Laboratoriya ishi № 8 Mavzu: Muskul to`qimasidan preparat tayyorlash va uni mikroskopda ko`rish.
Darsning maqsadi: Muskul to`qimasi haqida aniq tushuncha hosil qilish va muskul ning to`qimasadan preparat tayyorlab, mikroskopda ko`rish.
Muskul to`qimasi ancha murakkab tuzilishga ega bo`lib, u juda ingichka tolalardan tashqil topgan. Muskul to`qima- skelet muskul lari va ko`pgina ichki organlarning asosiy to`qimasi. Harakatlanish funkciyasi muskul to`qimasiga bog`liq. Talabalardan bu to`g`risida aniq bilim hosil qilish uchun darsda oldindan tayyorlab qo`yilgan muskul to`qimasi mikropreparatlari mikroskopda ko`riladi.
Kerakli asboblar:buyum va qoplagich oynalari, pincet, preparoval’ nina, petri kosachasi, tomizgich, baqa oyoq muskul ining parchasi, sovuq honli hayvonlarga mo`ljallanganfiziologik eritma (osh tuzining 0, 65%li eritmasi), 1% li sirka kislota.
Ishning borishi: Baqa oyoq muskulining parchasi preparoval’ nina uchi yordamida tolalarga ajratiladi va bir necha muskul tolalari pincet bilan buyum oynasidagi fiziologik eritma tomchisiga ko`chirib, qoplagich oyna bilan yopiladi. Preparat mikroskop ostida ko`rilganda muskul tolalaridagi ko`ngdalang chiziqlar ko`zga yaqqol tashlanadi, lekin hujayra yadrolari ko`rinmaydi. qoplagich oyna ostiga 1% li sirka kislota tomchisi kiritilsa, muskul tolasi hujayralarining tayoqchasimon yadrolari ko`rina boshlaydi. (5-rasm)
Tajriba yakunida skelet muskul i ko`plab ingichka tolalardan iboratligi, har bir tola citoplazmasida yadro va qisqarish xususiyatiga ega bo`lgan ko`pgina ingichka tolalar (muskul sh fibrillari) ham borligi bilan boshqa to`qima hujayralaridan farq qiladi, muskul to`qimasining tuzilishi uning funkciyasiga bog`liq ekanligi xulosa chiqariladi.
Ishni rasmiylashtiriga doir tavsiyalar.
Muskul to`qimasining boshqa to`qimalardan farq qilishini tushuntiring. Tajribada ko`rilgan baqa oyoq muskul ining parchasini chizing va izohlab bering.