TAVSIYALAR
Uzluksiz ta’limda o`qituvchi pedagogik faoliyatning yuqoridagi
komponentlaridan qanday foydalanishni, ya’ni ta’lim-tarbiya maqsadini to`g`ri
qo`yib, subekt va obektni yangi pedagogik texnologiyalar asosida faollashtiradi
hamda shunga mos vositalarni turri tanlay va kullay oladi. Aynan shundagina
o`qituvchining kasbiy mahorati yuzaga chiqadi. Demak, o`qituvchining mahorati
uning kasbiy pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishiga doir shaxsiy sifatlar
majmui bilan belgilanadi. Bu sifatlarga o`qituvchining:
-
pedagogik bilimi; -
pedagogik zakovati; -pedagogik qobiliyati; -
pedagogik texnikasi kiradi.
O`qituvchining faoliyati asosan uchta obektga yo`naltirilgandir.
Birinchidan, shaxs sifatida o`qituvchi faoliyatining o`z-o`ziga
yo`naltirilganligi. Bunda o`qituvchining:
-
«Men» obrazi nazarda tutiladi, ya’ni o`qituvchi o`zining
kanday inson
ekanligini anglab etadi. Masalan, «Men juda qattiqqo`lman, shuning uchun
bolalarga nisbatan e’tiborli va tuzimli bo`lishim kerak», - singari o`z nutai nazariga
ega bo`lishi;
-
mustaqil bo`lishi, ya’ni u uz kuchi va bilimiga ishonishi va uni
takomillashtirib borishi lozim;
-
psixologik va fiziologik salomatligi, o`z-o`zini himoya qila olishi.
Bunda masalan, o`qituvchining darsda xis-xayojonlarini bartaraf etishi, darsni
yuqori kayfiyat bilan olib borishi, har kanday sharoitda ham asab
tolalarini
saklagan xolda o`zining tetik xrlatini buzmaslik va x.k;
-
o`z qadriga etishi, ya’ni o`zi va o`z kuchiga ishongan holda mohir
o`qituvchi ekanligini anglashi;
-
o`z mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyatining boshqa shaxslarga, jumladan,
o`quvchi shaxsiga yunaltirilganligidir.
Bunda o`qituvchining:
-
o`quvchilarga insonparvarlik nuqtai nazaridan munosabatda bo`lishi;
-
o`quvchilarning ishonchiga kirishi;
-
o`quvchilarga turli xil vaziyatlarda yordam berishi;
- o`quvchilarni qo`llab-quvvatlashi;
bir-birini
tushuna bilishi;
-
o`quvchining fikrlarini tulik yoritishiga sharoit yaratishi;
-
o`z qobiliyatlari, imkoniyatlari va o`zligini anglashiga yordam berishi;
-
hokimlik qilishi, ya’ni o`quvchilarni boshqara olishi;
-
muloqotga kirisha olishi.
Uchinchidan, o`qituvchining o`z faoliyatiga yunaltirilganligi. Bunda
o`qituvchi o`zining pedagogik faoliyati jarayonida pedagogik jamoa orasida:
•
O`z ijtimoiy mavqesiga ega bo`lishi;
•
o`z tarafdorlariga ega bo`lishi;
•
o`z bilimi va tafakkurini oshirib borib, yangilik sari intilishi;
•
samarali
natijalarga erishishi;
•
o`z faoliyatini samarali tashkil etishi;
•
tajriba orttirishi;
•
ish sharoitini yaratishi;
•
ijod etishi
Dostları ilə paylaş: