TAJRIBA - SINOV NATIJALARI
Ta`lim tarbiya ko`lamining kengayib borishi va zamonaviylashuvi bo`lajak
pedagogni tayyorlashga da`vat etadi.
Pedagogik mahorat, bilim va yuksak rivojlangan ko`nikmalarning
mustahkam birligidan iborat. Bo`lajak o`qituvchi pedagogik
mahoratga ega
bo`lishi, ilg`or tajribalar hamda yangi pedagogik texnalogiyani edallashi enteraktiv
metodlarni qo`llash ko`nikmasiga ega bo`lishi zarur.
Tajriba-sinovda ta`lim- tarbiya jarayonini o`rganish bo`yicha topshiriqlar
xilma-xil pedagogik mashqlar, anketa, test savollari, shuningdek, pedagogikaga
faninig deyarli barcha mavzularni o`rganish bilan bog`liq. Bundan
maqsad
pedagogik jarayonning o`ziga xos xususiyatlari, uning mantiqi, o`qituvchi va
o`quvchilar faoliyatining o`ziga xos tomonlari va munosabatlari bilan
tanishtirishdir. Bu topshiriq va masalalarning bajarilishi, turli-tuman hodisalar
orasidan pedagogik xodisani ajratib olishni o`rganishga yordam beradi va bo`lajak
pedagogning - eng muhim qobiliyati-pedagogik jihatning shakllanishiga olib
keladi.
Pedagogik topshiriqlar pedagogik hodisalarning
murakkab olamiga yanada
teran nazar tashlashga, ulardan murakkab aloqadorlik
va munosabatlarini aniqlab,
vaqt nihoyatda tig`iz bo`lgan vaziyatlarda ham qaror qabul qilishga, pedagogik
tafakkur fazilatlarini egallab olishga o`rgatadi.