13
iqtisodiy inqiroz xavfi sharoitida jamoaning bir maromda ishlash talablarini
saqlashga yo‘naltirilgan maqsad, ishlab chiqish jarayonining tashkiliy mexanizmi,
usullari, shakl va tamoyillari yig‘indisidir.
Korxona kadrlar siyosati keng ma’noda mehnatni
tashkil qilish prinsiplari,
normalari, qoidalar tizimi, uning asosida xodimlarni boshqarish bo‘yicha faoliyatning
(saralash, tanlab olish, ishga yollash, o‘qitish, lavozimini ko‘tarilish) asosiy
yo‘nalishlari oldindan rejalashtiriladi va jamoaning umumiy maqsad va vazifalarini
belgilash hamda barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlari
bilan muvofiqlashtirish, tor
ma’noda esa – inson va korxona o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va
huquqiy munosabatlardagi o‘ziga xos qoidalar, majburiyatlar va cheklovlar
majmuidir.
Korxona kadrlar siyosati – jamoa oldida turgan
strategik maqsadlarga
erishish va uning missiyasini ro‘yobga chiqarish uchun zarur, yetarli miqdorda va
malakada bo‘lgan xodimlar bilan ishlash sohasidagi muayyan ichki qoida va
tamoyillari to‘plami.
Yuqorida keltirilgan ta’riflar “kadrlar siyosati” tushunchasining mohiyatini
yetarli darajada o‘zida aks ettiradi. Ammo,
fikrimizcha, bu borada yagona ta’rif
bo‘lishi mumkin emas, chunki har bir korxona va har bir jamoa o‘z oldiga qo‘ygan
muayyan maqsadlarga asoslanib, o‘z-o‘zidan xodimlarni boshqarish muammolarini
tashxislash va hal qilishga qodir. Kadrlar siyosatini anglashning xilma-xilligi
tashkilotlarning sohaviy, hududiy, tabiiy – iqlim, yoshi va jinsiy,
texnologik
rivojlanish bosqichlarining xilma-xilligi natijasidir.
Mualliflarning fikriga ko‘ra,
Dostları ilə paylaş: