Modellardan foydalanish Tabiiy fanlarga oid tushunchalarni bilishni namoyish
etish, jarayon, sikl, munosabatlar yoki sistemani tasvirlash yoki
tabiiy fanlar bilan bog‘lash, muammolarga yechim topish uchun
diagramma yoki boshqa modeldan foydalanish.
Ma’lumotni talqin qilish Matn, jadval, rasm va grafikdagi ma’lumotlarni izohlash
uchun tabiiy fanlarga oid tushunchalarni bilishdan foydalanish.
Tushuntirish Tabiiy fanlarga oid tushuncha yoki qonuniyatdan
foydalanib, kuzatish yoki tabiiy hodisani izohlash yoki izohni
aniqlash.
Mulohaza yuritish Ushbu sohadagi test topshiriqlari orqali o‘quvchilardan ma’lumotlarni tahlil
qilish, xulosalar chiqarish va o‘zlarining tushunchalarini yangi vaziyatlarga tadqiq
etishlari talab qilinadi. “Mulohaza yuritish” sohasidagi test topshiriqlari “Qo‘llash”
sohasidan farq qilib, noma’lum yoki yanada murakkab kontekstlarni o‘z ichiga
oladi. Bunday savollarga javob berishda bir nechta yondashuv yoki strategiya
bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mulohaza yuritish ilmiy farazlarni ilgari surish va
ilmiy tadqiqotlarni loyihalashni ham nazarda tutadi.
Tahlil qilish Ilmiy muammoning tarkibiy qismlarini aniqlash,
savollarga javob berish va muammolarni hal qilishda tegishli
ma’lumotlar, tushunchalar, munosabatlar va namunalardan
foydalanish.
Sintez qilish Bir qator turli omillar
yoki bir-biriga bog‘liq
tushunchalarni ko‘rib chiqishni talab qiladigan savollarga javob
berish.
Savollarni shakllantirish / Faraz qilish / bashorat qilish (prognoz) Tadqiqot o‘tkazish orqali javob berish mumkin bo‘lgan
savollarni shakllantirish va tadqiqot rejasi haqidagi ma’lumot
yordamida tadqiqot naijalarini bashorat (prognoz) qilish;
tajriba, kuzatish va/yoki ilmiy ma’lumotlarni bilish va
tushunishga
asoslanib,
tekshiriladigan
taxminlarni
shakllantirish; biologic obyekt yoki fizik jismlarga ta’sir
ettirilganda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni bashorat (prognoz)
qilish uchun dalil va kontseptual tushunchalardan foydalanish.