9.2. Don massasini kuruk holatda saqlash.
O`ZBEKistonda saqlash rejimlaridan donni kuruk holatda saqlash maqsadga
muvofikdir.
Donni kuruk holatda saqlash rejimi don massasidagi tirik organizmlar, kana va
zararkunandalar, mikroorganizmlarning suvga bo`lgan extiyojini kamaytirishni kuzda
tutadi. Don tarkibidagi erkin suv miqdori yukotilganda tirik guruhlarning extiyoji
kondirilmay, ularning nobud bulishiga olib keladi. SHu sababli donni kuruk holatda
saqlashda namlik miqdori kritik namlikdan yuqori bulmasligi kerak. Kritik namlik
deb don massasida mikroorganizmlar, kana va zararkunandalar hayot faoliyati,
hamda donda kechadigan fiziologik jarayonlar jadalligini chegaralaydigan namlikka
aytiladi. Boshoqli donlar uchun kritik namlik 12-14 % ni tashkil qiladi. SHu namlik
dukkakli donlarga har taaluklidir. Moyli donlarda esa bu namlik yog` miqdoridan
boglik. Yog` miqdori 25-30 % ni tashkil kilsa, kritik namlik 10-15 % bo`ladi. Agar
yog` miqdori 40-50 % ni tashkil kilsa, kritik namlik 6-8 % ni tashkil qiladi. Tajribalar
shuni ko`rsatadiki, yaxshi tozalangan zararlanmagan don partiyalarini elevatorlarda
kuruk holatda 2-3 yil, saqlash omborlarda esa 5 yilgacha saqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |