Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Mavzuga oid barcha rasmlarni albomingizga chizing. Chizgan rasmlaringizga suyaklarni nimalar yordamida birikkanligini aloxida kursatib yozing ?
Laboratoriya № 13
Mavzu: Ikki, uch va kupukli bo`g`imlarning tuzilishi qonuniyatlari.
Darsning maksadi: Ikki, uch va kupukli bo`g`imlarning tuzilishi, vazifasi, joylashgan o`rni haqida tulik ma’lumot berish.
Kerakli asboblar: mulyaj, maket, planshet, tablica, plakat, qog`oz, qalam, o`chirg`ich, chizg`ich, tekshiralayotgan odam (Talaba).
Ishning borishi: Laboratoriya darsi maruza darsida utilgan ma’lumotlarga tayangan holda olib boriladi. Tekshiralayotgan odamga bugin xaraktlanishi kursatilib tushuntiriladi. Ya’ni bo`g`im xarakatlanishiga kura ikkiga bulinadi:
Yordamchi elementlar ishtirokida inqongruent (Nomuvofik) bo`g`im yuzalari, qongruent (Muvofik) yuzalariga aylanib bir – biriga moslashadi.
Bo`g`im yuzalari turli giometrik shakllarni hosil qilib bugindagi xarakat me’yori va uning shakliga boglik bo`ladi. Shu bois buginlar bir ukli, ikki ukli va kup ukli bo`ladi. Bir ukli xarakat fraktal yoki vertikal UK atrofida ruy berib, bunda cilindrsimon va galtaksimon buginlar hosil qiladi. Galtaksimon bo`g`im (Barmoq falanganlari)da frantal uk atrofida bilish (Flexio) va yozish (Ektentio) xaraktini bajarish mumkin. Silindirsimon bo`g`imda xarakat vertikal uk atrofida yuzaga kelib, ichkariga bukish (pronotio) va tashqariga bukish (supinatio ) mumkin , bunda tirsaklar va yuilaklar suyaklvraro bo`g`imi misol bulla oladi
Ikki ukli bo`g`imlarda ikki uk atrofida xarakat yuzaga keladi .Masalan ,egarsimon bo`g`im birinchi barmoq bilan kaft usti suyagi birikishida hosil bo`ladi , elipsimon bugin kaft usti suyaglari bilan bilak suyagi kushilishidan hosil bo`ladi.
Uch ukli ( kup ukli ) bo`g`imlarga – chanok son bo`g`imi va sharsimon – elka bo`g`imi misol bo`ladi. Bu bo`g`imlarda barcha uklar atrofida xarakat sodir bo`ladi: bukish- yozish, uzoklashtirish- yakinlashtirish ichkariga tashqariga bukish va aylanma xarakatlar .
Talabalar yukorida aytib utilgan bo`g`imlarni joylashgan o`rnini tekshirilayotgan odamdan kurib, bo`g`imlar haqida Laboratoriya daftaringizga yozadilar.