Kerakli asboblar: qisqich, mayda, tishli dastarra, skal’pel’ yoki pichoq, qattiq tukli cho`tka, buzoq yoki qo`yning ichki g`ovak suyaklari.
Ishning borishi: qo`zi yoki buzoqning va boldir suyaklari pichoq, so`ngra qattiq tukli cho`tka bilan go`sht hamda pay qoldiqlaridan, suvda yuvib doka bilan yaxshilab artiladi. Keyin bu suyaklarni qisqichga o`rnatilib, mayda tishli dastarra bilan ularning kallasi va g`ovak qismi ko`ndalangicha va uzunasiga arralanada. Suyaklar qanchalik yosh hayvonlardan olingan bo`lsa, ular shunchalik oson arralanadi.
Arralangan suyaklarni darsda ko`rsatish suyak muhim va murakkab organligi, xar bir suyakning tuzilishi, uning vazifasiga bog`liqligi haqida xulosa chiqarish imqonini beradi.
2-tajriba. Mavzu: Kuydirilgan va kalciysizlantirilgan suyak preparatlari tayyorlash.
Darsning maqsadi: suyaklarning ichki va tashqi tuzilishi haqida talabalarga to`liq ma’lumot berish hamda kuydirilgan suyak preparatini tayyorlash.
Suyaklarning sirti yupqa ammo pishiq biriktiruvchi, to`qimadan iborat suyak pardasi bilan qoplangan bu parda suyak moddasi bilan mustahkam birikib ketgan. Suyakning qattiqligi pishiqligi va elastikligini ularning tarkibi belgidaydi.
Kerakli asboblar: mayda suyaklar (yirik baliq qovurg`alari yoki baqa, qush, quyon kabilardan birining son suyaklari ), pincet, spirt lampa, probirka, staqon, 10 va 30 % li xlorid kislota ishlatilgan suyuqliklar tashlanadigan shisha banka, toza suvli idish.
Ishning borishi: suyakni kuydirish. Suyakning bir uchidan pincet bilan ushlab, ikkinchi tomoni spirt lampaga tutiladi. Bunda suyak qo`lansa hid chiqarib yona boshlaydi.
Labarotoriya darsida talabalar o`qituvchi topshirig`i bilan kuydirilgan suyakkning xossalarini unga qo`l tekkizish bilan tekshshirib ko`radilar va uning oson uqalanib ketishini aniqlaydilar. Shundan keyin suyakning bir parchasini probirkaga solib, ustidan 30 % li xlorid kislota quyilganda suyak qo`l ining kislotada eriy boshlashi kuzatiladi. Bunda suyakning mineral qismidagi kalciy tuzlariga kislota ta’sir qilish natijasida SO2 pufakchalar tarzida idishdan ajralib chiqa boshlaydi. Bu tajriba suyakda yonadigan organiq modda va yonmaydigan,ammo kislotada eriydigan mineral moddalar borligi, mineral moddalar suyakning qattiq va mo`rt qilib turishi haqida xulosa chiqarish imqonini beradi. Suyakning kalciysizlantirish. Probirkaning uchdan bir qismiga qadar 10% li xlorid kislota quyiladi va unga bir bo`lak suyak solinadi. Bunadn SO2 pufakchalar xolatida ajralayotganligi kuzatiladi. Oradan yarim soat o`tgach, probirkadan kislota bo`sh idishga to`qiladi, suyakni probirkadan olib, yaxshilab yuviladi va xususiyati o`rganiladi.
Labarotoriya ishi davomida talabalar kalciysizlantirilgan suyak juda yumshoq va elastik bo`lib qolganligi, uni egish, bukish va hatto tugun qilib bog`lash mumkinligini aniqlaydilar. Agar kattaroq suyak kalciysizlantirmoqchi bo`lsa, uni yuqoriroq qoncentraciyali (15-30 % li) kislota bir necha marta yangilab turiladi. Kalciysizlantirilgan suyakni uzoq vaqt saqlash uchun uni 70 % li spirtga olib qo`yiladi.
Yuqoridagi natijalarga ko`ra darsda suyakning xossalari ular tarkibidagi organiq va mineral moddalar miqdoriga bog`liq, suyakning tarkibi odam yoshi oshib borgan sari o`zgarib, organiq moddalar kamayadi, mineral tuzlar miqdori ortadi va natijada suyak mo`rtlashib qoladi, degan xulosa chiqariladi.