Foydalanilayotgan adabiyotlar
1. Kazakov E.D.,Kretovich V.L. Bioximiya zerna i produktov ego pererabotki,
M.,Kolos,1980 g.(284-298 betlar).
2. Smirnova T.A.,Kostrova E.I. Mikrobiologiya zerna i produktov ego
pererabotki,M.,Agropromizdat,1989 g.(92-155 betlar).
3. Trisvyatskiy L.A. Xranenie zerna,M.,Agropromizdat,1987 g.(212-228
betlar)
8.1. Unda kechadigan jarayonlarning umumiy harakteristikasi.
Unda kechadigan jarayonlarni taxlil kilsak, ba jarayonlar ikki xil bulishi
mumkin: ijobiy va salbiy jarayonlar.
Un donga nisbatan kam muddatda saqlanadi. Uzok saqlanadigan un 2 yil,
ayrim xollarda esa saqlash muddati bir necha oydan oshmaydi.
Ijobiy jarayonlarda unning pishib etilish holati yuzaga keladi. Bu jarayonni
yuzaga keltiradigan vakt esa - saqlash vakti deyiladi.
Pishib etilgan undan olingan nonning xajmi katta bo`lib, magzi yaxshi
strukturaga ega bo`ladi, rangi ochik bo`ladi. Bu holat undagi (kolloid moddalarning)
yaxshilanishi bilan tushuntiriladi.
Unda kechadigan salbiy jarayonlarga esa, unning achchiklanishi, uz-uzidan
kizishi, jipslashuvi, kana va zararkunandalarning rivojlanishi kiradi.
|