Tabiiy fanlarning mazmun sohasi (8-sinf)
TIMSS Tabiiy fanlar bo‘yicha 8-sinfni baholashning tabiiy fanlar
mazmunini to‘rtta asosiy mazmun sohasi belgilaydi: biologiya, kimyo, fizika va
geografiya.
Ushbu mazmun sohalarining har biri bir nechta asosiy mavzularni va har bir
mavzu, o‘z navbatida, bir yoki bir nechta mavzularni o‘z ichiga oladi. Shuningdek,
har bir mavzu doirasida o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini
aks ettiruvchi aniq maqsadlar bilan tavsiflanadi.
Fizika fani O‘quvchilar to‘rtinchi sinfda o‘zlarining kundalik hayotlarida
kuzatadigan bir qator fizik hodisalarni fizika fanidagi tushunchalar yordamida
qanday tushuntirish mumkinligini bilib olishadi.
4-sinfda fizika fani mazmun sohasiga quyidagi mavzular kiradi:
• Moddalarning xususiyatlari va o‘zgarishlari, moddalar klassifikatsiyasi
• Energiya shakllari va energiyani uzatish
• Kuch va harakat 4-sinf o‘quvchilari moddaning fizik holati (qattiq, suyuq
va gaz), shuningdek, moddaning holati va shaklidagi umumiy o‘zgarishlar
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak; bu esa yuqori sinflarda kimyo hamda
fizika fanlarini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Moddalarning xususiyatlari va o‘zgarishlari, moddalar klassifikatsiyasi
1. Moddalarning agregat holati va har bir holatning o‘ziga xos xususiyatlari:
A. Moddaning uchta holatini aniqlash va tavsiflash (masalan, qattiq jism
aniq shakl va hajmga ega, suyuqlik aniq hajmga ega, ammo aniq shaklga ega emas,
gaz aniq shakl va aniq hajmga ega emas).
2. Fizik xossalar moddalarni tasniflash uchun asos sifatida:
A. Fizik xossalar asosida jismlar va moddalarni taqqoslash va guruhlarga
ajratish (masalan, og‘irlik/massa, hajm, moddaning holati, issiqlik yoki elektr
energiyasini o‘tkazishi, suvda qalqib chiqishi yoki cho‘kishi, magnitga tortilishi).
[Izoh: 4-sinf o‘quvchilari massa va og‘irlikni farqlay olishmaydi.]
B. Metallarning xossalarini bilish (masalan, elektr energiyasi va issiqlik
o‘tkazuvchanligi) va bu xossalarni metallardan foydalanish bilan bog‘lash
(masalan, mis elektr simi, temir qozon).
C. Aralashmalar va ularni fizik usullar bilan ajratishga misollar keltirish
(masalan, elakdan o‘tkazish, filtrlash, bug‘latish, magnitga tortilish).
3. Magnitga tortilish va itarilish:
A. Magnitlarning ikkita qutbga ega ekanligi, bir xil qutblar itarilishi va
qarama-qarshi qutblar tortilishini bilish.
B. Ba’zi metall buyumlarni tortib olishda magnitlardan foydalanish
mumkinligini bilish.
4. Kundalik hayotda kuzatiladigan fizik o‘zgarishlar:
A. Turli xil xossalarga ega bo‘lgan yangi moddalarning paydo bo‘lishiga
olib kelmaydigan ko‘zga ko‘rinadigan o‘zgarishlarni aniqlash (masalan, erish,
alyuminiy idishning pachoqlanishi)
B. Qizdirish yoki sovutish orqali moddaning bir holatdan boshqasiga o‘tishi
mumkinligini bilish; suvning agregat holatining o‘zgarishlarini tasvirlab berish
(ya’ni, erish, muzlash, qaynash, bug‘lanish va kondensatsiya).
C. Berilgan miqdordagi suvda qattiq moddaning erish tezligini oshirish
yo‘llarini bilish (masalan, haroratning ko‘tarilishi, aralashtirish va qattiq moddani
kichik bo‘laklarga bo‘lish); oddiy erituvchilarning kuchli va kuchsiz
konsentratsiyalarini farqlash.
5. Kundalik hayotda kuzatiladigan kimyoviy o‘zgarishlar:
A. Turli xil xossalarga ega bo‘lgan yangi moddalarning hosil bo‘lishiga olib
keladigan ko‘zga ko‘rinadigan o‘zgarishlarni aniqlash (masalan, chirish,
oziqovqatlarning buzilishi kabi; yonish; zanglash).
Energiya shakllari va energiyani uzatish
1. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan manbalar va energiyadan foydalanish:
A. Energiya manbalarini bilish (masalan, Quyosh, oqayotgan suv, shamol,
ko‘mir, neft, gaz) va energiya jismlarni harakatga keltirishi va isitishi, yoritish
uchun zarurligini anglash.
2. Kundalik hayotda yorug‘lik va tovush:
A. Keng tarqalgan fizik hodisalar (masalan, soyalar, aks etish va kamalak)ni
yorug‘likning xossalari bilan bog‘lash.
B. Keng tarqalgan fizik hodisalar (masalan, jismlarning tebranishi va
akssado)ni tovushning paydo bo‘lishi va xossalari bilan bog‘lash.
3. Issiqlikni uzatish:
A. Issiqroq jismlarning harorati sovuqroq jismlarga qaraganda yuqoriroq
bo‘lishini bilish; issiq jism va sovuq jism bir-biriga tekkizilganda nima sodir
bo‘lishini tasvirlab berish (masalan, issiq jismning harorati pasayadi va sovuq
jismning harorati ko‘tariladi).
