O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Navoiy davlat P
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Mavzuga oid barcha rasmlarni chizing? Bir ukli ikki ukli va kup ukli bo`g`imlar o`rtasidagi farqlarni Laboratoriya daftaringiza yozing?
Ichki a’zolar. (Splanxnologiya) Ichki organlar (viscera, splanchna) deb ko`krak va qorin bo`shliqlarida joylashgan va moddalar almashinuvini ta’minlab beradigan organlarga aytiladi. Ichki organlar jumlasiga nafas, hazm va siydik-tanosil sistemasini hosil qiladigan organlar kiradi. Ichki organlar embrion varag`i-entoderma va qisman o`rta embrion varag`i mezodermadan hosil bo`ladi.
Ko`krak va qorin bo`shliqlari tutash haltalar (plevra, perikard va qorin haltalari) hosil qiladigan seroz parda bilan qoplangandir, bu parda ichki organlarga o`tib, ularni ushlab turadi. Seroz parda tashqi tomondan bir qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan tolali biriktiruvchi to`qimadan tashqil topgan. Shilliq parda kovak organlarni ichkaridan qoplab turadi. U har xil turdagi epiteliy va o`z biriktiruvchi to`qima plastinkasidan tashqil topgan.
Mana shu plastinkada bezlar va limfaid moleqo`l alar bo`ladi. Muskul li pardasi shilliq parda va uning ostidagi asos bilan seroz parda orasida joylashgandir. Muskul parda ikki qavat: doiraviy va uzunasiga ketgan silliq muskul hujayralaridan tashqil topgan. Ichki organlar qon va limfa tomirlari hamda nervlar bilan ta’minlangandir. Sezuvchi nerv oxirlari organlarning devorlarida joylashgan bo`lib, kimyoviy, mexaniq, temperatura ta’sirlari va boshqa ta’surotlarni idrok etadi va markaziy nerv sistemasiga signal yuborib turadi.
Odamda hazm kanali taxminan 8-10 m. Uzunlikda bo`lib, og`iz bo`shlig`i, halqum, qizilo`ngach, me’da, ingichka, yo`g`on ichak va to`g`ri ichaklarga bo`linadi. Halqumda hazm kanali nafas yo`li bilan kesishadi. qizilo`ngachning diafragmadan o`tish joyidan pastda hazm nayi kengayib, me’dani hosil qiladi. Me’da (oshqozon) dan ingichka ichak boshlanib, u o`n ikki barmoq ichak, och ichak va yonbosh ichakka bo`linadi. Yonbosh ichak yo`g`on ichakka quyiladi, chuvalchangsimon o`simta-appendiksi bor ko`richak yo`g`on ichakning bosh bo`limi hisoblanadi. Ko`richakdan keyin yuqori ko`taruvchi, ko`ngdalang, pastga tushuvchi, sigmasimon chambar ichaklar so`ngra orqa chiqarish teshigi bilan tugallanadigan to`g`ri ichak keladi.