Узбекистон давлат жисмоний тарбия институти


BO‘SM va IBO‘SMlar uchun futbol bo‘yicha ish dasturlarining mazmuni



Yüklə 482,5 Kb.
səhifə25/41
tarix04.01.2022
ölçüsü482,5 Kb.
#50991
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Yosh futbolchi bolalarda tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash

1.2. BO‘SM va IBO‘SMlar uchun futbol bo‘yicha ish dasturlarining mazmuni
BO‘SM va IBO‘SMda 1 va 2 yil ta’lim olayotgan o‘quv-mashq guruhlari uchun tuzilgan darslar dasturini hamda BO‘SM va IBO‘SMning o‘quv-mashq guruhlari va sportni takomillashtirish guruhlari uchun dars dasturini hozirgi vaqtda amal qilayotgan davlat dasturlari deb hisoblash mumkin. Bu dasturlarda asosan 70-yillarda bolalar-o‘smirlar futboli sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalari usuliy jihatdan asoslangan holda o‘z aksini topgan.

Lekin amaliyotning hozirgi zamondagi talablari shu kungacha echimini topmagan bir qator masalalarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi, bu, bizningcha, yosh futbolchilarning o‘quv-mashq jarayoni samaradorligini yanada oshirishga yordam berishi kerak.

Texnik tayyorgarlik bo‘yicha, ayniqsa, o‘rgatishning dastlabki bosqichlarida dasturiy material mazmunini takomillashtirish shunday jihatlardan biridir.

Mazkur dasturlarning asosiy vazifasi dastlabki tayyorgarlik, o‘quv-mashq va sport takomillashtirish guruhlarida yosh futbolchilarni usuliy ta’minlashdan iborat.

Shunday qilib, yosh futbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi jarayonidagi umumlashtirilgan vazifalar:

1. Sog‘liqni mustahkamlash, to‘g‘ri jismoniy rivojlanish va har tomonlama jismoniy tayyorgarlikka ta’sir ko‘rsatish.

2. Tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirish.

3. O‘yin texnikasi va taktikasi asoslarini o‘rgatish.

4. O‘yin sharoitlariga o‘rgatish.

5. MMT majmuasi me’yorlariga tayyorlanish va ularni bajarish.

6. O‘rganuvchilarga futbol mashg‘ulotlariga qat’iy iziqishni singdirish.

O‘quvchilarga o‘rgatish jarayonida texnik-taktik harakatlarning xilma-xil turlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining keyingi bosqichlarida maxsus jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga erishish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

BO‘SM o‘quv dasturida yosh futbolchilarning o‘quv yillari bo‘yicha texnik tayyorgarligining undagi boshqa bo‘limlarga nisbati o‘zgarishlarini tahlil qilish natijalari qiziqish uyg‘otadi.

Masalan, 8-9 yoshda texnik tayyorgarlikka umumiy soatlar miqdorining 40%, 9-10 yoshda – 43%, 10-11 yoshda – 40% , 11-12 yoshda – 37%, 12-13 yoshda – 35%, 13-14 yoshda – 30%, 14-15 yoshda – 29% ajratiladi.

Ayni vaqtda, dastlabki tayyorgarlik bosqichida ikki yillik o‘rgatish mobaynida yosh futbolchilar mashg‘ulotlarida, bizning fikrimizcha, bevosita to‘pni uzoq vaqt nazorat qilish: to‘pni qabul qilish, uni olib yurish, aldash haarkatlari bilan bog‘liq texnik usullarni egallash uchun juda kam muddat ajratiladi.

Shunday qilib, darslar dasturidagi texnik tayyorgarlik mazmunining tahlili to‘pga oyoq bilan zarba berishga o‘rgatish uchun ajratilgan soatlarning solishtirma hajmi jiddiy ekanligini ko‘rsatadi.

Birinchi o‘quv yilida asosiy texnik priyomlarga o‘rgatishning an’anaviy izchilligi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

- harakatlanish texnikasi; to‘pga oyoq bilan zarba berish; to‘pga bosh bilan zarba berish; to‘pni to‘xtatish; to‘pni olib yurish; aldash harakatlari (fintlar); to‘pni olib qo‘yish; to‘pni autdan qo‘l bilan tashlash.

O‘quv dasturiga muvofiq 8-10 yoshli futbolchilarni o‘yin texnikasiga dastlabki o‘rgatish ularni eng oddiy o‘yin faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish hamda bolalarda futbolga turg‘un qiziqishning shakllanishiga ko‘maklashish imkonini beruvchi texnik usullarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish tamoyili asosida qurilishi kerak.

3-Jadval

Birinchi va ikkinchi o‘quv yili uchun asosiy texnik usullar tuzilishi






Yüklə 482,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin