Узбекистон Республикаси Халк таълими вазирлиги



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə38/58
tarix15.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#98580
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Navoiy davlat P

Labarotoriya ishi № 18


Mavzu: Odam qonidan vaqtinchalik mikropreparat tayorlash.
Darsning maqsadi: Odamning qon hujayralari, jumladan, qizil qon tanachalari to`g`risida aniq tushuncha hosil qilish va qon preparatini mikroskopda ko`rish hamda ko`rganlarni rasmini chizish.
qon- suyuq biriktiruvchi to`qima bo`lib, qon zardobi va qon hujayralari ya’ni shakliy elementlardan tashqil topgan. Shakliy-elementlar: qizil qon tanachalari-eritrocitlar, oq qon tanachalari- leykocitlar va qon plastinkalari- trombocitlardan iborat. Odamning qon hujayralari jumladan, yuqorida aytib o`tilgan tanachalari to`g`risida aniq tushuncha hosil qilish uchun yangi qon preparatini mikroskopda ko`rish g`oyat muhimdir. Bu esa talabalarda odam qoni haqiqatdan ham shakli elementlar borligi haqida to`liq ishonch hosil qilish imqonini beradi.
Kerakli asboblar: Buyum va qoplag`ich oynalari, frank ninasi (yoki oddiy tikuv ninasi), spirt lampa, spirt, paxta, doka, yod.
Ishning borishi: Odatda qon chap qo`lning to`rtinchi barmog`idan olinadi. Buning uchun avval buyum va qoplag`ich oynalari yaxshilab tozalanadi (spirt bilan artilib, suv bilan yuviladi). So`ngra barmoq yostiqchasiga spirt surkab, dizinfekciya qilinadi va barmoq yuzasi qurigach, birinchi bo`g`im ostidan bosh va ko`rsatgich barmoq bilan qisib turib unga spirt lampa alangasida qizdirilgan va spirt bilan artilgan nina sanchib olinadi.
Dastlabki qon tomchisi toza paxta bilan artilib tashlanadi. Navbatdagi tomchi toza qon buyum oynasiga ko`chiriladi va barmoq yostiqchasi yod bilan dizinfekciya qilinadi. Buyum oynasidagi qon tomchisi chetiga qoplagich oyna qirra 600 burchak hosil qilib qo`yilib, tezlitk bilan buyum oynasi bo`ylab qon surkab boriladi. Natijada qonning yupqa mazogi hosil bo`ladi. Preparat qurigach uni mikroskopda ko`rish mumkin. Bunda qon tarkibidagi eritrocitlarning juda sarg`ish va yashil rangda ekanligi kuzatiladi. Ammo eritrocitlar bir joyga to`planib (g`uj holdagisi) qizil bo`lib ko`rinadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin