O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Navoiy davlat P
Mavzu: Bosh miya yarim sharlarining tuzilishi, peshona, chakka, tepa, ensa soxalarini tuzilishi.
Darsning maksadi:Bosh miya yarim sharlarining tuzilishi, vazifasi, ahamiyati xususiyatlarini urganish hamda peshona, chakka, tepa, ensa bo`limlarini tuzilishi, vazifasini ham urganish.
Oxirgi miya birinchi miya pufagidan hosil bo`ladi (telen cephalon),juda rivojlangan juft qismlar – ung va chap yarim sharlar ( hemispherium) dan hamda ularni bir-biri bilan tutashtirib turadigan o`rta qismdan tashqil topgan .
Kerakli asboblar: planshet, plakat, tablica, mulyaj, manet, qog`oz, qalam, chizg`ich, o`chirg`ich.
Ishning borishi: Laboratoriya darsi ma’ruza darsi asosida olib boriladi, ya’ni bosh miya yarim sharlari va uning bo`limlari haqida barcha ma’lumotlar va kunikmalar berib tushintiriladi.
Odamda miyaning katta yarim sharlari (ung va chap) kuchli rivojlangan bo`lib, o`rta va oralik miya urab turadi. Yarim sharlar uzunasiga ketgan tirkish bilan ikkiga ajralib turadi, usha tirkichning ichkarisida ikkala yarim sharni bir – biriga tutashtiradigan tolalardan iborat ok modda plastinkasi – kadoksimon tana (corpus collosum) yotadi. Kadoksimon tana tagida gumbaz bor, u o`rta qismi bir – biriga tutashgan, oldingi va orqa tomoni esa ikkiga ajralib, gumbaz ustunlari va Oyoqchalarini hosil qiladigan tolali ikkita bukik toladan iborat.
Yarim shar qo`l rang va ok moddadan tuzilgan. Unda egat va pushtalar bilan koplangan eng katta qism – plasht, yuzasida yotgan qo`l rang moddadan hosil bulgan yarim shar pustlogi: xid biluvchi miya yarim sharlar ichidagi qo`l rang modda tuplami – ba’zan yadrolar tafovut qilinadi. Yarim sharning keyingi ikkita bo`limi evalyucion tarakkiyot jixatidan olganda yarim shar yuzasi unda xar tomonga karab ketgan egatlar va shularning orasidagi kutarmalar – pushtalar borligidan murakkab nakshga ega. egatlar va pushtalarning katta-kichigligi va shakli xar kimda xar – xil bulishi mumkin. Birok, doimiy bo`ladigan bir nechta egatlar bor, ular hammada ham yaxshi ifodalangan bo`ladi va rivojlanish jarayonida embrionda boshqalardan kura ertarok vujudga keladi.
Xar kaysi yarim sharlar egatchalar yordamida peshona, miya (tepa), chakka va ensa bulaklariga bulinadi. eng chuqur egatcha- markaziy egatcha bo`lib, ular peshona bulagini miya bulagidan ajratib turadi; yon egatchalar chakka bulagini chegaralab turadi.
Katta yarim sharlar pustlogi sezish va xarakatlanish zonalari farqlanadi.Sezish zonasiga sezgi organlar, muskul lar, poylardan impul’slar keladi.
Peshona - xarakatlanish zonasi, miya (tepa) – teri-muskul zonasi, chakka - eshitish zonasi, ensa esa – kurish zonasi xisoblanadi. Sungra talabalar katta yarim sharlar tugrisida barcha ma’lumotlar bilan tanishganlaridan keyin, odam va xayvonlar bosh miya katta yarim sharlarida uzaro kanday farqlar borligini Laboratoriya darslariga yozadilar.