27
mazmun qo‘yilganligi va muayyan korxonaning personalini boshqarishda qanday
amalga oshirilishi mumkinligi qiziqtiradi.
Kadrlar strategiyalari, fikrimizcha, rejalar,
resurslar, vositalar birligidir, ular
yordamida tashkilotning mavjudligi, korxona rivojlanishining muayyan bosqichida
kadrlar siyosati talablaridan kelib chiquvchi personalni
boshqarishning aniq
maqsadlarga muvofiqligidir.
Strategiyalar korxonaning iqtiqbol maqsadlariga erishishga qaratilgandir, ammo
yanada tor va ishchanroq rejaga qaratilgan kadrlar siyosatida amalga oshirishga va
barcha joriy maqsadlarni haqiqiy mujassamlantirishga qaratilganligi bilan ajralib
turadi.
Kadrlar siyosati zimmasiga yuklangan vazifalarni
hal qiluvchi kadrlar
strategiyasi turli xil bo‘lishi mumkin, masalan:
–
kadrlarni yoshartirish strategiyasi;
–
kadrlarni saralash va tanlashga ketuvchi xarajatlarni kamaytirish
strategiyasi;
–
kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlanishtirish va ularning bilim darajalarini
oshirib borish strategiyasi;
–
rahbar xodimlarning zaxirasini yaratish strategiyasi;
–
har bir xodimning ish faoliyatini ob’ektiv baholash strategiyasi;
–
personalni samarali boshqarish uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari
mas’uliyatini oshirish strategiyasi;
–
yuqori samara bilan ishlovchi jamoalarni yaratish strategiyasi;
–
boshqa
xodimlarga
namuna
bo‘luvchi “etuk professional” –
mutaxassislarni etishtirish strategiyasi;
–
mavjud personalni qisqartirish va personal o‘zaro almashinuvi strategiyasi;
–
rahbar va mutaxassislarning vakolatlarini
ularning ish natijalariga
javobgarligini oshirish bilan birga kengaytirish strategiyasi.
Kadrlar strategiyasini tanlashda turli omillar ta’sir ko‘rsatadi:
28
–
korxonaning joriy rivojlanish bosqichidagi maqsad va vazifalari;
–
kadrlar masalasi bo‘yicha ichki tashkiliy muammolar;
–
mehnat bozoridagi bosim vaziyati;
–
kadrlar sohasidagi raqobat tendensiyalari;
–
korxonaning boshqaruv va moliyaviy imkoniyatlari va hokazo.
Kadrlar strategiyalari kadrlar siyosati singari turli davrlar hususiyatlaridan kelib
chiqqan holda qaytadan ishlab chiqilishi mumkin va odatda, o‘rta va uzoq
muddatlarga mo‘ljallanib qabul qilinadi. Ularning amal qilish muddatini tanlash
ko‘pgina omillar: korxonaning
rivojlanish bosqichlari, bozor sharoitidagi o‘zgarib
turuvchi tashkiliy maqsadlari, boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: