Anatomiya-odam tanasi organlari va organlar sistemalarining tuzilishini ularning bajarayotgan funkciyalari bilan bog`lab o`rganadi. Organlar tuzilishi ularning funkciyasini o`rganmasdan tushunib olish qiyin. Shu sababli ham bu fan fiziologiya faniga hamda gigiena qoydalariga o`zaro chambarchas bog`langan. Organlar va organlar sistemasining tuzilishi va funkciyalarini bilib olish, mehnat qilish va dam olishning gigienik shart-sharoitlarini asoslab berish, shuningdek sog`liqni saqlash, inson mehnat qobilyatini oshishi hamda uning umrini uzaytirish uchun kasalliklarni oldini olish imqonini beradi.
Odam organizmining umumiy ta’rifi.
Hujayra-Odam organizmi ham barcha tirik organizmlar singari hujayralardan tashqil topgan. Hujayralar oralig`i moddasi hujayralarni pishiq va mustahkamligini saqlaydi. Ularni oziqlanishi va nafas olishini ta’minlaydi. Organizmdagi hujayralarning tuzilishi, katta-kichikligi, shakli va funkciyalari har xil bo`ladi, lekin ularning tuzilishi va xususiyatlarining bir qancha tomonlari o`xshash bo`ladi.
Hujayralarning kimyoviy tarkibiga turli meniral va organiq moddalar: suv, mineral tuzlar, oqsillar, yog`lar, uglevodlar kiradi. Bu moddlar hujayraning hayotiy faoliyatiga juda muhim ahamiyatga ega.
To`qimalar-kelib chiqishi, tuzilishi va bajaradigan funkciyalari bilan bir-biriga o`xshash bo`lgan hujayralar va hujayra oralig`i moddasi tuqimlarni hosil qiladi. Organizmda epiteliy, muskul va nerv to`qima va biriktiruvchi to`qimalari mavjud. epiteliy tana qoplag`ichi va bezlarni hosil qiladi. Organlarning ichki yuzasini qoplab turadi. Terining ustki qavati, ichak, nafas yo`llarining ichki devori epiteliy to`qima bilan qoplangan. Bu to`qima organizmni zararli moddalar va mikrooragnizmlar ta’siridan saqlaydi hamda organzm bilan tashqi muhit o`rtasida moddalar almashinuvini ta’minlaydi.
Biriktiruvchi to`qimada hujayra oralig`i moddasi ko`p bo`ladi, hujayralar tig`iz joylashmaydi. Bu to`qimalarga misol qilib tog`ay, suyak, qon va limfani ko`rsatish mumkin. Tog`ay to`qimasi suyaklarning bo`g`im qismida, umurtqalar oralig`ida va quloq suprasisida joylashgan. Suyak to`qimasi suyakni hosil qiladi. Uning oraliq moddasi tolalar va mineral moddalar saqlovchi amorf moddadan iborat. qon va limfa suyuq biriktiruvchi to`qimani hosil qiladi.
Ular tayanch (tog`ay va suyak), oziqlantirish va himoya vazifasini bajaradi.
Muskul to`qimasi silliq va ko`ndalang targ`il muskul lardan tashqil topgan. Silliq muskul lar ichki organlar tarkibiga kiradi, ichak va qon tomirlari devorlarini qoplab turadi. U bitta yadroli, dugsimon 0,1 mm gacha uzunlikdagi hujayralardan tashqil topgan. Bu hujayralar sekin, ritmik ravishda qisqarish xususiyatiga ega. Ko`ndalang targ`il muskul lar skelet, til, ko`z, halqum, bo`g`iz muskul lari tarkibiga kiradi. Bu to`qima 10-12 sm uzunlikdagi alohida tolachalar joylashgan. Har bir tola ko`p yadroli hujayra bo`lib, uning citoplazmasida miofibrillar deb ataluvchi juda maydatolalar joylashgan. Miofibrillar qaramtir va oqish ko`ndalang chiziqlar ko`rinadi. Miofibrillar birga qo`shilib boylamlarni, boylamlar esa muskul larni hosil qiladi. Muskul lar to`qimasi qo`zg`alishi va qisqarish xususiyatiga ega. Ularning bu xususiyatlari tufayli organizmning ichki organlarida harakatlanish yuz beradi.
Nerv to`qimasi nerv hujafrali- neyronlardan hamda neyrogliydan iborat. Neyronlar hujayra tanasi va ikki xil citoplazmatik o`simtalardan tuzilgan. Ulardan biri uzun, shoxlanmaydigan aksondan, ikkinchisi esa shoxlangan o`simtalar dendritlardan iborat. Dendritlar qo`zg`alishni nerv tanasiga tomon, akson esa qo`zg`alishni neyronlardan boshqa hujayralarga va to`qimalarga uzatadi.
Organizmda har xil to`qimalar bir-biri bilan turlicha birikib organlarni hosil qiladi.
Organ odam organizmining bir qismi bo`lib, o`ziga xos muayyan shaklga, tuzilishga ega va ma’lum bir funkciyani bajarishga moslashgan bo`ladi. Organizmda kelib chiqishi va bajaradigan vazifasi bilan o`xshash bo`lgan organlardan organlar sistemasi tarikb topgan. Masalan:oziq moddalarni chaynab xazm qilish vazifasini bajaradigan (og`iz, halqum, ichak, jigar va boshqalar) ovqat hazm qilish sistemasi hosil qiladi. Odam organizmi qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish, ichki sekreciya bezlari, tayanch-harakat, nerv va jinsiy organlar sistemasidan iborat.