Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Rasmga va Qovurg`a, tush suyak maketlariga karab, ularning tuzilish va uzaro birikishini tushintirib bering. Odamning Qovurg`a, tush suyak qismlarini ulchamini ulchab, qog`ozga tushiring?
Laboratoriya № 6
Mavzu: Qo`l va elka kamari suyaklarining tuzilishi, o`mrov ko`krak suyaklari va erkin xarakat qismi suyaklari ( elka, bilak, tirsak, bilakuzuk, kaft, barmoq suyaklari) ularning uzaro birikishini va tushishini urganish.
Darsning maqsadi: Qo`l skeleti va unitashqil kiluvchi suyaklar elka kamari va erkin qo`l suyaklari haqida tulik ma’lumot berish va ularni uzaro birikishini tushintirib berish.
Qo`l mexnat organiga aylangan. Shu munosabat bilan qo`l suyaklari va buginlarning tuzilishi uning changallab ushlash va paypaslab kurish vazifasini aks ettiradi. Qo`l skeleti elka kamari va erkin qo`l skeletidan hosil bulgan. Elka kamari skeleti ikkita kurak va ikkita o`mrov suyagidan tashqil topgan. erkin qo`l skeleti elka suyagi; tirsak va bilak suyaglari hamda panja suyaklaridan vujudga kelgan.
Kerakli asboblar: mulyaj,plakat, tablica, planshet, maket, odam skeleti, odamning qo`l skeleti,qog`oz, qalam, o`chirg`ich, chizg`ich va kley.
Ishning borishi: Avvalo qo`l skeleti va uni tashqil kiluvchi suyaklarni talabalarga tanishtiriladi. Buning uchun odam skeletining qo`l qismi olinib tushintiriladi.
Qo`l skeleti elka kamari va erkin qo`l skeletidan hosil bulgan. Elka kamari suyaklari o`mrov suyagi va kurak suyaklariga bulinadi.
O`mrov suyagi (clavicula )ning S-simon bukilgan tanasi va yo`g`onlashgan ikki uchi-tush va akromial (elka) uchi bor. O`mrov suyagining shakli, xususan, ozg`in odamlarda teri ostida yaqin ko`rinib turadi; bu suyakni hamisha paypaslab ko`rish mumkin..
Kurak suyagi (scapula) –uchburchak shaklidagi yassi suyak Kurak suyagining uchta kirg`og`i, ya’ni chet ustki, tashqi va ichki(umurtqa) cheti va uchta burchagi ustki, pastki va yon burchagi bor.
O`mrov suyagining tush tomonidagi uchi tush suyagi bilan birikib, egarsimon shakldagi tush-o`mrov bo`g`imini hosil qiladi. Bu buginda o`mrov suyagi sa’nitar vertikal, uk atrofida hamda uz uki atrofida xarakat qilishi mumkin.
Kurak suyaklari muskul lar yordamida ko`krak kafasiga birikadi, serxarakat bo`ladi va uzxarakatlari bilan butun qo`l xarakatlarining xajmini oshiradi.
erkin qo`l skeleti quyidagi suyaklar hosil qiladi.
Elka suyagi (humerus) – uzun naysimon suyak.uning ta’nasi va ikki uchi bor. Ustki uchi kurakbilan birikish uchun xizmat qiladigan dumalok bugin boshchasidan iborat. Elka suyagining bu uchi anatomik bo`yin bilan tana’sidan ajralib turadi.
Bilak suyaklari (rasm) 2 ta uzun naysimon suyaklar –va bilak suyaklaridan iborat.
Tirsak suyagi (ulna) V barmoq tomonidan xisoblanganda billakning ichki tomonida joylashgan bo`lib, teri ostida boshdan oyog`igacha qo`l ga unnaydi. Ustki uchi yo`g`on tortgan ikkita kesmasi – bilan va yarim aylanasimon kesmasi bor. Pastki uchida boshchasi, bo`g`im aylanasi va bigiz simon usimtasi bor.
Bilak suyagi (radius) bosh barmoq tomonidan xisoblaganda bilakning tashqi tomonida joylashgan. Ikkita bilak suyaklariningtanasi uch kirrali shakldadir. Ularning bir-biriga karab turadigan chetlari utkirlashgan bo`lib, suyak aro kirgoklar deb ataladi.