Darsning maqsadi: Baqa terisidan olingan epiteliy to`qimasini talabalrga tanishtirish. epiteliy to`qimadan tayorlangan vaqtinchalik preparatlarni mikroskopda ko`rish. epiteliy qoplag`ichi va bezlari hosil qiladi, organlarning ichki yuzasini qoplab turadi. U terining ustki qavat, ichak, nafas yo`llari ichki devori epiteliy to`qima bilan qoplangan.
Kerakli asboblar:Mikroskop, buyum va qoplagich oynalar, pincet, preparaval’ nina, tomizgich, siyohga bo`yalgan baqa terisining epiteliy pardasi, stakanda toza suv.
Izox: Baqa terisining epiteliy pardasini olish uchun og`zi doka bilan berkitilgan shisha bankadagi suvda uni 1-2 kun saqlanadi (bankadagi suv baqani ko`mar –ko`mmas darajada bo`lsin). Shunda suv baqani oq yupqa prada parchalari hosil bo`ladi. U baqa terisidan ajralgan epiteliy to`qima pardasidir. Uni petri kosachadagi suvga ko`chirib hujayra yadrosi ko`rinsin uchun binafsha rang siyoh bilan bo`yaladi.
Ishning borishi: Och binafsha rangga bo`yalgan baqa terisining epiteliy to`qima pardasi idishdagi suv ichida turgan holda bir necha bo`lakchalarga ajratiladi va ulardan biri pincet yoki preporaval’ nina uchi bilan buyum oynasidagi suv tomchisiga olinadi. Shundan keyin pardaning buklangan joylari to`g`rilanib, qoplagich oyna bilan yopiladi. Preparat mikroskop ostida qaralganda ko`p qirrali va zich joylashgan yassi hujayralardan iborat epiteliy to`qimasi ko`rinadi.
Labaratoriya mashg`uloti oxirida epiteliy hujayralarining bir-biriga zich turishi, ular orasida hujayralararo moddaning deyarli yo`qligi va shunday tuzilishi to`qimaning kimyoviy vazifasiga bog`liq ekanligi to`g`risida xulosa chiqariladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar.
Baqa terisilan olingan epiteliyar to`qimaning mikroskopda ko`rinishini chizib oling.
Labarotoriya ishi №4
Mavzu: Biriktiruvchi to`qima preparatlarini tayyorlash va uni mikroskopda ko`rish.
Dasning maqsadi: Biriktiruvchi to`qima haqida ma’lumot berish, tayyorlangan mikropreparatlarni mikroskop orqali talabalarga ko`rsatish.
Biriktiruvchi to`qima organlar o`rtasida ko`prik bo`lib, ularni bir-biriga bog`laydi. Bu to`qimaga misol qilib, tog`ay suyak, qon va limfani ko`rsatish mumkin. Suyak va tog`ay to`qimasi organlar tayanchini ta’minlaydi. qon va limfa organizmning suyuq ichki muhitini hosil qiladi.
Biriktiruvchi to`qimaning tuzilishi to`g`risida talabalarda aniq tushuncha hosil qilish maqsadida teri ostidagi yumshoq biriktiruvchi to`qimadan yoki tog`ay to`qimasidan vaqtinchalik mikropreparat tayyorlab, uni mikroskop yordamida ko`rsatiladi.