cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
lavozimi o‘sishi,
xodimning kasbiy-ishchanligi hisobiga, uning
mehnatini baholash natijalariga asoslanadi.
Amalda esa O‘zbekistonning barcha korxonalarida xodimlarning kasbiy
fazilatlarini maxsus baholash tadbirlari rasman o‘tkazilmaydi, Shuning uchun
xodimlarning professional o‘sishi va ma’muriy lavozimlarga ko‘tarilishi ko‘p
xollarda tasodifan yoki tanish-bilishchilik asosida amalga oshiriladi.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, barcha korxonalarda, ayniqsa xususiy sektorda
ishlab chiqarish jarayonida kadrlar siyosati tushunchasi va mohiyatini belgilashda
yagona ilmiy asoslangan tushuncha yo‘q. Ammo uning ishlab chiqilishiga
yondaShuvlar xilma-xilligi iqtisodiyotimizni yanada rivojlanishi sharoitida uni
asoslash, qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni taqozo etadi.
Korxonaga (tashkilotga) istiqbolli va doimiy tarzda samarali iqtisodiy, ham
ijtimoiy va psixologik osoyishta muhit yaratuvchi omil - ishlab chiqilgan kadrlar
siyosati hisoblanadi.
Hozirgi davrda kadrlar siyosatini har bir kompaniyadagi muhim strategik
resurslar hisoblangan mutaxassislar nafaqat bilishi, tushunishi, balki so‘zsiz ijro
etishi ham lozim. Buning uchun kadrlar siyosati asosida korxonani qanday mohirona
boshqara olish kerak degan savolga bugun aniq javob berish mushkul, sababi milliy
iqtisodiyotning barcha sohalarida aniq maqsadli ishlab chiqilgan milliy kadrlar
10
siyosati endi shakllanib kelmoqda.
Shunday ekan, mavjud mamlakat amaliyoti va xorijiy tajriba asosida
tayyorlangan mazkur o‘quv qo‘llanmada barcha soha korxonalarida kadrlar
siyosatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ishchan yondaShuvlar o‘z ifodasini
topgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-
tadqiqot markazining 2017–2020- yillarga mo‘ljallangan OT-F1-022-raqamli
“Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlovchi ichki imkoniyatlarni aniqlash va
zahiralarni safarbar qilishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi fundamental
ilmiy loyihaning “Ta’lim va fan integratsiyasi” doirasida olib borilgan ilmiy
tadqiqotlar natijalarini ifodalaydi.