Kerakli asboblar: plokat ,tablica ,maket ,planshet ,mulyaj ,odam skeleti ,odam skeletining kalla suyaklari ,kog`oz , qalam ,o`chirgich ,chizg`ich .
Ishning borishi : kalla skeleti va uni hosil kiluvchi suyaklarni talabalarga ularni tuzilishi ,birikishini tushintirish uchun avvalo odamning kala skeletini olib uni tashqil kiluvchi suyaklar haqida birma –bir tushintiriladi
Bosh skeleti suyaklarining kupchiligi murakkab tuzilgan ,ularda qon tomirlar va nervlar o`tadigan teshik va kanallar bor . Ba’zi suyaklarning ichida xavo bilan tulgan bo`shlik eki kataklar bo`ladi .Odamda bosh skeletining miya bo`limii xayvonlardagiga Karaganda yuz bo`limidan kura ancha kata bo`ladi . Bosh skeleti miya bo`limining suyaklari quyida gilar :
ensa suyagi (osoccpitale) shaklan yassi kosachaga uxshaydi . Uning qismlari katta ensa teshigini cheklab turadi ,bu teshik bosh skeleti bo`shligini umurtqa kanali ilan birlashtiradi . Usha
teshikning oldingi tomonida ensa suyagining asosiy qismi bor ,u ponasimon suyakning asosiy qismi bilan kushilib ,nishablik hosil qiladi .
Ponasimon suyak (os sphenoidale) –orqa tomonda ensa suyagi bilan oldingi tomonda peshona suyagi o`rtasida ,boshskeleti miya bo`limining asosida joylashgan (rasm) .Tana va uch juft :kata qanotlar ,kichik qanotlar va qanotsimon usimliklardan iborat .Tanasining ichki yuzasi bukilgan bo`lib,turk egariga uxshaydi .Unda eng muxim sekretor bez-gilofiz turadigan chizik hosil bo`ladi.
Chakka suyagi (os .temporole)-bosh skeleti suyaklari ichida eng murakkab suyak .Bu suyak ichida eshituv va muvozanat organi joylashgan. Suyak kanallari, jumladan yuz nervi kanali Bilan ichki uyku arteriyasining kanali shuningdek eshituv nayi kanalini suyak qismi shu suyakdan o`tadi.
Chakka suyagi uch qismdan: tangacha simon togora va tosh simon qism yoki peramidadan tashqil topgan.
Tepa suyagi (OS. parietale) – turt burchakli botik suyak plastinkasi bo`lib, plastinkadan tashqari hamma chetlari tishlidir. Tashqi yuzasida tepa dumbogi kutarilib turadi.
Peshona suyagi(OS frontale) peshona tangasi, juft kuz kosasi qismlari va burun qismidan iborat (rasm). Tangasining ung va chap tomonida peshona dumboklaribulardan pastrokda esa qosh usti ravoklari bor. Qosh usti ravoklari tagida peshona suyagi kuz kosasi ustidagi utkir kirraga aylanadi.