4. Elektr toki va oddiy elektr sistemalari:
A. Elektr zanjiridagi elektr energiyasi boshqa energiya shakllari (masalan,
issiqlik, yorug‘lik, tovush)ga aylanishi mumkinligini bilish.
B. Oddiy elektr sistemalari (masalan, fonar) uchun to‘liq (uzilmagan) elektr
yo‘li zarur.
Harakat va kuch
1. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan kuchlar va jismlarning harakati:
A. Tortish kuchini jismlarni Yerga tortadigan kuch sifatida bilish.
B. Kuchlar (masalan, itarish va tortish kuchlari) jismning harakatini
o‘zgartirishi mumkinligini bilish; jismga bir xil yoki qarama-qarshi yo‘nalishlarda
ta’sir qilayotgan turli xil kattalikdagi kuchlar ta’sirini taqqoslash; ishqalanish kuchi
harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi ta’sir qilishini bilish (masalan, itarish yoki
tortishga qarama-qarshi yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadigan ishqalanish kuchi jismning
yuza bo‘ylab harakatlanishni qiyinlashtiradi).
1. Sodda mexanizmlar:
A.
Oddiy
mashinalar
(masalan,
tutqichlar,
uzatmalar)
harakatni
osonlashtiradi (masalan, narsalarni ko‘tarishni osonlashtiradi, zarur bo‘ladigan
kuch miqdorini kamaytiradi, masofani va kuch yo‘nalishini o‘zgartiradi).
Yer haqidagi fan Yer haqidagi fan Yer, uning Quyosh sistemasidagi o‘rnini
o‘rganadi hamda 4- sinfda o‘quvchilarning kundalik hayotda kuzatishlari mumkin
bo‘lgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Garchi
barcha mamlakatlarda o‘rganiladigan Yer haqidagi fanning o‘quv dasturi nimalarni
o‘z ichga olishi haqida yagona fikr bo‘lmasa-da, to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining
o‘zlari yashayotgan sayyora va uning Quyosh sistemasidagi o‘rnini o‘rganishlarida
uchta mavzu muhim hisoblanadi:
• Yerning fizik xossalari, resurslari va tarixi;
• Yer ob-havosi va iqlimi;
• Quyosh sistemasida Yer.
Yerning fizik xossalari, resurslari va tarixi
1. Yer sistemasining fizik xossalari:
A. Yer yuzasi teng bo‘lmagan nisbatda quruqlik va suvdan iboratligi
(quruqlikka qaraganda suv ko‘proq) va havo bilan o‘ralganligini bilish; chuchuk va
sho‘r suvlar qayerda bo‘lishini tasvirlab berish; daryo yoki irmoqlardagi suv
tog‘lardan okean yoki ko‘llarga oqib kelishini bilish.
2. Yer resurslari:
A. Kundalik hayotda ishlatiladigan Yerning ba’zi resurslarini bilish
(masalan, suv, shamol, tuproq, o‘rmonlar, neft, tabiiy gaz, minerallar).
B. Yerning qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslari (masalan,
qazib olinadigan yoqilg‘ilar, o‘rmonlar, suv)dan oqilona foydalanishning
muhimligini tushuntirish.
3. Yer tarixi:
A. Shamol va suv Yer landshaftini o‘zgartirishi va Yer landshaftining ba’zi
xususiyatlari (masalan, tog‘lar, daryo vodiylari) uzoq vaqt davomida juda sekin
o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelganligini bilish.
B. Tog‘ jinslarida Yerda ancha vaqt avval yashagan hayvon va
o‘simliklarning ba’zi qoldiqlari (qazilma qoldiqlari) topilganligini bilish va bu
qoldiqlarning joylashishidan Yer yuzasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xulosalar
chiqarish. Yer ob-havosi va iqlimi
1. Yerdagi ob-havo va iqlim:
A. Suvning agregat holati o‘zgarishi haqidagi bilimlarni odatdagi ob-havo
hodisalari (masalan, bulut, shudring paydo bo‘lishi, ko‘lmakning bug‘lanishi, qor,
yomg‘ir) bilan bog‘lash.
B. Geografik joylashuvga ko‘ra, ob-havo qanday o‘zgarishi mumkinligini
tushuntirish (masalan, harorat, namlik, yomg‘ir yoki qor ko‘rinishidagi
yog‘ingarchilik, bulutlar va shamolning kunlik o‘zgarishlari).
C. Fasllar va geografik joylashuvga ko‘ra, o‘rtacha harorat va
yog‘ingarchilik qanday o‘zgarishi mumkinligini tasvirlash.
Quyosh sistemasidagi Yer
1. Quyosh sistemasidagi jismlar va ularning harakati:
A. Quyosh sistemasidagi Quyoshni issiqlik va yorug‘lik manbai sifatida
bilish; Quyosh sistemasini Quyosh va uning atrofida aylanadigan sayyoralar
sifatida ta’riflash.
B. Yer atrofida aylanadigan Oy borligini va ushbu yo‘ldosh oyning har xil
vaqtida turlicha ko‘rinishini bilish.
2. Yerning harakati va u bilan bog‘liq holda Yerda kuzatiladigan hodisalar:
A. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi hamda kun va tun o‘rtasida qanday
bog‘liqlik borligini tushuntirish va ushbu aylanishni kun davomida soyalarning
ko‘rinishi o‘zgarib turishi bilan isbotlash.
B. Yerning Quyosh atrofidagi yillik harakati bilan Yerning shimoliy va
janubiy yarim sharlaridagi fasllar qanday bog‘liq ekanligini ta’riflash.
Dostları ilə paylaş: |