Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Bosh miyadan chikadigan nervlarni Laboratoriya daftaringizga ketma-ket tartibda yozing.Albomingizga esa ushbu nervlarni aloxida-aloxida shaklda kursatib chizing?
Laboratoriya № 28 Mavzu : Orqa miya sigmentlarini : bo`yin ,elka ,bel –dumgaza chigallarini tuzilishi .
Darsning maksadi : Orqa miya sigmentlari haqida tulik ma’lumot berish hamda elka ,bo`yin ,bel –dumgaza chigallari tuzilishini urganish .
Orqa miyaning nerv markazlari sigmentlar eki ishchi markazdir . Ularning neyronlari tugridan -tugri rutceptorlar va ishchi organlar bilan boglangan .Bunday markazlar orqa miyadan tashqari ,uzunsok miya bilan o`rta miyada ham bor .
Kerakli asboblar : mulyaj , planshet ,maket ,tablica ,plakat ,qog`oz ,qalam chizg`ich ,o`chirg`ich .
Ishning borishi : Laboratoriya darsi orqa miya skeletlarini maket, mulyaj, tablica, plakat, planshetlardan foydalanilgan holda talabalarga tushuntirib beriladi .
Orqa miya nervlarining oldingi tarmoklari juda yo`g`onlashgandir .Ularda bo`yin ,gavdaning oldingi va en yuzalari hamda oek qo`l larning muskul lari bilan teri ga boradigan sezuvchi va xarakatlanuvchi tolalar bor . Kushni nervlarning oldingi tarmoklari kovuzloklar kurinishida bir –biri Bilan kushilib va bir-biriga tolalar olishtirib chigallar (plexus) hosil qiladi .Qovurg`alararo komchaklarda sigment-sigment bo`lib ,boradigan ko`krak nervlarining oldingi tarmoklarigina unga kirmaydi .Kolgan nervlarning oldingi tarmoklari turtta chigal:Bo`yin,elka ,bel va dumgaza chigallarini hosil qiladi .
Bo`yin chigali (plexuscervicalis) turtta uski bo`yin orqa miya nervlarining oldingi tarmoklaridan hosil bulgan bu chigel ustki bo`yin umurtqalari kundalang usimtalarning en tomonida muskul lar orasida etadi va tush-o`mrov surgichsimon muskul bilan koplanib turadi .Bo`yin chigali tarmoklari orasida teriga ,muskul larga boradigan tarmoklar va aralash tarmoklar ajraladi .
Elka chigalining 6ta uzun tarmoklari mavjut .Bular quyida gilar :
Elkaning teriga boradigan median nervi elka ichki yuzasining terini impervaciyalaydi .
Bilakni teriga boradigan medial nervi bilak ichki yuzasining terisini impervaciyalaydi
Muskul teri nervi elka muskul larini vash u joyda terini tashqi tomondan impervaciyalaydi .
O`rta nerv bilak ,qo`l panja ,barmoq muskul larga tarmoklari borib ta’sirlaydi .Teriga boradigan tarmoklari barmoq ning umumiy keyin esa uz nervlarini hosil qiladi , bular bosh ,kursatkich ,o`rta barmoq terisi Bilan nomsiz barmoq terisining erini impervaciyalaydi .
Tirsak nervi (n. Ulnaris ) tarmoklar bermasdan elkaning ichki yuzasi bo`ylab boradi va eka suyagining mediyal dumbok ustini urab, bilakka o`tadi hamda tirsak arteriyasi bilan birga nomli egatga o`tadi. Bilakda u qo`l panjasining tirsakka karab bukuvchi muskul bilan barmoq larni bukuvchi chuqur muskul ning bir qismini inservaciyalaydi.
Bilak nervi ( n.radialis) elka chigalining eng yo`g`on nervidir. Elkada elka suyagi bilan uch boshli muskul va elka bilan bilakning orqa yuzasiga tarmoklarini yuboradi. Tarmoklari arteriya tomiri bilan boradi.
Bel chigali. Bel chigali (p.lexus lumbalis) uchta ustki bel, orqa miya nervlari, qisman XII ko`krak va IV bel orqa miya nervlarini oldingi shoxlarida hosil bulgan. Bel chigali kata bel muskul i bagrida yotadi.
Uning tarmoklari shu muskul ni oldingi yoki tashqi tomondan teshib, tagidan tashqariga chikadi. Kalta tarmoklari oldingi korin devorlari, tashqi jinsiy organlar va sonning ustki qismidagi muskul lar bilan terini pastki qismlarini intervaciyalaydi. Uzun tarmoklari Oyoqka o`tadi.
Dumgaza chigali.(plexus sacrulis ) qisman IV va V bel, barcha dumgaza va dum nervlarining oldingi tarmoklaridan hosil bulgan . Dumgaza chigali kichik chanokda dumgaza va noksimon muskul ining oldingi yuzasida joylashgan bo`lib, noksimon muskul ining yukorisi va pastida katta kuymich teshigi orqali dumba soxasiga chikadi.
Dumgaza chigalidan uyatlik nervi chikadi, bu nerv kuymich-tugri ichak chuqurchasi soxasida tarmoklanib, oralikning terisi bilan muskul larini innervaciyalaydi. Uning oxirgi tarmoklari tashqi jinsiy organlariniinnervaciyalaydi.
Shunday qilib, talabalar orqa miya nerv chigallari haqida barcha ma’lumotlarni olib bulgach, xar bita nerv chigalini aloxida shaklda al’bomga chizadilar.