V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

3
 
— Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 
65 


66 
Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va 
burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish 
haqidagi kelishuvi 
shartnoma 
deyiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 
353-modda. 
11-
 
§. FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALAR SHARTLARI
 
FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALARNI TUZISHNING 
ASOSIY SHARTLARI 
Fuqarolik-huquqiy shartnomalar hayotimizning barcha sohalarida, shu 
jumladan davlatlararo munosabatlarda ham keng qo‘llaniladi. Chunonchi, fuqa- 
rolar huquq munosabatlarini tartibga solishda shartnomalar asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar ularning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. 
Shartnoma ishtirokchilar o‘rtasida har xil munosabatlar o‘rnatilishining 
samarali shakli hisoblanadi. U taraflar o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini hi- 
sobga olish, har birining manfaatlarini kelishtirish imkonini beradi, shuningdek 
ishtirokchilarga yuridik kafolatlar taqdim etadi. 


67 
Fuqarolik-huquqiy shartnomaning asosiy belgilari: 

shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi; 

shartnoma taraflari ikki yoki undan ortiq shaxs bo‘lishi mumkin; 

shartnomalarda taraflarning bir-biriga nisbatan huquqlari va burchlari 
vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi qayd etiladi

taraflar taklif etgan barcha shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Taraflar shartnoma tuzilishi uchun barcha asosiy shartlarni o‘z ichiga olgan 
takliflarni kiritadi. Odatda 
oferta 
(lotincha 
offertus 
— taklif qilingan) muayyan 
shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Noaniq shaxslar doirasiga yo‘naltirilgan oferta om- 
maviy deb ataladi, masalan, gazetada avtomobil, xonadon, mebel va hokazolar- 
ni sotish to‘g‘risida chop qilingan e’lon. 
Keyinchalik taraflar shartnoma shartlarini batafsil kelishib oladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin