8
KIRISH
Har qanday zamonaviy korxonaning (tashkilot)ning
boshqaruv jarayonidagi
asosiy vazifasi – yuqori malakali xodimlarni topish, barcha xodimlarni yagona
maqsadga chorlash va ruhlantirish, eng yuqori ijtimoiy
va iqtisodiy natijalarga
erishish uchun ularni jipslantirish, o‘zgaruvchan bozor munosabatlari sharoitida goho
keskin sur’atlarda rivojlanish, goho inqiroz mashaqqatlari sharoitida omon qolish
tadbirlarini qo‘llashni talab qiladi. Milliy iqtisodiyotimizdagi ro‘y
berayotgan
innovatsion jarayonlar avvalo, kadrlar siyosatida ham o‘zgarishlarni talab qiladi.
Alohida qayd etish lozimki, ushbu atama amaliyotda anchadan beri qo‘llanadi, ammo
har bir korxonada (tashkilotda) uning ishlash tartibi qandayligi, kadrlar siyosati o‘z
ichiga olgan masalalar qay darajada olib borilayotganligiga bog‘liq.
Aholini ish bilan ta’minlash
biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta
ijtimoiy ahamiyatga ega. Hokimlik,
vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar
bilan bir qatorda bank muassasalarini ham ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi
bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga
solishimiz lozim
1
.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning tayyorlanish jarayonida mehnat faoliyati
vaqtida kadrlar xizmatlarining rahbarlari va mutaxassislaridan
savolnoma asosida
tahlil o‘tkazilgan, uning natijalari ko‘ra faqat 73 foiz mutaxassislar o‘zi ishlayotgan
korxonaning (tashkilot) kadrlar siyosatini aniq tushunganligini ko‘rsatdi.
Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida kadrlar siyosatini har bir
korxonaning rahbari va kadrlar xizmatiga mas’ul bo‘lgan
shaxslar tomonidan ishlab
chiqishi lozim. Afsuski, amaliyotda korxonalar (tashkilotlar) rahbarlari kadrlar
siyosatini ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishmaydi va ko‘pincha kadrlar
siyosatini ishlab chiqish bilan faqat kadrlar bo‘limi boshlig‘i (yoki inspektor)
1
Мирзиёев. Ш.М. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини
ривожлантиришнинг бешта
устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегиясини “Халқ билан мулоқат ва инсон манфаатлари
йили”да амалга оширишга оид давлат дастурини ўрганиш бўйича илмий-услубий рисола. – Тошкент,
2017, – 280 б.
9
shug‘ullangan. Ko‘pincha korxonalarda (tashkilotlarda) mehnatga haq to‘lash
masalalari kadrlar siyosatida eng muhim o‘rinni egallaganiga qaramay, mehnat va ish
haqi bo‘limi boshlig‘i kadrlar siyosatini ishlab chiqishga umuman jalb qilinmaydi.
Bu korxonalarda (tashkilotlarda) rahbarlar kadrlar siyosatining muhimligini
tushunmaganliklari yoki o‘z majburiyatlarini kadrlar
xizmati xodimlari zimmasiga
yuklagan holda uning shakllanishi va rasmiylashtirlishiga ma’muriy jihatdan
umuman e’tibor bermasligidan dalolat beradi.
Korxona kadrlar siyosatining eng muhim jihati rahbar toifasidagi xodimlar
zaxirasi bilan ishlashdir. Respublika korxonalarida (tashkilotlarida)
xodimlarning
kasbiy (professional)
Dostları ilə paylaş: