В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Kadrlar siyosatining tuzilishi



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

1.3. Kadrlar siyosatining tuzilishi 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda har bir korxona yoki kompaniyada puxta 


18 
ishlab chiqilgan kadrlar siyosati konsepsiyasi qo‘llanilgan bo‘lib, uning mohiyati 
quyidagi muammolarni hal qilishdan iborat:
- kadrlar talabiga mos ijtimoiy-mehnat munosabatlarini sifat jihatdan 
o‘zgartirish; 
- ko‘p ish o‘rinlarining innovatsion yangi ish o‘rinlar yaratish tizimini joriy 
qilish; 
- ishga qabul qilish tartibi amaldagi mehnat qonunlariga qat’iy rioya qilishga 
asoslanganligi; 
- xodimlarning hududiy va professional harakatchanligi darajasining 
yuqoriligi. 
Rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari kadrlar siyosati quyidagi ustuvor 
yo‘nalishlardan iborat:
1. Kompaniyalarning amaldagi boshqaruv tashkiliy tuzilmasini muntazam 
ravishda o‘zgartirib turishi, bo‘lajak qiyinchiliklarga tayyor bo‘lishi uchun 
moslashtirish samaradorligini oshirib borish. 
2. Kompaniyaning ishlab chiqarish maqsad va vazifalari bilan bog‘liq turli 
toifadagi xodimlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini oldindan prognoz qilish va 
aniqlab borish. 
3. Kompaniya va soha oldida vujudga keladigan yangi vazifalarni hal etishga 
tayyor xodimlarni tanlab, tayyorlab borish.
4. Kompaniya xodimlarining ish sifati holatini tahlil qilib borish.
5. Kompaniya xodimlari uchun mehnat haqi va imtiyozlar tizimini o‘zgartirish. 
6. Xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ularning ish miqdori va sifatini 
baholash uchun qo‘shimcha mezonlarni ishlab chiqish. 
7. Xodimlarning ishlab chiqarishdagi yangi texnologik vazifalarining o‘ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda innovatsion talablarga javob beruvchi kadrlar 
tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
8. Kompaniya mahsulotining sifati va afzalliklarini ifodalovchi qo‘shimcha 


19 
reklama rejalarini ishlab chiqish.
9. Xodimlarni tanlash jarayonini qat’iy nazorat qilish, ularning miqdoriy va 
sifat parametrlarini o‘zgartirish;
10. Kompaniyaning mavjud kadrlardan boshqaruv lavozimlari uchun istiqbolli 
nomzodlarni aniqlash, ularni tayyorlash va lavozimga ko‘tarish bo‘yicha maxsus 
dasturlarni ishlab chiqish. 
Kompaniyalar kadrlar siyosatining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
- xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy talablarini rejalashtirish 
(tashkiliy tahlil, mavjud lavozimlarni tahlil qilish va ularni innovatsion talablarga 
moslashtirish, yangi lavozim va yangi mutaxassislikka muhtojlik, xodimlar mehnatini 
sifatli rejalashtirish, lavozimlarni baholash); 
- ta’lim va kasb-hunar rivojlantirish (sohasidagi ta’lim va kasb-hunar darajasi
ish-xizmatni tayyorlash, xabarlar aylanishi, ta’lim va mustaqil ta’lim, xorijdagi 
safarlari); 
- nazorat monitoringgi tizimi (maqsadli boshqarish, ishlash hajmi, baholash 
hajmi (qobiliyati) xodimlari, uzluksiz rejalashtirish, mansabni rejalashtirish); 
- kompensatsiyalar tizimi faoliyati (barcha to‘lov turlari, to‘lov hajmi va 
amalga oshirilgan ishlar muvaffaqiyat, to‘lov, ularning holatiga qarab, ijtimoiy 
xavfsizlik va hokazolar yig‘indisi jami). 
Kompaniyaning kadrlar siyosati jarayonida xodimlar ishining turli shakllarini 
birlashtiradi, bu texnologiya va bozorning o‘zgaruvchan talablariga yaqin kelajakda 
javob berish qobiliyatini oshirib boradi.
Kompaniyaning kadrlar siyosatining asosiy xususiyatlari: 
ishlab chiqarish va texnologik strategiya bilan bevosita bog‘liqligi; 
barcha dasturlar uzoq muddatli rejalashtirishga yo‘naltirilgan; 
kompaniya xodimlarining rolini eng muhim deb hisoblaydi; 
kompaniyaning har bir bo‘g‘in rahbari xodimlarning mehnatini o‘zaro bog‘liq 
funksiya va jarayonlari doirasida amalga oshiradi 


20 
Har bir korxonaning kadrlar siyosati turli sohalardagi kadrlar siyosati majmuidan iborat, 
xususan: 

kadrlar mehnatini tashkil etish siyosati; 

kadrlar mehnatini baholash siyosati; 

kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va lavozim ko‘tarilishi siyosati; 

kadrlarni rag‘batlantirish siyosati; 

kadrlarni boshqarish siyosati; 

kadrlarning ijtimoiy-mehnat munosabatlari siyosati; 

jamoaning korporativ madaniyatini shakllantirish siyosati; 

kadrlar bilan aloqa qilish siyosati; 

kadrlar mehnatini muhofaza va ijtimoiy himoya qilish siyosati va hokazo.
3
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar siyosatini ishlab chiqish jarayonida
korxona mulkdorlari, rahbariyati kadrlar siyosati yo‘nalishlari bo‘yicha savollarning 
o‘zi uchun mavzuli guruhlarini shakllantirishi va muhokama paytida mavjud
tashkiliy, iqtisodiy va texnikaviy muammolarga javob berishi shart. Bu talablar 
samarali kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun muhim. 
Kadrlar siyosatini ishlab chiqish jarayoni uchun yo‘nalishlari bo‘yicha 
savollarning mavzuli guruxlarini misol qilib keltiramiz. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin