – xuddi oʻq tekkandek bir agʻdarilib pastlay boshladi
Uyushgan boʻlaklar yoyiq yoki yigʻiq holda boʻladi: bir gap boʻlagining oʻzi uyushib kelsa, yigʻiq, bular oʻziga oid soʻzlar bilan kengayib kelsa, yoyiq boʻladi.
“va”, “hamda” bogʻlovchilari koʻp qismli uyushiq egalarning oxirgi qismlarini bogʻlashga xizmat qilmasligi bilan farq qiladi. Uyushiq egalar juft-juft boʻlib kelganda esa, “va” bogʻlovchisi singari juft qismlarni oʻzaro bogʻlaydi: ...gohida shox ostidagi katta togʻoraga solib qoʻyilgan suvga tushib olib, qanotlarini pat-patlatib urib choʻmilar, soʻngra shumshukkina boʻlib chetga chiqar va soyni kechib oʻtgan moldek silkinib patlarini qurita boshlar edi.
Yoki bir gapda “va”, “hamda” bogʻlovchilari boshqa-boshqa boʻlaklarni uyushtirishga xizmat qilish uchun qoʻllanganda va bogʻlovchisi oʻrnida bilan bogʻlovchi-koʻmakchisi ishtirok etishi mumkin: Endi Rais boboning men bilan oʻgʻlining yaqinligiga hamda burgutga boʻlgan munosabati haqida.
Biriktiruvchi bogʻlovchilar oʻrnida “-u”, “-yu” yuklamalari ham uyushiq egalarni bogʻlashda xizmat qiladi. “-u”, “-yu” yuklamalari vositasida bogʻlangan uyushiq egalar ta`kid va kuchaytirish ma`nolarini ifodalaydi: Aksincha: endi men oʻzimizning anavi tomondagi dala –shiyponimiz-u loysuvoq uylarimizni, gilam-kigiz, buyralarimiz-u poʻstak va koʻrpachalarimizni yanada koʻproq yaxshi koʻradigan boʻlib qolgan edim.
Uyushiq egalarni oʻzaro bogʻlashda biriktiruvchi bogʻlovchilar singari ayiruv bogʻlovchilari ham qoʻllanadi. “Yo”, “yoki”, “yohud” ayiruv bogʻlovchilari yakka holda, “dam... dam”, “goh... goh” bogʻlovchilari esa takror qoʻllanadi. Uyushiq boʻ­laklar takrorlanuvchi bogʻlovchilar bilan birikib kelganda, uyu­shiq boʻlaklarning har biri grammatik forma yoki koʻmak­chi bilan kelishi mumkin. Har biriga: Rost, uning qiligʻidan, aytimidan zavqlanib ketgandik. (Kuzda bahor havosi)
Yoki oxirgi uyushiq boʻlakka: Biroq tasvirdagi shohlar (chunonchi Bobur ham, temur ham) nechuk boʻlib buncha dav-daska qilib, falon yuzlab sipoh olib, qulon, kiyik, yoʻlbars yo qoplon ovlariga chiqishar ekan?
“goh” bogʻlovchisi bilan bogʻlanganda ketma-ketlik ma’nosi reallashadi: Umuman, bu – oʻlimtikxoʻr yirtqish qushlar turkumidan boʻlsa ham, juda ozoda edi: Tumshugʻini deng, butoqning goh bu, goh u tomoniga rosa suykab artar, gohida shox ostidagi katta togʻoraga solib qoʻyilgan suvga tushib olib, qanotlarini pat-patlatib urib choʻmilar, soʻngra shumshukkina boʻlib chetga chiqar va soyni kechib oʻtgan moldek silkinib patlarini qurita boshlar edi.
Uyushiq boʻlaklarning qoʻshimcha olishi yoki olmasligi, koʻmakchi soʻzlar bilan kelishi yoki kelmasligi uyushiq boʻ­laklarning miqdori (uyushiq boʻlaklar qancha koʻp boʻlsa, ularda qoʻshimcha va koʻmakchilarga zaruriyat shuncha kuchli boʻladi), bogʻlovchilarning mavjud yoki mavjud emasligi (bogʻlovchilar yordamida birikkanda qoʻshimcha va koʻmakchilar­ga ehtiyoj koʻp boʻladi), uyushiq boʻlaklarning semantik tomondan uzoq-yaqinligi, biriktiruvchi pauza (pauza qancha uzun boʻlsa, qoʻshimcha va koʻmakchilarni takrorlashga ehtiyoj shuncha kuchli boʻladi) kabi holatlarga ham bogʻliq.
Qoʻshma gapning birinchi sodda gapida uyushib kelgan qaratqich aniqlovchilar uch qismli boʻlsa va har biriga “ham” yuklamasi qoʻshilsa, ikkinchi sodda gapida uyushgan sifatlovchi aniqlovchi, shuningdek, hamda bogʻlovchisi yordamida egalar uyushsa, ma’no butunlay konkretlashadi va tasvir aniqligi ortadi. Ham soʻzi takrorlanib kelganda ikki xil ma’noni anglatadi: ham soʻzi oʻzi aloqador soʻzdan keyin kelsa, ayirib koʻrsatish, ta’kidlash, oldin kelsa, faqat ta’kidlash ma’nolari anglashiladi. Bilan yordamchisi bilan birikkanda esa faqat oxirgi uyushiq boʻlak grammatik formant oladi: Yopiray, devorlarda tulkining ham, boʻrining ham, qoplonning ham terisi ilingan, bir nechta burama, changarakshox kiyik hamda yovvoyi qoʻyning shoxlari-da bor edi . Shuningdek, bu oʻrinda ham soʻzi ayirib koʻrsatish, ta’kidlash uchun kelgan. Bunda uyushiq boʻlaklar ham ayirib koʻrsatish, ham ta’kidlash uchun qoʻllangan. Bunda gap boʻlaklarining uyushib kelishi biriktiruvchi pauza va sanash ohangi yordamida yuz beryapti. Uyushiq boʻlaklar tarkibidagi ham soʻzini tushirib qoldirsak ham, uyushiq boʻlaklarning birikish usuli oʻzgarmaydi: faqat uyushiq boʻlaklar ta’kidlanmagan, ayirib koʻrsatilmagan boʻladi: Yopiray, devorlarda tulkining ham, boʻrining ham, qoplonning ham terisi ilingan, bir nechta burama, changarakshox kiyik hamda yovvoyi qoʻyning shoxlari-da bor edi. - Yopiray, devorlarda tulkining, boʻrining, qoplonning terisi ilingan, bir nechta burama, changarakshox kiyik hamda yovvoyi qoʻyning shoxlari-da bor edi kabi.
Demak, ham soʻzi tak­rorlanib kelganda, uyushiq boʻlaklar biriktiruvchi pauza va sa­nash ohangi yordamida birikadi. Ham soʻzi esa oʻzi aloqador boʻl­gan soʻzning ma’nosini ta’kidlash, uni ayirib koʻrsatish uchun qoʻllangan. Demak, ham soʻzi takrorlanib qoʻllanganda yuklama hisoblanadi.
Voqea-hodisa mazmunini ta’kidlab, aniqlashtirib koʻrsatish maqsadida ba`zida uyushiq egalarning sifatlovchilari kengaytirilgan boʻladi: Saroydagi xilvatxona va undagi hayvonlardan shilib olingan terilar-u, arralab, qoqib olingan shoxlar koʻz oldimga keldi: demak, bu ishlarning boshida oʻsha odam tursa kerak .
Uyushiq boʻlaklar ma’noni kuchaytirish uchun ham xizmat qiladi. Bu koʻproq hollar, sifatlovchilar uyushib kelganda yuz bera­di. Masalan, hol uyushganda: Bir mahal burgut shunday aylanishga berilib ketdiki, tuyqus qafasga urildimi yoki xizmatkor ipdan qattiq tortdimi – xuddi oʻq tekkandek bir agʻdarilib pastlay boshladi .
Ma’lum bir narsa, predmetlarni aniq ifodalash – ta’riflash uchun ot kesimning sifatlovchisi uyushib keladi: Bu el boʻlmaydi, oʻgʻlim... Lekin chiroyli, magʻrur qush.
Uyushiq sifatlovchilar nutqning ekspressivligi uchun xizmat qiladi: Saroydagi xilvatxona va undagi hayvonlardan shilib olingan terilar-u, arralab, qoqib olingan shoxlar koʻz oldimga keldi: demak, bu ishlarning boshida oʻsha odam tursa kerak.
Ikki uyushiq egalarni koʻpincha va yoki hamda bogʻlovchilari bilan bogʻlanganini koʻrish mumkin: Shubha yoʻqki, shu tobda mehmonxona eshigi ochiq, u yerda Rais bobogina emas, u kishining xotini va oʻgʻli ham bor.
Uyushiq egalarga nisbatan aniqlovchi umumiy va xususiy boʻlishi mumkin. Umumiy aniqlovchi uyushib kelgan ega qismlarining barchasida mavjud boʻlgan bir xil belgini koʻrsatadi, uyushiqlik zanjirini hosil qilgan eganing har birini aniqlaydi. Xususiy aniqlovchi esa uyushiq ega qismlarining barchasini birdek aniqlamaydi, ya`ni ulardan bittasining belgisini koʻrsatib beradi. Uyushiq eganing birida mavjud boʻlgan belgi uyushiq zanjirdagi egalarning boshqalarida bu belgi boʻlmaydi.
Umumiy aniqlovchi uyushiq egadan oldin keladi, biroq uyushiq egadan oldin qoʻllangan aniqlovchining hammasi ham umumiy aniqlovchi boʻla olmaydi.
Yoyiq sifatlovchi aniqlovchilari uyushgan toʻldiruvchi orqali insonga xos tashqi belgilarni boʻrttirib koʻrsatish mumkin: ...Oʻsha vaqtlarda “Tarzan” filmi qoʻyilgan, hoʻ-oʻ, u – baquvvat, har yelkasiga bir odam oʻtirsa boʻladigan, daraxtdan daraxtga maymundek sakrab oʻtadigan yovvoyi yigitga taqlid qilib, necha-necha bolalarning qoʻl-oyogʻi singan edi.(Toʻp oʻyin)
Shuningdek, asarda bir gap tarkibida yoyiq sifatlovchi aniqlovchilar uyushib qoʻllangan holatlar ham uchraydi. Bu esa fikrni yanada aniqlashtirishga yordam beradi: Jahon urushining asorati hamon bilinar, ayniqsa, otalari urushda xalok boʻlib, onalari er qilib ketgan, oʻzlari yetimlar uyida jon saqlagan bolalarning koʻpligidan bilinardi.(Toʻp oʻyin).
Uyushiq boʻlaklarda umumlashtiruvchi birliklar funksional qoʻllanishiga koʻra farq qiladi. Badiiy nutqda umumlashtiruvchi birliklar odatda jins tushunchasini bildirib, tur tushunchasini ifodalovchi uyushiq boʻlaklardan oldin keladi. Le­kin bularda umumlashgan birliklarning qoʻllanishi ancha murakkab. Bir tomondan, umumlashtiruvchi birlik jins tushunchasini, uyushiq boʻlaklar esa tur tushunchasini doimo aynan ifodalayvermaydi. Bundan tashqari, koʻpincha umumlashtiruvchi birlik vazifasida jamlik bildiruvchi boshqa soʻzlar, masalan, hammasi, butun kabilar qoʻllanadi. Bular uyushiq boʻlaklardan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Ba’zan bunday soʻzlar takrorlanib kelib, ma’noni kuchaytiradi.
Ikkitadan ortiq uyushiq egalar ba’zan umumlashtiruvchi boʻlakdan keyin bogʻlanadi. Bunday holatda uyushiq eganing sanash ohangi yordami bilan bogʻlangan qismlari esa mazmunan oʻzaro zich birikmaganlikni ifodalasa-da, uyushiq shakllar fikrni toʻla oydinlashtiradi: Xullas, uning amri bilan kissalarimizda bor bisotimizni koʻrsatdik: bu gal u faqat yesa boʻladiganlarini oldi: tosh qotgan “piryanik”, bir kat jiyda, parvarda, kallaqand (Toʻp oʻyin).
Haqiqatan ham, umumlashtiruvchi boʻlak jins tushunchasini, uyushiq boʻlak tur tushunchasini ifodalovchi soʻzlardan boʻladi5, umumlashtiruvchi boʻlak uyushiq boʻlaklarni jamlab, umumlashtirib ifodalasa, uyushiq boʻlaklar umumlashtiruvchi boʻlakni izohlaydi, toʻldiradi. Aslan qurilmada umumlashtiruvchi boʻlakning ishtiroki zaruriy emas, biroq mazkur boʻlak nisbatan keng tushunchani ifodalaydi, bundan tashqari, uning maxsus ohang hamda toʻxtam bilan aytilishi ta’kid ma’nosini yuzaga keltiradi: Xullas, uning amri bilan kissalarimizda bor bisotimizni koʻrsatdik: bu gal u faqat yesa boʻladiganlarini oldi: tosh qotgan “piryanik”, bir kat jiyda, parvarda, kallaqand. - Xullas, uning amri bilan kissalarimizda tosh qotgan “piryanik”, bir kat jiyda, parvarda, kallaqanni koʻrsatdik: bu gal u faqat yesa boʻladiganlarini oldi tarzida qoʻllansa ta’kid ma’nosi yoʻqoladi.
Uyushiq egalar ham umumlashtiruvchi boʻlak bilan qoʻllanishi mumkin va bunday holatda umumlashtiruvchi boʻlak ta’kidlash, xulosalash ma’nolarini ifodalaydi. Umumlashtiruvchi boʻlak uyushiq egalarni jamlab, umumlashtirib ifodalaydi va uyushiq egalardan oldin ham, keyin ham qoʻllanishi mumkin. Lekin umumlashtiruvchi boʻlak qaysi oʻrinda ifodalanishidan qat’iy nazar u uyushiq egalardan pauza bilan ajraladi. Uyushiq egalarni bogʻlashda “ham” yordamchisi ham ishtirok etadi. Uyushib kelgan ega koʻp qismli boʻlsa va har biriga “ham” yuklamasi qoʻshilsa, chegaralash ma’nosi aniq boʻrtib turadi: Biroq, yigitchalar, bilib qoʻyinglarki, bizning falsafamizda hamma narsa Inson uchun, deyiladi. Tabiat ham, gullar ham, ana shu qushlar ham... .
Keltirilgan misolda jins va tur tushunchalari aynan ifodalanmagan, ular qisman toʻldirilgan. Umumlashtiruvchi soʻz (hamma narsa) va uyushiq boʻlak(Tabiat ham, gullar ham, ana shu qushlar ham)dagi semantik xususiyat grammatik xususiyat kabi aynan boʻlgani boisidan, shakliy-mazmuniy aniqlik roʻyobga chiqadi. Uyushiq egalardagi grammatik forma – ham yuklamasining har bir uyushiq boʻlakka qoʻshilishi ajratish, chegaralash mazmunini aniq ifodalagan. Konstruksiyadan umumlashtiruvchi boʻlak olib tashlansa,fikr butunligiga putur yetadi va alohida e’tibor, diqqat qaratish yoʻqoladi: Biroq, yigitchalar, bilib qoʻyinglarki, bizning falsafamizda hamma narsa inson uchun, deyiladi. Tabiat ham, gullar ham, ana shu qushlar ham... - Biroq, yigitchalar, bilib qoʻyinglarki, bizning falsafamizda tabiat ham, gullar ham, ana shu qushlar ham inson uchun, deyiladi.... .
Umumlashtiruvchi soʻz vazifasida jamlash-belgilash, boʻlishsizlik olmoshlari, jam ottlari, son turkumidagi soʻzlar, harakat nomlari kabi soʻzlar keladi. Miqdor ma’nosini jamlash maqsadida umumlashtiruvchi boʻlak son turkumidan tuziladi: Burilib ortimdagi devorga qarasam, oʻnlab qushlarning – kaklik deysizmi, chil, xakka, qumri, hatto jannat chivinxoʻri degan dumi uzun qizgʻish qushning ham ichiga bir nima tiqilgan moʻlasi saf tortib turibdi. .
Quyida keltirilayotgan misolda birinchi toʻldiruvchi(toshqasrlar-u)da -ni affiksini tiklab boʻlmaydi, ikkinchi toʻldiruvchi(odamlarni)da esa belgili qoʻllangan. Uyushiq boʻlak hamda umumlashtiruvchi soʻz grammatik muvofiqlik asosida birikib, yakunlash, xulosalash mazmunini ifodalagan. Demak, bunday boʻlaklar oʻzi qatnashgan gap bilan semantik, grammatik, intonatsion yaxlitlikda bogʻlanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ijodkor qoʻllagan uyushiq boʻlaklar fikrni toʻla ifodalashga yordam bergan: Biz bolalar zaldagi deraza pardalarini tushirib, nimqorongʻilikda fosfor burgutni tomosha qilib, xayolimizda u tufayli qoʻzgʻalgan har xil afsonalarni – toshqasrlar-u jodugarning bir “soʻf”i bilan tosh qotgan odamlarni eslab, ayni chogʻda haykalning qizil koʻzlaridan xayiqib, shu boisdanmi, past ovozda gaplashib oʻtirardik. .


Yüklə 73,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin