Limfa sistemasi quyidagi qismlardan iborat. hujayra va to`qima oraligidan boshlanadigan boshi berk yorik yullari.
Limfa kapilyarlari va limfa tomirlari
Limfa bezlar.
Yirik limfa yullar
Limfa kapilyarlari va tomirlari juda keng tarmoklanib, uzaro boy anastomoz hosil qiladi, ular terida sillik kavatlarda va barcha a’zolarda ( miya tashqari) joylashgan.
Limfa tomirlari ichki devorlarida klapaklar bulishi bilan kapilyarlardan farq qiladi. Anna shu klapanlar tufayli limfa bir tomonga oqadi. Tomirlar bo`ylab limfa tugunlari joylashadi. Qo`l tik osti chuqurchasida, tizza osti va tirsak bo`g`imlarida , bo`yinda limfa tugunlari ayniksa kup bo`ladi. Bu tugunlar mikroarganizmlarni tutib koluvchi fil’tir vazifasini bajaradi. Limfa tomirlarining hammasi ko`krak okimiga birlashib, yirik venalarga kuyiladi. Shunga kura, to`qimalardagi suyuklik kaytadan qon uziga kelib kuyiladi. Shunday qilib, qon hujayralararo suyuklik va limfa birgalikda organizmning ichki suyuk muxitini tashqil etadi.
So`ngra talabalar mavzuga oid ma’lumotlar bilan tanishganlarida so`ng laboratoriya daftarlariga limfa tomirlarini ketma-ketlikda yozadilar.
Ishni rasmiylashtirishga oid tavsiyalar: Mavzuga oid barcha rasmlarni al’bomingizga chizing va ushbu chizgan rasmlaringizda limfa tomirlarini qon tomirlaridan tashqi va ichki farqlarini kursating hamda daftaringizga yozing?
jjjjjjjjjjjjjjjAsab tizimi Laboratoriya ishi № 22 Mavzu : Nerv hujayrasi , nerv tolalari va ularning tuzilishi . nerv to`qimasi
Darsning maksadi : nerv hujayrasi , nerv tolalari ,nerv to`qimasi tuzilishi , vazifasi , ahamiyati haqida tulik ma’lumot berish
Kerakli asboblar :mulyaj , maket , plakat , tablica , qog`oz , qalam o`chirg`ich , chizg`ich , elim , planshet.
Ishning borishi : mavzuga oid mulyaj , maket , plakat ,planshetlar yordamida yoritib boriladi .
Nerv sistemasining struktura birligi nerv hujayrasi Bilan uning usimtalari , ya’niy neyrondir . neyronlar – nerv to`qimasining asosiy hujayralari bo`lib , nerv sistemasining funkciyasini ta’minlaydi . yuldosh hujayralar neyronlarni urab olib , oziklantirish , tayanch va ximoya vazifasini bajaradi . yuldosh hujayralar neyronlardan karib 10 marta kup bo`ladi .
Neyronlarni tanasi va usimtasi bo`ladi. Usimtalar 2 xil dendritlar va aksonlar ; uzun va kalta bo`ladi .dendridlarning kupchiligi kalta , tarmok usimtalardir. Bitta neyronda ular bir nechta bo`ladi . nerv impulslari dendridlar bo`ylab nerv hujayralari tanasiga boradi .
Akson – uzun , kupincha kam tarmoklangan usimta bo`lib , u orqali impul’slar hujayra tanasidan chikadi . xar kaysi nerv hujayrasida fakat bitta akson bo`lib , uning uzunligi bir necha un santimitergacha etishi mumkin . uzun usimtalar kupincha ok rangdagi moysimon moddadan tashqil topgan parda (pust ) bilan uralgan bo`ladi . ular markaziy nerv sistemasida tuplanishdan ok modda hosil bo`ladi kalta usimtalar va neyronlar tanasida bunday pust bulmaydi . ularning tuplami qo`l rang moddani hosil qiladi .
Neyronlar shakli va vazifasiga kura bir – biridan farq qiladi ba’zi sezuvchi neyronlar sezgi organlaridan orqa va bosh miya impul’s utkazadi . sezuvchi neyronlarning tanasi markaziy nerv sistemasiga borish yulida nerv tugunlari nerv hujayralari tanasining markaziy nerv sistemasidan tashqaridagi tuplamdir boshqa , xarakatlantiruvchi neyronlar orqa va bosh miyadan muskul larga va ichki organlarga impul’s utgazadi . sezuvchi va xarakatlantiruvchi neyronlar orqa miya Bilan bosh miyada kushimcha neyronlar orqali boglanadi , ularning tanasi Bilan usimtalari miyadan tashqariga chikmaydi orqa va bosh miya nerv orqali barcha organlar Bilan boglangan .
Shunday qilib , nerv hujayralari, nerv tolalari hamda nerv to`qimalari haqida barcha ma’lumotlar Bilan tanishib chikilganidan sung yukorida aytib utilgan uzun va kalta nerv tolalari kaysi organlarida kup bulishini Laboratoriya daftariga yoziladi