Узбекистон Республикаси Халк таълими вазирлиги


SUYaKLAR XAKIDA UMUMIY MA’LUMOT



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə8/58
tarix15.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#98580
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Navoiy davlat P

SUYaKLAR XAKIDA UMUMIY MA’LUMOT
(OSTEOLOGIA)
Odam tanasidagi suyaklar majmuasi skeletni tashqil kiladi, skeletos – kuritilgan degan ma’noni anglatadi, uning ogirligi o`rtacha 5-6 kg, ya’ni tana ogirligining 8-10%ini tashqil kiladi. Skeletdagi suyaklar soni 200 dan ziyod.
Suyak (os- ossis) kattik va elastik bo`lib, asosan ikki turdagi moddalardan tashqil topgan. Suyakning 1G’3 qismini uning elastikligini ta’minlovchi organiq moddalar, kolgan 2G’3 qismini suyakka kattiklik beradigan anorganiq (klciy tuzlari fosfat tuzlari) moddalar tashqil kiladi.
Suyakdagi elastiklikni (egiluvchanlikni) ossien moddasi ta’minlasa, mineral tuzlar uz navbatida, suyakka kattiklik (pishiklik) xususiyatini beradi. Suyaklar mustaxkamligi aynan organiq va anorganiq moddalarning fiziologik nisbatiga boglik va bu nisbat yoshga karab uzgaruvchan bo`ladi. Shu bois yosh organizmdagi suyaklar organiq moddalarning (ossien va muguz) kupligi tufayli elastik (egiluvchan), kam sinadigan va mustaxkam bo`ladi, yosh ulgaygan sari (xayot davomida iste’mol kilingan mineral tuzlar xisobiga) suyak tarkibidagi tuzlar nisbati uzgarishi kuzatiladi, natijada keksa kishilarda suyakning elastiklik xususiyati yukolib murtlashadi va tez sinadigan bo`lib koladi.
Organiq va anorganiq moddalardan tashqari suyak tarikibida D vitamini va kalciy tuzlari etishmasligi raxit kasalligi kelib chikishiga olib keladi. Kasallik okibatida suyaklarda mustaxkamlik kamayadi, yosh suyakning usishi va rivojlanishi ishdan chikadi, shu bois suyaklarning xar tomonlama kiyshayish asorati kuzatiladi. Vitamin A etishmasligida suyaklar yugonlashib ichidagi bushlik va kanalchalar kengayadi. Ossien, mineral tuzlar va vitaminlar kushilishi natijasida suyak granitdan kattik, mis va pulatdek mustaxkam bo`ladi.
Olimlarning ma’lumotlariga kura vertikal xolatda suyaklar tonnalab yuk kutarishi mumkin.
Suyaklar tasnifi.

Suyaklar shakliga kura kuyidagi guruxlarga bulinadi.


1-Naysimon. A. Uzun naysimon (elka, bilak tirsak, son suyaklari)
B. Kalta (kul va Oyoq panja suyaklari)
2-Govak. A. Uzun (kovurga, tush suyagi)
B. Kalta (umurtka, kul va Oyoq panja suyaklari)
V. Sesamasimon (tizza kopkogi va nuxasimon suyak)
3-Yassi. (peshona, tepa, ensa, kurak va chanok suyaklari).
Xar qaysi naysimon suyaklarning o`rta qismi diafiz (tanasi), oxirgi ikki uchlari tanaga yakin uchlari proksimal epifiz va tanadan yirok uchi distal epifiz deb nomlanadi. Diafiz bilan epifiz oraligi metafiz deyilib, suyakning usish soxasiga tugri keladi. Suyakning oxirgi uchlaridagi burtma, dumbok va shunga uxshash xosilalar apofiz deyiladi. Aynan shu xosilalarga boylamlarning birikishi suyak bugimini mustaxkamlasa, muskullar birikishi bugimdagi xarakatni yuzaga keltiradi.
Naysimon suyakning kundalang kesimi kuzdan kechirilganda, sirtki yuzasi suyak usti pardasi (periosteum) bilan koplangan, u ikki kavatdan iborat. Tashqi kavati yupka, pishik fibrioz tolalaridan tashqil topgan, uning ichki kavatidagi osteogen xujayralari suyakning eniga usishiga imkon beradi. Suyak pardasidagi teshiklar esa kon tomirlar va asab tolalari o`tadigan oziklantiruvchi teshik bo`lib xizmat kiladi.
Suyakning ichki tuzilishi 2 xil moddadan xosil bulgan.
Tashqi tomoni zich ya’ni, kattik (substantia com pacta) moddadan tuzilgan bo`lib suyak pardasi bilan bevosita birikadi, govak modda (sustantia spangiosa) suyakning ichki tomonida joylashgan bo`lib mayda-mayda turga uxshash katakchalar xosil kilib suyak kumigiga davom etadi. Unda kizil va sarik ilik xamda kon tomirlar talaygina bo`lib, suyak nayi (kanali)ga ochiladi.
Kalla skeletidagi ba’zi suyaklar tanasida bushliklar borligi bilan boshka suyaklardan fark kiladi va xavo saklovchi (pnevmosteum) suyaklar deb ataladi. Bunday suyaklarga peshona, ponasimon (asos), galvirsimon va yukori jag suyaklari kiradi, bushliklar kuz kosasi va burun bushligi atrofida joylashgan bo`lib uziga xos funkcional xususiyat kasb etadi, ya’ni suzlashganda tovushni jarangdorligini xamda kalla skeleti engilligini ta’minlaydi. Chakaloklarda bu bushliklar shakllanmagan bo`ladi. Katta yoshdagilarda bu bushliklarda yiring yoki kon tuplangan xollarida tovush jarangdorligi buziladi va boshka asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu xastalikni fakatgina jarroxlik usulida davolashga tugri keladi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin